Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари


Massa o’tkazishning asosiy tenglamasi


Download 1.29 Mb.
bet3/19
Sana09.08.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1666084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Масса алмашиниш жараёни

Massa o’tkazishning asosiy tenglamasi kinetikaning umumiy tenglamasidan keltirib chiqarilishi mumkin.
Ushbu tenglamaga binoan, massa almashinish jarayonlarining tezligi harakatga keltiruvchi kuchga to’g`ri va jarayon diffuzion qarshiligiga teskari proporstionaldir.
Agar, diffuzion qarshilik teskari kattalikni K = 1/R (bu erda R – diffuzion qarshilik) deb belgilasak, ushbu tenglamaga ega bo’lamiz:


(5.3)

bu erda, M – bir fazadan ikkinchisiga o’tgan modda miqdora, kg; F – massa o’tkazish yuzasi, m2; - jarayon davominligi, s; k – massa o’tkazish koeffistienti. Ko’rinib turibdiki, dM/Fd ajratib turuvchi yuza birligiga to’g`ri keladigan massa o’tkazish tezligidir.


Demak, agar k=const bo’lsa, butun massa almashinish yuzasi uchun







yoki (5.4)

(5.4) massa o’tkazish jarayonining asosiy tenglamasi deb nomlanadi. Ushbu tenglamaga binoan, bir faza yadrosidan ikkinchi faza yadrosiga uzatilgan massa miqdori fazalar yadrosidagi konstentrastiyalar farqi, ajratib turuvchi yuza va jarayon davomiyligiga to’g`ri proporstionaldir.


Massa o’tkazish koeffistienti, vaqt birligi ichida harakatga keltiruvchi kuch birga teng bo’lganda, ularni ajratib turuvchi yuza birligidan o’tgan massa miqdorini xarakterlaydi.
(5.4) tenglamani tashkil etuvchi parametrlar birliklariga qarab, massa o’tkazish koeffistienti quyidagi o’lchov birligiga ega bo’ladi: m/s; kg/(h.k.k. b m2s); kmol/(h.k.k.b. m2*s).


5.3. Massa almashinish jarayonining moddiy balansi

B ir xil yo’nalishli fazalar o’rtasida massa almashinish ro’y berayotgan elementar massa almashinish qurilmasining sxemasini ko’rib chiqamiz. Fazalarni ajratib turuvchi yuzaga nisbatan massaviy tezliklarini G va L (kg/soat), tarqaluvchi modda konstentrastiyalarini esa – u va x (kg/kg) deb belgilab olamiz (5.2-rasm).


Agar, u>uM deb faraz qilsak, tarqaluvchi modda G fazadan L fazaga o’tadi, ammo G fazada konstentrastiya ub dan uox gacha kamayadi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling