«Кимёвий технология жараён ва қурилмалар» кафедраси
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
shortan gaz kimyo majmuasi da yiliga 80 ming tonna polivinilxlorid ishlab chiqarish texnologiyasining asosiy kimyoviy va gidromexanik jarayon va qurilmalari hisoblansin va loyihalansin
FUQORO MUHOFAZASI Mamlakatimiz milliy davlat siyosatining asosiy yо‘nalishlaridan biri aholini va xududlarni tabiiy va texnogen favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish, xavfsizlikni ta’minlash, barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishishdan iboratdir. Prezident I.A.Karimov shu masalaning dolzarbligini e’tiborga olib, о‘zining « О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarlarida «Siyosatimizning asl moxiyati aholi xavfsizligini ta’minlash, ularni turli ofatlar va favqulotda vaziyatlardan ximoya qilishdir» deb ta’kidlab о‘tadilar. Shunday ekan favqulodda vaziyatlarni oldindan aniqlash va aholini bо‘lishi mumkin bо‘lgan xavfdan ogoxlantirish borasida samarali tadbirlar о‘tkazish, favqulotda vaziyat yuz berganda tezkor xarakat qilish, insonlarning qurbon bо‘lishiga yо‘l qо‘ymaslik, iqtisodiy zararni kam bо‘lishini, xavfsizlikni о‘z vaqtida ta’minlash bular hammasi asosiy masalalardan biridir. 1994 yil 4-martda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining FV vazirligining tashkil etilishi tо‘g‘risidagi farmoni e’lon qilindi. Fuqoro muhofazasiga oid xuquqiy va meyoriy hujjatlar. О‘zbekiston Respublikasida Fuqoro muhofazasiga oid quyidagi xuquqiy meyoriy hujjatlar va Vazirlar mahkamasining qarorlari kuchga kiritilgan. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 143 sonli “О‘zbekiston Respublikasi Favqulotda Vaziyatlar Vazirligini” tashkil etish tо‘g‘risidagi qarori 11 aprel 1996y. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi “Aholi va hududlarning tabiy hamda texnogen xususiyatli Favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish tо‘g‘risida” 20 avgust 1999y. 42 “ SHо‘rtangaz kimyo majmuasi” Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joylashgan, aholidan (1000)m uzoqlikda. Aholiga zaxarli gaz, chang yetmasligi uchun yon atrofi daraxtlar bilan о‘ralgan. Fuqoro himoyasining asosiy vazifalari: 1.Aholini umumqirg‘in qurollardan saqlash. 2. Xalq xо‘jaligi korxonalarining urush sharoitida ishlash turg‘unligini oshirish. 3. Qutqaruv va tiklovchi ishlarini olib borish. Korxonada fuqoro muhofazasini tashkil qilish omillari yuqoridagilardan iborat. “ SHо‘rtangaz kimyo majmuasi” da sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan favqulotda vaziyatlar. Korxonada fuqoro muhofazasini tashkil etish. Korxonada yong‘in va portlashga xavfli moddalar mavjudligi yuzasidan, korxonada - tabiiy, - texnogen, - ekologik tusdagi favqulotda vaziyatlar sodir bо‘lishi mumkin. Korxona teritoriyasida sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan xavfli xodisalarga: zilzila, yong‘in, portlash, kimyoviy zaharlanish kiradi. Korxona yong‘in xavfsizligi bо‘yicha “A” guruxiga taaluqlidir. Obyektda chang va zaharli gazlar mavjudligi ularning miqdori saqlanish qoidalari deganda asosan atrof muhitga kuchli ta’sir qiluvchi va odamlar hayotiga ta’sir kо‘rsatuvchi omillar xisoblanadi. Korxonadagi avariyalar, yong‘in va portlashlar favqulotda vaziyatlarida xavfi tug‘ilganda va sodir bо‘lgan xavf darajasini kо‘rsatadigan ikkita bildirish rejimini belgilanadi. Yuqori tayyorgarlik rejimi Favqulotda rejim Bunday xollarning hammasida xokimyatlarga, tuzilmalarga, tibbiy xizmatga, yong‘in xavsizldigi xizmatiga xabar berish kerak. Korxonada mavjud kuchli ta’sir qiluvchi modda. Uning miqdori saqlanish tartibi. 43 Uglerod (P) oksidi – rangsiz, xidsiz nixoyatda zaxarli gaz.Ishlab chiqarish binolarida SO ning miqdori 11 xavoda 0,03 mg ni tashkil etadi. U avtomobildan chiqayotgan tutun gazlarda xayot uchun xavfli miqdorda bо‘ladi. Metan gazi rangsiz, xidsiz, xavodan ikki marta yengil, molekulyar og‘irligi 16,04. qaynash temperaturasi 161,58oS, yonganda rangsiz tutun chiqadi, havo bilan aralashib portlash xavfi bor, kuchsiz zaxarlanishni keltirib chiqaradi., bosh og‘rig‘i nafas siqilishi, puls tezlashishi, e’tiborsizliklarga sabab bо‘ladi. Shu sababli korxonada ish vaqtida xonalar yaxshi shamollatilgan bо‘lishi kerak. Favqulrdda Vaziyat yuz berganda “Diqqat Xammaga” ovozli signal orqali ishchi-xizmatchilarga xabar qilinadi. Korxonada evakuasiya yо‘llari yо‘llari mavjuddir, favqulotda vaziyatlar rо‘y berganda, evakuasiya yо‘llari tashqi begona buyumlardan xoli, buyumlar bilan tо‘ldirib tashlanmagan xolda bо‘ladi. Ta’sir etuvchi zaxarli modda va chang bilan ishlovchi sexlarda ishchi va xizmatchilar obyekt fuqoro muhofazasi bо‘limi (FM shtab) xodimlari tomonidan shaxsiy ximoya vositalari bilan ta’minlangan. Nafas olish organlari shaxsiy ximoya vositalari nafas olish organlarini turli kasalliklarni keltirib chiqariuvchi mikroblardan va toksinlardan muhofaza qiladi. Gazniqoblar ikki turga bо‘linadi: Filtirlovchi gazniqolar ( GP 5, GP 7, GP 9, PDF 2SH); Ajratuvchi gazniqoblar (IP 46 IP 48). Nafas olish organlarning eng oddiy himoya vositalari: Resperator; Changga qarshi matoli niqoblar; Paxta dokali bog‘gich. Teri va nafas olish a’zolarinig himoya qilish vositalari. Filtirlovchi himoyalanish niqoblar. Inson bir kun davomida о‘rtacha hisobida 800 gr qattiq maxsulot, 2l suv va 40 m 3 xavo istemol qiladi. Bajarilayotgan ishning og‘irligi va intensivligiga bog‘liq holda bu kо‘rsatgich keng kо‘lamda о‘zgaradi. Kam kislorodli va bir nechta zaharlimoddalar saqlangan havo zaxarlangan hisoblanadi. 44 Favqulotda vaziyatda avariya qutqaruv ishlarini olib borish. Avariya qutqaruv va boshqa kechiktirib bо‘lmaydigan ishlarini rejalashtirish va amalga oshirishdan maqsad, aholini turli favqulotda vaziyatlardan himoyalash, shoshilinch tibbiy xizmat kо‘rsatish, avariya oqibatlarini qisqartirish hamda vayronalardan insonlarni olib chiqishga qaratilgandir. Avariya qutqaruv ishlari quydagi vazifalar orqali olib boriladi. FV xududlarida razvedka ishlarini olib borish hamda xarakatlanish yо‘nalishlarini rejalashtirish. Bino qismlari, vayrona uyumlari orasidan shuningdek yonayotgan binolar ichidan insonlarni qidirish va olib chiqish. Jabirlangan guruxlarga ajratgan xolda birlamchi tibbiy xizmat kо‘rsatish hamda yaqin ambulatoriyalarga yetkazish. Boshqa kechiktirib bо‘lmaydigan ishga quydagilar kiradi: Insonlarni ommoviy piyoda yoki transportda xarakatlanish yо‘llarini ochish hamda xavfli jisimlardan tozalash. Gaz, elektr, suv quvur tiqimlari va boshqa tizimlarda yuz bergan avariyalarni tо‘xtatish, qutqaruv ishlarini о‘tkazish. Korxonada yong‘in sodir bо‘lganda xarakatlanish quydagi tartibda amalga oshiriladi. Sexda germetik buzilib yoki boshqa sabab bilan yong‘in chiqqanda OPD turli signalizator ishga tushadi. Bu signalizator ishga tushishi bilan sexdagi navbat korxonaning yong‘in xavfsizligi bо‘limiga xabar beriladi va iо‘chilarning tartibli evakuasiyasi ta’minlanishi nazorat qilinadi. Yong‘in ixavfsizligi bо‘limi yetib kelguncha ishchilar о‘zlari OU 2, OU 9,OU 8 yong‘in о‘chirgichlari bilan yong‘inni boshqa obyektga о‘tib ketmasligini nazorat qiladi. Yong‘in xizmat xodimlari bilan bir vaqitda tibbiy tez yordam kо‘rsatish xizmati ham yetib keladi. FV oqibatlari tugatilishi bilan qutqaruv ishlari boshlanadi. Tartibni saqlashga e’tibor beriladi. Yong‘in yoki avariya sodir bо‘lishida odmlrni xavfsiz boshqa joyga chiqish yо‘llari bо‘lishi binolarni loyihalashda, qurishda hisobga olingan. Yong‘in havfsizligi norma qodalariga asosan evakuasiya yо‘llari о‘tga chidamlimateriallardan tayyorlangan, harakat yо‘lida hech qanday tо‘siqlar yо‘q. Korxona binosida 2ta chiqish evakuasiya yо‘llari mavjud. 45 Korxonada ishlatiladigan xom-ashyolar ma’lum talab asosida omborlarda saqlanadi. Quyosh nuri tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri tushmaydigan, yopiq, quru joyda saqlanadi.Xarorat 30 o S dan yuqori bо‘lmagan, namlik 80% dan kо‘p bо‘lmasligi shart. Korxonada fuqaro muxofazasining tashkil qilinganligi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling