kesishda, quymalarning nuqsonli joylarini qirqishda qo‘llaniladi. Shuningdek,
kalinligi 100–120 mm gacha bo‘lgan
alyuminiy, mis va ularning qotishmalari,
zanglamas po‘latlar plazma oqimida kesiladi.
Bukish. Kuchlanish ta’siri ostida zagotovka shaklini o‘zgartirish
jarayoni
bukish deb nomlanadi. Ushbu kuchlanish bir-
biriga zarur burchak ostida joylashgan bir yoki
bir nechta tekisliklarga ta’sir etadi. 5.5-rasmda
bukilayotgan zagotovka elementi keltirilgan.
5.5-rasmdan ko‘rinib turibdiki, material ichki qatlamlari siqilmokda, tashqisi
esa – cho‘zilmoqda. Bukish jarayonida material ichidagi siqilmaydigan va
cho‘zilmaydigan chiziq neytral chiziq deb ataladi. Bukish sovuq
va issiq holatlarda
olib boriladi. Yordamchi moslamalar sifatida puanson, plita yoki val’s (rolik) lar
qo‘llaniladi. Sovuq holatda bukish, material buzulishiga yo‘l qo‘ymaydigan
kuchlanishlarda olib borish ruxsat etiladi.
Profillash – bu listli zagotovkalardan turli shakldagi qattiq va engil profillarni
olish jarayoni. Ushbu jarayon shtamp yoki
mahsus rolikli mashinalarda
tayyorlanadi. Birinchi usul detal (qopqoq, yupqa qobiq devori va h.) larga qattiqlik
ta’minlash uchun xizmat qiladi. Shtamplash usulida profillash matrisa va puansonlar
yordamida amalga oshiriladi. Matrisa va puansonlar ariqchalari va bo‘rtiq
joylarining shakli turlicha buladi. Zarur shakl olish uchun bir yoki bir necha
marotaba shtamplash kerak (5.6-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: