Uglerod – olmos, grafit, karbin, fullerin.
Oltingugurt – rombik, plastik, kristall va amorf.
Fosfor – qizil, oq, qora.
Kislorod – kislorod va ozon.
91. Analiz – modda tarkibini tekshirish uchun amalga oshiriladigan parchalanish jarayoni.
92. Sintez – modda hosil qilish jarayoni.
93. Birikma tarkibi analiz yo`li bilan aniqlanadi.(Ya`ni moddani parchalab tarkibi nima ekanligini ko`ramiz.)
94. Sifat analizi – birikma qanday tarkibiy qismlardan iborat ekanligini aniqlash.
95. Miqdoriy analiz – birikma tarkibiy qismlari qanchadan iborat ekanligini aniqlash.
96. Gaz – aniq bir hajm va shaklga ega emas. Qanday idishga solinsa o`sha idish hajmini egallaydi va shaklini oladi. Gazlarda molekula va atomlar orasidagi masofa suyuqlik va qattiq moddalarga nisbatan ancha katta bo`ladi.
97. Suyuqlik – o`z shakliga ega emas, u qanday idishga solinsa, o`sha idish shaklini oladi. Suyuqlik aniq hajmiy o`lchamga ega bo`ladi. Uni siqish amalda qiyin.
98. Qattiq modda – gaz va suyuqliklardan farq qilib, mexanik mustahkamlikka, aniq hajm va shaklga ega.
99. Gaz, suyuq, qattiq – moddaning agregat holatlari.
100. Suv 101,3 kPa bosimda:
t°>100℃ da gaz. 0< t°<100℃ da suyuq. t°< 0°C da qattiq.
101. Sublimatlanish – qattiq holatdan to`g`ridan to`g`ri gaz holatiga o`tish hodisasi(M:quruq muz, yod, naftalin).
1 02. Kimyoviy formula – modda tarkibining kimyoviy belgilar va zarur bo`lsa, indekslar yordamida ifodalanishi.
103. Kimyoviy formula:
1) modda qanday elementlardan tashkil topganligini(sifat tarkibini;
2) moddaning bitta molekulasi tarkiga har qanday elementning nechtadan atomi kirishini(miqdor tarkibini);
3) moddaning bitta molekulasini bildiradi.
104. Koeffisient – kimyoviy belgi yoki formula oldida turgan katta raqam.
105. Indeks – kimyoviy belgi pastida turadi va moddadagi element sonini ko`rsatadi.
106.
Do'stlaringiz bilan baham: |