30 talik № 14
-
Bor elementining 4 – va 5 – elektronlari qaysi kvant sonlari bilan farq qiladi?
A) bosh va spin B) orbital, magnit va spin
C) magnit va spin D) bosh va orbital
-
NaOH eritmasi orqali ishqor massasidan ikki marta kam miqdorda CO2 gazi o’tkazildi. Eritmadagi natriy brikmalarining molyar nisbatini toping.
A) 1:5 B) 2:3 C) 3:4 D) 1:3
-
Tuzlarni ulardagi σ – bog’lar soni ortib borish tartibida joylashtiring.
1) temir (II) gidrosulfat
2) temir (III) gidroksosulfat
3) temir (III) sulfat
4) temir (II) gidroksosulfat
A) 2, 4, 1, 3 B) 4, 1, 3, 2
C) 3, 1, 2, 4 D) 2, 1, 4, 3
-
Qaysi elementning ekvivalent massasi uning nisbiy atom massasining 1/2 qismini tashkil qiladi?
A) fosfor B) rux C) aluminiy D) ftor
-
Qaysi tuz suvda eritilsa suvning ion muvozanati buziladi?
A) NaCl B) CaCO3 C) LiF D) K2SO4
-
D(CH4) = 2,5 bo’lgan ammiak, propin va butendan iborat aralashmada 13,6 g ammiak bo’lsa, aralashma tarkibidagi alkenning miqdorini (mol) aniqlang.
A) 0,1 B) 0,2 C) 1,2 D) 1,15
-
Quyidagi grafikda noma’lum X uglevodorodning yonish reaksiyasi ifodalangan.
Ushbu grafikdan foydalangan holda noma’lum uglevodorodni aniqlang.
A) metan B) etin C) eten D) etan
-
18,06 1023 ta atom saqlagan xH2SO4 ySO3 tarkibli 51,6 g oleumga sp2 va sp3 orbitallar soni tenglashguncha suv qo’shildi. Qo’shilgan suvning massasini (g) aniqlang.
A) 0,9 B) 1,8 C) 2,7 D) 3,6
-
8 kg va 2 kgli ikkita eritma aralashtirilib 12 % li eritma olindi. Eritmalar teng massada aralashtirilganda 15 % li eritma hosil bo’ldi. eritmalarning foiz konsentratsiyasini aniqlang.
A) 10 % va 18 % B) 40 % va 6%
C) 10 % va 20 % D) 16 % va 11 %
-
NH3 va NO2 dan iborat 14,3 g aralashma tarkibidagi atomlar sonining 1/3 qismi 3,612 1023 ta bo’lsa, aralashmadagi ammiakning hajmiy ulushini (%) hisoblang.
A) 20 % B) 80 % C) 40 % D) 60 %
-
Kaliy fosfatning dissotsialanmagan molekulalari tarkibidagi atomlar soni dissotsialangan molekulalaridan hosil bo’lgan kationlar sonidan 2,408 1023 taga kam. Anionlar sonidan esa, 2,408 1023 taga ko’p bo’lsa, dissotsialanish darajasini hisoblang.
A) 50 % B) 60 % C) 70 % D) 80 %
-
Elektron konfiguratsiyasi 1s22s2 bo’lgan zarrachani aniqlang.
A) B) C) D)
-
Tarkibida sp3 – sp3 bog’lari sonidan 3 marta ko’p s – sp3 bog’i tutgan necha xil alkan bor?
A) 2 B) 3 C) 5 D) 9
-
Na2CO3 va K2SO4 dan iborat aralashmaning qanday mol nisbatida bog’lar soni bog’lar sonidan 3,4 marta ko’p bo’ladi?
A) 1:2 B) 1:4 C) 2:1 D) 4:1
-
MgCO3 ning necha foizi parchalanganda hosil bo’lgan aralashmada qattiq moddalarning massalari tenglashadi?
A) 50 B) 67,7 C) 71,2 D) 80
-
3 mol CO2 va N2 gazlari aralashmasida sp va sp2 gibridlangan orbitallar soni 16 NA ga teng bo’lsa, ushbu aralashmaning o’rtacha molyar massasini (g/mol) aniqlang.
A) 90/6 B) 100/6 C) 200/3 D) 100/3
-
pH qiymati pOH qiymatidan 6 marta kichik bo’lgan eritma metilzarg’aldog’i eritmasini qanday rangga bo’yaydi?
A) to’q qizil B) pushti C) rangsiz D) sariq
-
Qaysi o’zgarishlarda molekula tarkibidagi uglerod qaytariladi?
1) o – ksilol ftal kislota
2) etil spirt dietilefir
3) izopren izopentan;
4) asetilen oksalat kislota ;
5) vinil sirka kislota butan kislota;
6) nitrobenzol anilin
A) 3, 5 B) 1, 4 C) 3, 5, 6 D) 1, 2, 6
-
Massasi 14,4 g bo’lgan bir atomli to’yingan spirtning oksidlanishi natijasida 1:2:3 mol nisbatda 15,92 g bir atomli spirt, aldegid va bir atomli kislota hosil bo’ldi. Ushbu spirt tarkibidagi uglerod atomlari oksidlanish darajalari yig’indisini aniqlang.
A) – 3 B) – 4 C) – 6 D) – 8
-
Quyidagi kristall tuzilish qaysi moddaga tegishli ekanligini aniqlang.
A) grafit B) fulleren C) karbin D) olmos
-
Ikki noma’lum gaz teng hajmda aralashtirilsa, M(o’r) = 25 g/mol bo’ldi. Agar ushbu gazlar teng massada aralashtirilganda M(o’r) = 24 g/mol bo’lsa, noma’lum gazlarni aniqlang.
A) He va NO2 B) H2 va O3
C) Ne va NO D) CH4 va CO2
-
Alkin molekulasidagi birlamchi uglerodlar soni – x, ikkilamchi uglerodlar soni – y va to’rtlamchi uglerodlar soni – k bo’lsa, uchlamchi uglerodlar sonini topish (z) formulasini ko’rsating. (uch bog’ ikkilamchi uglerod atomlari orasida joylashgan).
A) z = x – 2k – 2 B) z = x + 2y + k
C) z = 3x + 2y – 4 D) z = 2x + 2k – 4
-
Xy5 bo’lgan energetik pog’onachaning bosh va orbital kvant son qiymatlari farqi 1 ga, yig’indisi 7 ga teng bo’lsa, undagi oxirgi elektronning magnit va spin kvant sonlar yig’indisini aniqlang?
A) 2,5 B) 1,5 C) – 0,5 D) +0,5
-
NH2 – OH ushbu gidroksil amin molekulasida bog’ hosil qilishda qatnashgan gibridlangan orbitallar jami gibridlangan orbitallarning qancha qismini tashkil etadi?
A) 3/5 B) 3/8 C) 5/8 D) 1/2
-
200 ml eritmada vodorod ionlarining molyar konsentratsiyasi 2 mol/l ga teng bo’lsa, ushbu eritmaga qanday hajmdagi (ml) suv qo’shilganda pH = 2 bo’lgan eritma hosil bo’ladi?
A) 200 B) 300 C) 800 D) 1800
-
Dekan termik krekinglanganda necha xil umumiy alkan va alkenlar hosil bo’ladi?
A) 12 B) 14 C) 16 D) 18
-
Tarkibida 2 mol ishqoriy metall xloridi tutgan 582 g eritma 3 A tok kuchi bilan 96500 sekund davomida elektroliz qilindi. Hosil bo’lgan eritma 16 % li bo’lsa, ishqoriy metalni aniqlang? (elektrodlar inert)
A) Na B) Li C) K D) Rb
-
Noma’lum massali eritma tarkibida 9,8 g ammoniy bromid va 10 % (massa jihatdan) marganes (II) gidroksobromat bo’lib, eritmadagi brom va kislorod atomlarining massa nisbatlari 2:27 bo’lsa, eritma massasini (g) hisoblang.
A) 200 B) 400 C) 800 D) 1000
-
96 g A modda 40 sekunddan keyin 6 marta kamaydi. Ushbu reaksiyaning tezligi 1,5 mol/l min ga teng bo’lsa, A moddani aniqlang? (idishning hajmi 4 litr)
A) SO2 B) SO3 C) CH4 D) HF
-
Barcha zarrachalarining 36% ni neytronlar tashkil qiladigan oltingugurt atomiga izobar bo’lgan xlor atomida nechta neytron bor?
A) 16 B) 17 C) 18 D) 19
Do'stlaringiz bilan baham: |