Kimyo 34 ta 30 talik 07. 2020 jar atm (1020 ta savol) 30 talik №1


Download 0.55 Mb.
bet5/19
Sana04.12.2020
Hajmi0.55 Mb.
#158692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
KIMYO

30 talik № 10


  1. Oksidlarning kislotalik xossasi ortib borish qatorini toping.

1) fosfor (V) oksid; 2) mishyak (V) oksid; 3) azot (V) oksid; 4) surma (V) oksid

A) 2, 4, 1, 3 B) 3, 1, 2, 4

C) 4, 2, 1, 3 D) 2, 1, 3, 4


  1. Teng massadagi kaliy va suv ta’sirlashuvidan 616 g eritma olingan bo’lsa, ajralgan vodorod massasini (g) hisoblang.

A) 8 B) 10 C) 12 D) 20


  1. pH qiymati 1 ga teng bo’lgan 15 litr eritmaga necha litr suv qo’shilganda eritma pH qiymati 2 ga teng bo’ladi?

A) 15 B) 135 C) 85 D) 150


  1. Ma’lum massadagi 30 % li eritmaga 100 g suv qo’shildi. Hosil bo’lgan eritmaga esa 40 % li eritma qo’shilganda 500 g 28 % li eritma hosil bo’lsa, dastlabki eritma massasini toping.

A) 150 B) 300 C) 250 D) 200


  1. NaNO3 va Cu(NO3)2 dan iborat aralashma yuqori temperaturada qizdirilganda tarkibida 0,15 mol O2 bo’lgan 23,2 g gazlar aralashmasi hosil bo’lsa, dastlabki aralashmaning massasini (g) toping.

A) 27,3 B) 35,8 C) 54,6 D) 46,1


  1. 6,3 g alken kaliy permanganat eritmasi orqali oksidlanganda 0,1 mol cho’kma hosil bo’lsa, alkenni aniqlang.

A) C2H4 B) C3H6 C) C4H8 D) C5H10


  1. CaS + KMnO4 + KOH = K2MnO4 + CaSO4 + H2O

Ushbu reaksiya natijasidagi barcha koeffitsiyentlar yig’indisini toping.

A) 25 B) 27 C) 30 D) 26


  1. C2H2, C2H4 va C2H6 gazlaridan iborat 4,48 l (n.sh) aralashma 5 gramm keladi. Aralashma tarkibida necha mol vodorod atomi bor?

A) 0,75 B) 0,5 C) 0,8 D) 0,2


  1. Nitrat kislota eritmasining molyalligi va molyarligi 2 ga teng bo’lsa, eritmaning zichligini (g/ml) aniqlang.

A) 1,126 B) 1,063 C) 1,315 D) 1,015


  1. Karbonat angidrid va metandan iborat ikki xil aralashma (Mr1 = 24,4; Mr2 = 35,6) teng hajmda o’zaro aralashtirildi. Hosil bo’lgan aralashmaning H2 ga nisbatan zichligini toping.

A) 15 B) 16,2 C) 14,6 D) 13


  1. 2 mol litiy galogenidi saqlagan suvli eritma 6 F tok bilan elektroliz qilinganda anodda 103 g moddalar ajraldi. Galogenni aniqlang.

A) ftor B) brom C) yod D) xlor



  1. Doimiy tok manbaiga ketma – ket ulangan Hg(NO3)2, CuSO4 va NaCl eritmalari orqali 10000 sekund davomida 9,65 A tok o’tkazildi. Katodlarda hosil bo’lgan metallarning massalarini (g) mos ravishda aniqlang.

A) 201; 32; 23 B) 100,5; 32; 0

C) 100,5; 32; 23 D) 10,05; 32; 0


  1. 14N izotopi pozitron parchalanishidan qanday element atomi hosil hosil bo’ladi?

A) 12C B) 14O C) 14C D) 15N


  1. Xlorlansa ikki xil monoxlorli va uch xil dixloralkan hosil qiluvchi eng yengil alkan, necha xil trixloralkan hosil qiladi?

A) 3 B) 6 C) 5 D) 4


  1. Temperatura 273 K hajmi 16,8 l bo’lgan idishda 14 g N2, 15 g C2H6 va 4 g H2 bor. Idishdagi bosimni (atm) toping.

A) 4 B) 6 C) 8 D) 10



  1. Quyidagi oksidlanish – qaytarilish reaksiyasini tenglashtiring va chap tomondagi koeffitsiyentlar yig’indisini aniqlang.

K2Cr2O7 + CrCl2 + H2SO4 = KCl + Cr2(SO4)3 + HCl + H2O

A) 17 B) 23 C) 19 D) 21


  1. tarkibli alkanning tarmoqlangan izomerlar soni nechta?

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4


  1. 40Ca va 37 zarrachalarga xos umumiy xususiyat(lar)ni toping.

1) energetik pog’onalar soni; 2) s elektronlar soni; 3) p elektronlar soni; 4) zaryadsiz nuklonlar soni.

A) 1, 2, 4 B) 1, 2, 3 C) 4 D) 3, 4


  1. 33,6 g metilsiklopentanni yoqish uchun necha litr (n.sh) ozon – kislorod aralashmasidan kerak bo’ladi? (Ozonning hajmiy ulushi 40 %)

A) 67,2 B) 56 C) 89,6 D) 62,7


  1. 200 ml 0,5 M li BaCl2 eritmasiga 14,2 g Na2SO4 qo’shildi. Hosil bo’lgan eritmaga 100 ml 1 M li AgNO3 eritmasi quyildi. Oxirgi eritmadagi tuzlarning massalarini (g) hisoblang.

A) 11,7 g NaCl; 8,5 g NaNO3

B) 5,85 g NaCl; 8,5 g NaNO3

C) 11,7 g NaCl; 17 g NaNO3

D) 5,85 g NaCl; 17 g NaNO3


  1. Ko’p kislotali kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuzning gidrolizlanish jarayoni susaygan bo’lsa, demak eritmaga …

1) alyuminiy sulfat qo’shilgan; 2) ishqor qo’shilgan; 3) suv qo’shilgan; 4) kristal soda qo’shilgan; 5) shu tuzning konsentrlangan eritmasi qo’shilgan.

A) 1, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 5 D) 3, 5


  1. pH qiymati nechaga teng bo’lgan 800 ml HBr eritmasiga (α = 100%) 200 ml suv quyilsa, [H+] ionlari konsentratsiyasi 8 * 10-3 mol/l bo’ladi?

A) 1,5 B) 3 C) 1 D) 2



  1. Qaysi tuzning dissotsialanishidan olingan kationlar soni dissotsiyalangan tuzning atomlar sonidan 8 taga kam? (α = 100%; tuzning gidrolizlanishi va suvning dissotsialanishi hisobga olinmasin)

A) natriy fosfat B) kalsiy nitrat

C) alyuminiy sulfat D) bariy xlorid


  1. X g 25 % li mis (II) sulfat eritmasidan 2,5 F tok o’tkazildi. Natijada katodda 22,4 l (n.sh) gaz ajraldi. X ni aniqlang.

A) 160 B) 200 C) 100 D) 250


  1. ioni tarkibida nechta ml = – 1 bo’lgan elektron mavjud?

A) 3 B) 4 C) 5 D) 6


  1. 300 g 40 % li eritmadan x g to’kildi va x g 70 % li eritma qo’shildi, bunda 50 % li eritma hosil bo’ldi. Ushbu jarayonda necha (g) 70 % li eritma ishlatilgan?

A) 150 B) 200 C) 50 D) 100


  1. 0,15 mol C3Hx alkan radikalida 5,418 1023 ta vodorod atomi bo’lsa, radikal valentligini toping?

A) II B) III C) I D) IV


  1. 1,3 dimetil – siklopentanni necha xil moddadan hosil qilish mumkin? (Gustavson usuli bo’yicha)

A) 2 B) 3 C) 4 D) 5


  1. Quyidagi reaksiya ketma – ketligidan C moddani aniqlang.

2 – brom – 3 – metilbutan A B C

A) 2,3,4,5 – tetrametilgeksan

B) 2,2,3,3 – tetrametilbutan

C) 3,3,4,4 – tetrametilgeksan

D) 3,3,5,5 – tetrametilgeptan


  1. Biror tuzning 800 C dagi eruvchanlik koeffitsiyenti uning 200C dagi eruvchanlik koeffitsiyentidan 1,5 barobar ko’p. Agar shu tuzning 800C da to’yingan 320 g eritmasi 200C ga qadar sovutilganda 40 g tuz cho’kmaga tushishi ma’lum bo’lsa, shu tuzning 800C dagi eruvchanlik koeffitsiyentini aniqlang.

A) 60 B) 40 C) 30 D) 45
30 talik № 11


  1. Ftor elementi necha xil oksidlanish darajasini namoyon qiladi?

A) 2 B) 1 C) 4 D) 3


  1. 42 g 2 – metilbuten – 2 kaliy permanganat ta’sirida neytral muhitda oksidlandi. Bunda hosil bo’lgan organik modda va qora cho’kmaning massa farqini aniqlang.

A) 21,3 B) 27,6 C) 25,9 D) 31


  1. Teng massadagi natriy va suv ta’sirlashuvidan 270 g eritma olingan bo’lsa, ajralgan vodorod massasini (g) hisoblang.

A) 8 B) 5 C) 10 D) 6



  1. NaOH suvdagi eritmasining molyal va foiz konsentratsiyalari nisbati 1:3,2 bo’lsa, eritmaning molyal konsentratsiyasini (mol/kg) hisoblang.

A) 5 B) 6,25 C) 20 D) 8,5



  1. 300 C da 5 sekunddan so’ng 0,9 mol modda konsentratsiyasi 1,5 marta kamaysa uning 200 C dagi reaksiya tezligini (mol/l*min) da toping ()

A) 0,6 B) 1,8 C) 0,9 D) 3,6


  1. Mis (II) sulfatning 20 0C dagi eruvchanligi 20 ga teng. Shu temperaturada tayyorlangan 600 g eritma tarkibidagi tuz massasini aniqlang.

A) 120 B) 90 C) 150 D) 100


  1. Tarkibida 1,4 mol vodorod atomi bo’lgan 6,72 litr CH4 va C3H8 aralashmasini yoqish uchun kislorod va ozon aralashmasidan qancha litr kerak? (O2 ning hajmiy ulushi 50 %)

A) 11,2 B) 22,4 C) 13,44 D) 67,2




Modda

Vodorod

atomlari soni

Bog’lar soni










qutbli

qutbsiz

Sikloalkan

a

8

x

Alkan

a

y

Z


x, y va z ning yig’indisini toping.

A) 15 B) 13 C) 16 D) 14


  1. Na2SO4 eritmasiga 450 ml suv qo’shilganda eritmaning konsentratsiyasi 4 marta kamaydi. Bunda eritmadagi jami atomlar soni 6 marta ortdi. Hosil bo’lgan eritmadagi tuzning konsentratsiyasini (%) aniqlang.

A) 14,2 B) 43,2 C) 56,8 D) 85,2


  1. pH va pOH qiymatlari 1:2,5 nisbatda bo’lgan 400 ml eritmada nechta H+ ionlari bo’ladi?

A) 2,408 1019 B) 6,02 1018

C) 15,05 1018 D) 24,08 1019


  1. Geksanning qaysi izomer birikmasining qaynash temperaturasi yuqori?

A) 2 – metilpentan B) 2,2 - dimetilbutan

C) n – geksan D) 2,3 – dimetilbutan


  1. Nosimmetrik dimetiletilenga xlorid kislota eritmasi ta’sir ettirilganda qanday modda hosil bo’ladi?

A) 2 – xlorbutan

B) 1 – xlor – 2 – metilpropan

C) 1 – xlorbutan

D) 2 – xlor – 2 – metilpropan



  1. 240 g 7,5 molyarli (p = 1,5 g/ml) NaOH eritmasiga necha molyarli NaOH eritmasidan 300 ml (p = 1,2 g/ml) qo’shilganda 14 % li eritma hosil bo’ladi?

A) 3 B) 2,8 C) 3,5 D) 2,5


  1. CuSO4 eritmasi orqali qancha (F) zaryad o’tsa, teng massali mis elektrodlarda 48 g farq yuzaga keladi (elektrodlarda gaz ajralmagan).

A) 0,5 B) 0,75 C) 1,5 D) 0,25


  1. Quyidagi oksidlanish – qaytarilish reaksiyasining chap tomondagi koeffitsiyentlar yig’indisini aniqlang.

NaClO + CrCl3 + NaOH = Na2CrO4 + NaCl + H2O

A) 14 B) 16 C) 15 D) 17



  1. Pog’onadagi maksimal elektronlar soni 18 ta bo’lsa , ushbu pog’onadagi pog’onachalar soni, bosh kvant soni 4 ga teng bo’lgan pog’onadagi orbital ( yacheyka) lardan nechtaga farq qiladi?

A) 10 B) 15 C) 2 D)13


  1. 400 g 40 % li eritmadan x g to’kildi va x g 90 % li eritma qo’shildi, bunda 55 % li eritma hosil bo’ldi. Ushbu jarayonda necha (g) 90 % li eritma ishlatilgan?

A) 120 B) 200 C) 150 D) 100


  1. Atomga bitta elektron tasir ettirilganda ikkita a- zarracha ajraldi. Agar atomning massasi 20 % ga, zaryadi esa 25 % ga kamaygan bo’lsa, hosil bo’lgan elementni aniqlang.

A) Mg B) Ca C) P D) Ar


  1. 200 g 27 % li CuCl2 eritmasi elektroliz qilindi. Elektroliz jarayonida 0,6 mol suv sarflangan bo’lsa, eritmadan qancha faraday tok o’tgan?

A) 2 B) 1 C) 1,8 D) 2,6


  1. Sulfit angidrid bilan qaysi gaz teng massada aralashtirilsa, molyar massa 25,6 g/mol bo’ladi?

A) geliy B) fosfin C) metan D) kislorod


  1. N2 va O2 aralashmasiga argon qo’shilsa, molyar massa 32,8 g/mol, xuddi shuncha hajm ozon qo’shilsa, molyar massa 34,4 g/mol bo’lgan aralashma hosil bo’ladi. Boshlang’ich aralashmadagi kislorodning hajmiy ulushini aniqlang.

A) 20 B) 80 C) 25 D) 75



  1. Markaziy atomning gibridlanishi sp3, sp2, sp tipida bo’lgan molekulalar tartibini ko’rsating.

A) CH4, SO2, BH3 B) SiH4, BF3, BeCl2

C) BF3, H2O, CO2 D) SO3, SO2, BeCl2


  1. 2 – brom – 2 – metilbutanga natriy metali ta’sir ettirib, olingan alkan tarkibidagi ikkilamchi uglerod atomlari sonini aniqlang.

A) 2 B) 1 C) 3 D) 4


  1. Tarkibi H2SO4 xSO3 oleumga 1,25 mol suv qo’shilganda sp3 va sp2 orbitallarning soni tenglashdi, bunda 345 g oleum olindi. Oleumning tarkibini toping.

A) H2SO4 5SO3 B) H2SO4 3SO3

C) H2SO4 4SO3 D) H2SO4 2SO3


  1. Aren molekulasi (CnH2n – 6) tarkibidagi sp3orbitallar soni sp2 – orbitallar sonidan 6 taga kam bo’lsa, molekuladagi kimyoviy bog’lar sonini aniqlang.

A) 18 B) 21 C) 24 D) 27


  1. Quyida berilgan birikmalardan faqat kation bo’yicha gidrolizga uchraydiganlarini belgilang.

1) ammoniy atsetat; 2) magniy xlorid; 3) kaliy karbonat; 4) ammoniy nitrat; 5) alyuminiy karbonat; 6) ammoniy sulfat.

A) 1, 3, 5 B) 1, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 2, 4, 5, 6


  1. 1,3 dimetil – siklopentanni necha xil moddadan hosil qilish mumkin? (Gustavson usuli bo’yicha)

A) 2 B) 3 C) 4 D) 5


  1. kationidagi toq elektronlar soni kationidagi toq elektronlar sonidan nechtaga farq qiladi?

A) 2 B) 0 C) 1 D) 3


  1. 10 % li 400 g va 20 % li 300 g eritmalardan foydalanib, 16 % li eritmadan eng ko’pi bilan necha gramm tayyorlash mumkin?

A) 500 B) 480 C) 600 D) 550



  1. Uchunchi guruhning asosiy guruhida elementlar atom massasi ortishi bilan ularning metalmaslik xossasi, elektrmanfiyligi, atom radiusi va ionlanish potensiali (berilgan tartibda) qanday o’zgaradi?

A) kamayadi, ortadi, ortadi, ortadi

B) ortadi, ortadi, ortadi, kamayadi

C) ortadi, ortadi, kamayadi, ortadi

D) kamayadi, kamayadi, ortadi, kamayadi

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling