3- NAZORAT ISHI
Mavzu: Metallarning davriy sistemadagi o‘rni, tabiatda tarqalishi, ishlatilish sohalari, xossalari, elektro kimyoviy kuchlanish qatori, qotishmalar, ularning xossalari
Nazorat shakli: Masalalar yechish
I variant
150 gr ohaktosh parchalanishi natijasida n. sh. da o‘lchangan 11,2 l karbonat angidrid hosil bo‘ladi. Ohaktosh tarkibida necha foiz kalsiy karbonat bo‘lgan?
1,2 mol kaliy suv bilan reaksiyaga kirishganda n.sh.da o‘lchanganda qancha hajm vodorod ajralib chiqadi?
Natriy sulfat tuziga natriy karbonat aralashganligini qanday tajriba bilan aniqlash mumkin? Reaksiya tenglamalarini yozing.
Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur reaksiya tenglamalarini yozing. Na→NaOH→NaHCO3→NaCO3→CO2↑
Do'stlaringiz bilan baham: |