13. Quyidagi o‘zgarishlar natijasida qanday X1 modda hosil bo‘ladi?
+HOH+CO2,+CO2.
Ca2+ ->-Ca(OH)2 >X+H2O+CO2----->X1
a) CaC03; b) Ca(HC03)2; c) CaO; d) Ca(OH)2.
14. Havoda eng kam korroziyaga uchraydigan metallning nomini aniqlang.
a) Mis; b) Temir; c) Xrom; d) Rux.
15. Shisha Na2CaO 6SiO2 tarkibidagi kalsiy oksidining massa ulushini (% hisobida) aniqlang.
a)11, 7%; b)15,6%; c)13,4%; d)24,4%.
Test raqami
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
Javob
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ball
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Nazorat ishining bali – bahosi:
5- NAZORAT ISHI
Mavzu: Metallarning kimyoviy xossalarini namoyon qiluvchi tajribalarni bajarish
Nazorat shakli: Amaliy mashg‘ulot
I variant
Tajriba: Metallarning tuzlar eritmalari bilan o‘zaro ta’siri.
Birinchi probirkaga mis (II) sulfat yoki mis (II) nitrat eritmasidan 1-2 ml quying, ustiga kichkina mixni ipga bog‘lab tushiring va kuzating. Ma’lum bir vaqt o‘tgandan keyin mixda qanday o‘zgarish sodir bo‘ladi?
Ikkinchi probirkaga kumush nitrat yoki qo‘rg‘oshin (II) nitrat eritmasidan quying, ustiga mis simni bo‘lakchasidan soling va kuzating. Mis simi bo‘lakchasida qanday o‘zgarish sodir bo‘ladi?
Ikkala probirkada sodir bo‘ladigan hodisaning reaksiya tenglamasini molekular
va ionli ko‘rinishda yozing.
II variant
Tajriba: Anorganik moddalar orasidagi genetik bog‘lanish. Quyidagi o‘zgarishlarni tajribalar asosida bajaring: Cu →CuO→ CuSO4 →Cu(OH)2 → CuO.
Mis plastinkasini spirt lampasi yordamida qizdiring, natijada plastinka qorayadi. Qoraygan qismini pichoq yordamida filtr qog‘oziga qirib tushiring. Buni bir necha bor takrorlang. Hosil bo‘lgan mis (II)-oksidini toza probirkaga solib, ustiga 1-2 ml sulfat kislota eritmasidan quying. Reaksiyani tezlatish maqsadida probirkani tutqichda ushlab, spirt lampasi yordamida qizdiring. Hosil bo‘lgan havorang eritmaga nartiygidrooksid eritmasidan 1-2 ml quying, natijada havo rangli mis (II) gidrooksid cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Cho‘kmani filtr qog‘ozi yordamida filtrlang va ozgina quritib, chinni kosachaga solib, spirt lampasi yordamida qizdiring. Nima kuzatiladi? Tajriba xulosalarini va sodir bo‘lgan reaksiya tenglamalarini daftaringizga yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |