Kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi populyatsiyalar ekologiyasi fanidan


Download 0.53 Mb.
bet91/125
Sana31.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1143331
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   125
Bog'liq
Pop.ek. UMM-2022 (1)

O‘UB boshlig‘i: P. Qurbonov
Kirish
Biz taraqqiy etayapmiz, lekin tabiat inqirozga yuz tutmoqda. Buning sabablari esa nixoyatda ko‘p va xilma xildir. Eng asosiylari esa tabiiy ekosistemalarning buzilishi, undagi tirik organizmlar sonining kamayib, ba’zilarining esa yo‘qolib borishidir.
Biosferada hayot uchun zarur bo‘lgan biogen elementlarni faqatgina tirik organizmlargina (ular populyatsiyalari) aylantira oladi, yoki akademik Vernadskiy V.I ta’biri bilan aytganda «Hayot - bu tirik organizmlarning ishlab chiqarish usulidir». Shuning uchun hozirgi zamon ekologiyasining o’ziga xos tomonlari va muammolari, ekologiyaga turli xil yondoshishlar, jumladan: ekosistemaviy va populyasion yondoshishni taqoza etadi. Bundan tashqari рopulyasiya tushunchasiga genetik va ekologik kabi boshqa turli qarashlar ham mavjud. Populyasiyalar ekologiyasi fani o’ziga xos dalada kuzatish, labaratoriya va dala eksprimentlari, matematik modellashtirish kabi tadqiqot usullariga ega. Populyasiyalar ekologiyasi fanining ayniqsa biologik fanlar sistemasida tutgan o’rni beqiyosdir. U bugungi kunda genetika, ekologiya, biosfera haqidagi ta’limot, biogeosenologiya, geobotanika, inson ekologiyasi, hayvonlar ekologiyasi, o’simliklar ekologiyasi, agroekologiya va sanoat ekologiyasi kabi fanlar bilan uzviy aloqada. Populyasiyalar ekologiyasi – o’z - o’zini yaratishga qobiliyatli, shu turning boshqa individlar majmuasidan makonda va zamonda alohidalashtirilgan, tur individlari majmuasi to’g’risidagi fandir.
O’quv fanning maqsad va vazifalari
Fanni o’qitishda tabiatda modda va energiya almashinuvida populyatsiyalar ahamiyati. Ekologiyaga ekosistemaviy va populyasion yondashuv. Populyasiya tushunchasiga turli qarashlarni o’rganish. Populyatsiyalar mohiyati. Organizmlar populyatsiyalarining struktura va funksional xususiyatlari. Populyatsiyalar miqdori va zichligini aniqlash va ahamiyati. Populyatsiyalar taqsimlanish (xorologik) strukturasi va ahamiyati. Populyasiyaning makonda taqsimlanishni o’rganish. Populyatsiyalar yosh, jinsiy va generativ strukturasi. Populyatsiyalarda ichki munosabatlar. Populyatsiyalar ishlab – chiqarishi, statik va dinamik ko’ratkichlari. Populyasiya o’sishining eksponensial va logestik modellari. Populyatsiyalararo munosabatlarning har xil tiplari va klassifikatsiyasi. Fanning strategik maqsadi aholida ekologik dunyoqarashni va madaniyatni shakillantirish.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling