10. Konkurensiya (raqobat). Konkurensiya mohiyati. Konkurensiya formalari. Konkurensiyani o‘rganishga nazariy yondashuv. Voltera – Lotka - Gauze modeli. Konkurentlik prinsipini inkor qilinishi. Ekologik o‘rin. Tabiatda turlararo konkurensiY. Konkurent turlarning yashashi. Dinamik modellar.
Amaliy mashg‘ulotlar mavzulari va tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Amaliy mashg‘ulotlar talabalar tomonidan nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun har bir mavzu bo‘yicha alohida o‘zlashtiriladi. Amaliy mashg‘ulotlar mavzularining mazmunidan kelib chiqib total, kesma, vaqtli preparatlar, tablitsa, plakat, sxema, mulyaj, muzey eksponatlari, qotirilgan xayvonlar, sur’atlar, videofilmlar va boshqa o‘quv ko‘rgazmali qurollar yordamida o‘zlashtirilib, tasvirlari rasm daftarlariga tushiriladi.
Амалий mashg`ulotlarining tavsiya etiladigan mavzulari
- Populyatsiya strukturasi va statistik ko’rsatkichlari.
- Populyasiyaning joyida taqsimlanishini o’rganish.
- Chegaralovchi omillar
- Populyasiyaning asosiy dinamik ko’rsatkichlari.
- Populyasiya soni o’sishining eksponensial modeli. O’sish tezligini aniqlash.
- Populyasiya o’sishining logistik modeli. Turli ekologik strategiyalari.
- O’z - o’zini boshqarish konsepsiyasi.
- Konkurensiya formalari.
Mustaqil ishni tashkil etish shakli va mavzulari
Mustaqil ishlash uchun ekologiya, ekosistemalar, biogeotsenozlar va o‘simlik, hayvon. mikroorganizmlar ekologiyasi va populyatsiyalar ekologiyasi haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan qo‘shimcha adabiyotlar tavsiya etiladi. Mustaqil ishlash uchun beriladigan ishlar fakultativ va individual xarakterda bo‘lib, talabaning turli ekosistemalar va populyatsilarda boradigan jarayonlarni yanada chuqurroq o‘rganishga qaratiladi. Tavsiyalar individual talabga asoslanadi va joriy, oraliq nazorat shaklida yoki darslardan tashqari vaqtda referat yoki muloqot tarzida topshiriladi.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda, quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik.
Kurs ishini tayyorlash.
Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish.
Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismini o‘zlashtirish.
Maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash.
Talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fan bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish.
Faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari.
Masofaviy ta’lim.
Do'stlaringiz bilan baham: |