Reja: Korxonani tashkil qilish tamoyillari


Download 79.97 Kb.
bet1/5
Sana23.11.2023
Hajmi79.97 Kb.
#1796452
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Korxonalar faoliyatini tashkil etish tartibi va talab etiladigan hujjatlar Mustaqil ish

Reja:

1. Korxonani tashkil qilish tamoyillari.

2. Ta`sis hujjatlari.

3. Korxonalarning davlat tomonidan ro`yxatga olinishi.

4. Korxonalarni tugatish va qayta tashkil qilish.


Korxonalar faoliyatini tashkil etish tartibi va talab etiladigan hujjatlar
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o`sishi faoliyat yuritayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va ishga tushirishga tayanadi. Bunday qadam iqtisodiy jihatdan maqbullikka, resurslar imkoniyati va korxona mahsulotlariga bo`lgan talabga asoslanadi. Biron-bir mahsulotning taqchilligi yoki umuman yo`q bo`lishi ham, yangi korxona yoki ishlab chiqarishni tashkil qilishga sabab bo`lishi mumkin.
1. Korxonani tashkil qilish tamoyillari
Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
  • korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo`lishi;
  • korxona muassislarini tanlash;
  • taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o`rganish;
  • korxona Nizom jamg`armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniqlash;
  • korxonaning ta`sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash;
  • davlat ro`yxatidan o`tish;
  • muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash;
  • soliq idoralarida ro`yxatdan o`tish.

O`zbekiston Respublikasining “Korxonalar to`g`risida”gi qonuniga asosan, korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik organi, mehnat jamoai yoki muassislar guruhining qarori bo`yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin. SHuningdek, korxonalar agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik organining roziligi bo`lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir nechta tarkibiy bo`linmalarni, ushbu bo`linmalarning mehnat jamoalari tashabbusiga ko`ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil topishi mumkin.
Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to`g`risidagi holatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo`lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho``ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo`lim va boshqa tashkiliy bo`linmalarni tashkil qilishi mumkin. Korxona qonun hujjatlarida belgilab qo`yilgan tartibda maxsus davlat organlarida ro`yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomiga ega bo`ladi.
Korxonani tashkil qilishdan tashqari, uning moliyaviy barqarorligi va samarali faoliyatini ta`minlash, bozor munosabatlari va raqobatchilik sharoitlarida juda muhimdir. Amaliyotdan ko`rinib turibdiki, bu qoidalarga rioya qilmaslik natijasida korxonani tashkil qilishga ketgan barcha sa`y-harakatlar o`zini oqlamaydi hamda ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishining mikro va makroiqtisodiy ko`rsatkichlariga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Ya`ni moliyaviy jihatdan barqaror bo`lmagan korxonalar endi tashkil qilingan yoki faoliyat yuritayotganligidan qat`i nazar, bankrot korxonalar hisoblanadi.

Download 79.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling