Reja: Korxonani tashkil qilish tamoyillari


Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko`zlanadi


Download 79.97 Kb.
bet2/5
Sana23.11.2023
Hajmi79.97 Kb.
#1796452
1   2   3   4   5
Bog'liq
Korxonalar faoliyatini tashkil etish tartibi va talab etiladigan hujjatlar Mustaqil ish

Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko`zlanadi:
• iste`molchilar talab qilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirish va uni sotishdan foyda (daromad) olish;
• ishlab chiqarishga ish bilan band bo`lmagan aholini jalb qilish va shu orqali ish bilan ta`minlashdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish;
• ishlab chiqarishga mavjud qushimcha resurslarni jalb qilish;
• fan-texnika yutuqlaridan foydalangan qolda yangi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish;
• yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona (o`rtoqchilik kabi) tashkil qiluvchi alohida fuqarolar yoki shaxslar guruhi a`zolarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;
• ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozor muhitini kengaytirish.
Ta`sis hujjatlarini tayyorlash korxonani tashkil etish va keyingi faoliyat yuritish jarayonidagi muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ta`sis hujjatlari faoliyat yurituvchi korxonalarning huquq va majburiyatlarini hamda sharoitlarini ifodalaydi.
Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ikki xil ta`sis hujjatlari belgilab berilgan:
  • korxona Nizomi;
  • Ta`sis shartnomasi.

2. Ta`sis hujjatlari
Korxona Nizomi asosiy ta`sis hujjati bo`lib, unda korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi va manzili, Nizom jamg`armasining miqdori, daromadlarining tarkibi va taqsimlanish tartibi hamda korxona fondlarini tashkil qilish tartibi, korxonani tugatish va qayta tashkil qilish tartibi ko`rsatilishi shart. Boshqacha qilib aytganda, korxona Nizomi uning huquqiy maqomini, huquq va majburiyatilarini belgilab beradi.
Nizomda shuningdek, korxona faoliyat ko`rsatuvchi soha va tarmoq, atrof-muhit va odamlar sog`lig`ini muqofaza qilish kafolati, boshqaruv shakli, hisobga olish va hisobot tizimi ham aks ettirilishi lozim. Korxona to`g`ri va to`liq tayyorlangan Nizom asosida mahalliy hokimiyat organlarida ro`yxatga olinadi, keyin esa o`z muhriga ega bo`lish va bankda hisob raqami ochish huquqini qo`lga kiritadi. O`z muhri va hisob raqamiga ega bo`lmagan korxona, huquqiy shaxs hisoblanmaydi va mustaqil korxonalar qatoriga kiritilmaydi.
Ta`sis shartnomasi korxonaning tashkil qilinishi va yakka tarzda yoki hamkorlikdagi faoliyatning boshlanishini tavsiflovchi hujjatdir. U shuningdek, tashkil etilayotgan korxonaning Nizomini to`ldiruvchi hujjat ham hisoblanadi. Ta`sis shartnomasida korxonani tashkil qilish tartibi, daromad va xarajatlarni qatnashchilar o`rtasida taqsimlash shartlari, korxona tashkilotchilari (muassislar) tarkibidan chiqish shartlari belgilab qo`yiladi.
Ta`sis shartnomasi asosida ko`pincha kichik korxonalar, xo`jalik o`rtoqliklari (Shirkat xo’jaliklari) va shu kabi sub`ektlar faoliyat yuritadi. Masalan, o`rtoqlik yoki korxonaning ta`sis shartnomasida boshqaruv faqat barcha ishtirokchilarning roziligi bilangina emas, balki qaror ko`pchilik ovoz bilan qabul qilinishi mumkinligi ham belgilab qo`yilishi mumkin.
Biroq ta`sis shartnomasida ishtirokchilar ovozini aniqlashning boshqa tartibi ham ko`rsatib o`tilishi mumkin. To`liq o`rtoqchilik (sherikchilik) korxonalarining daromad va xarajatlari agar shartnomada boshqa tartib ko`rsatilmagan bo`lsa, ishtirokchilar o`rtasida ularning umumiy kapitaldagi ulushiga mos ravishda taqsimlanadi. Korxona mulkini shakllantirish va undan foydalanish Nizom va Ta`sis shartnomasining muhim qismi hisoblanadi.
“Korxonalar to`g`risida” gi qonunga asosan quyidagilar korxona mulkini shakllantirishning manbalari hisoblanadi:
  • muassislarning pul va moddiy ko`rinishdagi badallari;
  • mahsulot (ish, xizmat) sotishdan va boshqa turdagi faoliyatdan olingan daromadlar;
  • qimmatbaqo qog`ozlardan olingan daromadlar;
  • banklar va boshqa kreditorlardan olingan kreditlar;
  • byudjetdan olinuvchi mablag`lar (dotatsiya), kapital qo`yilmalar;
  • korxona, tashkilot va fuqarolarning beg`araz va xayriya badallari, shuningdek, almashish, meros va sovg`a tariqasida olinuvchi mulk;
  • qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.


Download 79.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling