3. Korxonalarning davlat tomonidan ro`yxatga olinishi
Korxona joylashgan manzili bo`yicha davlat organlarida ro`yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi. Bu vazifani asosan hokimiyatlar bajarib, ular korxonani ro`yxatga olish to`g`risidagi malumotlarni 10 kun mobaynida Moliya Vazirligiga yagona davlat reestriga kiritish uchun taqdim etishlari shart. Davlat ro`yxatidan o`tish uchun korxonani tashkil qilish to`g`risidagi qaror, korxona Nizomi (ta`sis shartnomasi) va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriluvchi ro`yxatdagi boshqa hujjatlar taqdim etiladi.
Korxonani davlat tomonidan ro`yxatga olish zarur hujjatlar ilova qilingan ariza berilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida amalga oshirilish lozim. Korxonalarni ro`yxatga olishdan, ularni tashkil qilish maqsadga muvofiq emas, degan sabab bilan bosh tortishga yo`l qo`yilmaydi. Agar korxonani ro`yxatga olish o`z vaqtida amalga oshirilmasa yoki ta`sischi ro`yxatga olinmaslik sabablarini asossiz deb hisoblagan taqdirda ta`sischi sudga murojaat qilishi mumkin. Korxonani ro`yxatga olishdan asossiz ravishda bosh tortish mahalliy hokimiyat organlarining moddiy javobgarlikka tortilishiga olib kelishi mumkin
1. Korxonani ro`yxatga olish to`g`risidagi ariza.
2. Ta`sis shartnomasi yoki korxonani tashkil qilish to`g`risidagi qaror.
3. Korxona Nizomi.
4. Ta`sis shartnomasi yoki korxonani tashkil qilish to`g`risidagi qarorda ko`rsatilgan Nizom jamg`armasining kamida 50% miqdoridagi qismi to`langanligini tasdiqlovchi hujjatlar.
5. Davlat bojini to`laganlik haqida guvohnoma.
6. Monopoliyaga qarshi muassasaning korxonani tashkil qilishga roziligini tasdiqlovchi hujjat.
7. Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo`llab-quvatlash qo`mitasi yoki uning quyi idoralari roziligi haqidagi hujjat.
Korxonani ro`yxatga olish uchun quyidagi hujjatlar talab qilanadi:
Ro`yxatga olish korxonaga kelib tushuvchi hujjatlarni qayd qilish kitobida tartib raqami berish orqali amalga oshiriladi. Ko`rsatilgan jarayonlar amalga oshirilgach, korxona joylashgan manzili bo`yicha soliq idoralarida hisobda turishi va buni tasdiqlovchi hujjat olishi hamda bankda hisob raqami ochishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |