Reja: Korxonani tashkil qilish tamoyillari


Korxonani tugatish va qayta tashkil qilish


Download 79.97 Kb.
bet4/5
Sana23.11.2023
Hajmi79.97 Kb.
#1796452
1   2   3   4   5
Bog'liq
Korxonalar faoliyatini tashkil etish tartibi va talab etiladigan hujjatlar Mustaqil ish

4. Korxonani tugatish va qayta tashkil qilish


Korxona faoliyatini to`xtatish uni tugatish yoki qayta tashkil qilish shaklida amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarishning barqaror emasligi, moliyaviy qiyinchiliklar, surunkali zarar ko`rish va to`lov qobiliyatining yo`qolishini korxonalarni tugatish yoki qayta tashkil qilishga asosiy sabab qilib ko`rsatish mumkin.
Korxonani qayta tashkil qilish – bu, uning birlashib ketishi, qo`shilishi, bo`linishi, ajralib chiqish va shaklini o`zgartirishi degani. Korxonani qayta tashkil qilish ta`sischi (ta`sischilar) yoki korxona boshqaruvi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Qayta tashkil qilish korxonaning ishlab chiqarish ko`rsatkichlari, moliyaviy va iqtisodiy ko`rsatkichlari avvalgiga nisbatan yaxshilanishiga xizmat qilishi lozim.
Korxonani tugatish huquqiy xatti-harakat bo`lib, ishlab chiqarish va xo`jalik yuritish faoliyatining to`xtatilishini anglatadi. Korxona tugatilganda u davlat ro`yxatidan chiqariladi, uning bankdagi hisob raqami yopiladi hamda muhr, shtamp va boshqa rekvizitlari haqiqiy emas, deb hisoblanadi.
Korxonani tugatishga quyidagilar sabab bo`lishi mumkin:
• ishlab chiqarilayotgan mahsulot(ish, xizmat)ga bo`lgan talabning pasayib ketishi yoki umuman yo`qolishi;
• ishlab chiqarishning zarar keltirishi;
• ishlab chiqarishninng atrof-muhit hamda aholi qayotiga xavf tug`dirishi;
• korxonaning bino va inshootlari, asbob-uskunalari va boshqa vositalaridan iqtisodiy jihatdan unumliroq, yanada sifatli va iste`molchilar talabiga javob beruvchi mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyatining yuzaga kelishi.
Korxonani tugatishda tugatish komissiyasi tuzilib, unga kreditorlarga korxona tugatilganini xabar qilish, kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzini undirish choralarini ko`rish, shuningdek, korxonaning tugatilishi sababli ishsiz qolgan xodimlar ish bilan ta`minlanishiga yordamlashish vazifasi yuklanadi. Korxonani tugatish jarayonida oraliq tugatish balansi tuzilib, unga tugatilayotgan korxonaning mulki, kreditorlarning talablari va ularni ko`rib chiqish natijalari ro`yxati kiritilishi lozim. Ushbu balans korxonaning ta`sischisi (ta`sischilari) yoki korxonani tugatish to`g`risida qaror chiqargan idora tomonidan tasdiqlanadi. Tugatish komissiyasi uning aybi bilan keltirilgan zarar uchun javobgar hisoblanadi.

Download 79.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling