Kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi populyatsiyalar ekologiyasi fanidan


O’simlik populyasiyasining yosh tuzilmasini o’rganish


Download 0.53 Mb.
bet60/125
Sana31.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1143331
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   125
Bog'liq
Pop.ek. UMM-2022 (1)

2.2.O’simlik populyasiyasining yosh tuzilmasini o’rganish.
Yantoq o’simligidan yig’ilgan gerbariy namunalarining tashqi tuzilishini kuzatish orqali hamda o’quv qo’llanma, jadvaldan foydalanib, har bir namunaning yosh holati aniqlanadi. Shuningdek gerbariylar o’simlikning ontogenetik bosqichlari asosida ketma-ket qoyib chiqiladi. Ish daftariga har bir yosh individlarning o’ziga xos xususiyatlari bayon etiladi.
Yantoq - ko’p yillik o’t o’simlik. Yantoqning urug’i mayda, silliq buyraksimon, to’q qo’ng’ir rangda, urug’ pallalari ovalsimon, tuksiz, qisqa bandli. Boshlang’ich haqiqiy barglar 9-13 kundan keyin yoziladi. Ildizi shu vaqtlarda 8-10 sm chuqurga boradi. 40-45 kun ichida novdalarining yoppasiga shoxlanishi kuzatiladi. Shoxlanish xususiyatlaridan biri tikanlarning shakllanishidir. Bir yillik individlarda dastlabki tikanlar 2-5 bo’g’inlarda 22-27 kunlari rivojlanadi. Vegetativ davrining oxirida (5 oylik) yantoqning to’liq shakllanganligi va ko’p sonli barglarga ega bo’lishi kuzatiladi. Ikkinchi yili vegetasiya boshlanishi bilan yillik novdalarda 2- turdagi barglar hosil bo’ladi: ostki tangachasimon va haqiqiy fotosintez qiluvchi barglar.
Yantoq madaniy holda o’stirilganda generativ davrga ikkinchi yili vegetasiya qiluvchi o’simliklarning 60% i o’tadi. Voyaga yetgan virgil individlar jinsiy voyaga yetgan individlardan ancha yirik barglari va mayda tikanlari bilan ajralib turadi. Ikkinchi yilgi o’simlik ildizpoyasidan shakllangan 2-3 ta yer ustki novdalar tashqi ko’rinishi bilan ona o’simlikdan farq qilmaydi va ular gullab meva beradi.
Uchinchi yil vegetasiyasidagi o’simlik 86% gacha gullab meva hosil qiladi.
Tabiiy yantoqzorlarda ko’pincha meva hosil qilmaydigan individlar uchraydi. Ular qarigan bosqichdagi o’simliklardir.
2.3. Mustaqil ish topshiriqlari
1. Yashash joyingiz atrofidagi bog’dan turli yoshdagi mevali daraxtlarni kuzating, ulardagi hosil miqdorini tahlil qiling va natijalarni yosh tuzilmaga bog’lab tushuntiring.
2. O’simlik populyasiyasining yosh spektrini tavsiflab bering.
3. Daraxtlarning yoshini aniqlash usulini tushintirib bering.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling