Kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi populyatsiyalar ekologiyasi fanidan


- Mavzu: Yashovchanlik egri chizig’ini tuzish


Download 0.53 Mb.
bet68/125
Sana31.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1143331
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   125
Bog'liq
Pop.ek. UMM-2022 (1)

5- Mavzu: Yashovchanlik egri chizig’ini tuzish.
Reja:
1. Yashovchanlik egri chizig’i haqida nazariy ma’lumotlar
2. Yashovchanlik egri chizig’ini tuzish
3. Mustaqil ish topshiriqlari
4. Testlar


Darsning maqsadi: Talabalarga yashovchanlik egri chizig’i haqida nazariy ma’lumotlar berish, populyasiyadagi o’limni yoshlar boyicha taqsimlanishini o’rganish va yashovchanlik egri chizig’ini tuzish ko’nikmalarini hosil qilish.
Dars o’tish vositalari: sinf doskasi, yashovchanlik egri chizig’iga oid plakatlar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, chizgich, ish daftari.
Dars o’tish usullari: dars takrorlash, suhbat va savol-javob, amaliy topshiriqni mustaqil bajarish hamda olingan natijalarni munozara qilish tarzida olib boriladi. Bunda talabalarning mustaqil, erkin fikrlash va fikrlarni bayon etishga o’rgatish uchun ularga mavzu boyicha savollar beriladi, talabalar yakka tartibda amaliy ishni mustaqil bajaradilar va natijalarni bayon qiladilar, natijalar o’qituvchi bilan birgalikda tahlil qilinadi, turli organizmlarning yashovchanlik egri chiziqlari solishtiriladi.


Darsning бориши:
5.1. Yashovchanlik egri chizig’i haqida nazariy ma’lumotlar.
Agar individlar yashab qolishining yoshga bog’liqligini grafik asosida tasvirlasak yashovchanlik egri chizig’i hosil bo’ladi. Yashovchanlik egri chizig’i haqidagi tushunchani 1920- yillarda ekologiyaga R. Perl kiritgan va uni 3 ta asosiy xilini ajratib ko’rsatgan. Hozirgi vaqtda turli-tuman organizmlar uchun yashovchanlik egri chizig’i aniqlangan va bu ma’lumotlar R.Perl fikrini tasdiqlaydi. Albatta bu uch xil egri chiziqlar o’zaro turli darajadagi oraliq holatlar bilan bog’langan.
I- tipdagi yashovchanlik egri chizigi shunday holatda hosil bo’ladiki, bunda hayotning katta qismida o’lim juda kam bo’ladi va keyin tez ko’tariladi. Barcha individlar qisqa vaqt ichida nobud bo’ladi. O’limning bunday taqsimlanishini drozofillalarda, kunlilarda va boshqa hasharotlarda kuzatish mumkin. Rivojlangan mamlakatlardagi odamning yashovchanlik egri chizig’i va yirik sut emizuvchilarning egri chizig’i ham I- tipga yaqin bo’ladi.
III- tip yashovchanlik egri chizig’ida individlarning yoppasiga o’lishi hayotning dastlabki davriga to’g’ri keladi. Hayotning keyingi davrlarida o’lim past darajada bo’ladi. Ko’pchilik plangton organizmlar, parazitlar, umuman, yuqori serpushlikka ega va nasli haqida qayg’urmaydigan barcha organizmlar uchun III- tipdagi egri chizik xosdir.
II- tipdagi yashovchanlik egri chizig’i hayot davrida o’lim yoshga bog’liq bo’lmagan holda, doimiy bo’lganda kuzatiladi. Barcha yoshlarda o’lim darajasi bir xil tarzda bo’ladi. Yoshga bog’liq bo’lmagan ehtimoldan yiroqroq bo’lsada, haqiqatda tabiatda II- tip egri chiziqqa ega organizmlar ko’p uchraydi. Qushlar, baliqlar, sudralib yuruvchilar, ko’p yillik o’tchil o’simliklarda bunday tipga ega organizmlar ko’p. Albatta, bunday holatlarda kuzatish hayotning eng boshlang’ich va nozik davri o’tgandan keyin boshlanadi. Masalan, qushlarda bunday kuzatishlar halqalash orqali, odatda, qushlar uchsidan uchib chiqish paytida o’tkaziladi. Demak, tuxumlar va dastlabki tuxumdan chiqqan qushchalarning o’limi hisobdan tushib qoladi.
Tabiatda real kuzatiladigan yashovchanlik egri chizig’i yuqori ko’rsatilgan asosiy tiplarning ma’lum darajadagi uyg’unligidan iborat bo’ladi. Masalan, yirik sut emizuvchilar uchun xos bo’lgan I-tip yashab qolish egri chizig’i har doim boshlanishida keskin pastga qarab tushadi. Bu tug’ilishdan keyingi qisqa davrda o’limning ancha yuqori bo’lishini ko’rsatadi. Hattoki odamlarning rivojlangan mamlakatlardagi populyasiyasida ham hayotning birinchi yilida o’lim yuqori bo’ladi.




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling