6. Birinchi tip yashovchanlik egri chizig’i uchun quyidagilarning qaysi biri xos?
A) Hayotning dastlabki davrida individlarning asosiy qismi qiriladi, keyinchalik o’lim darajasi past bo’ladi
B) Hayotning dastlabki davrida o’lim darajasi juda past bo’ladi, hayotning oxirida individlarning yoppasiga o’limi kuzatiladi
S) O’lim barcha yoshlar boyicha bir xil taqsimlangan bo’ladi
D) Har doim o’lim tug’ilishdan katta bo’ladi
7. Qushlar, baliqlar, sudralib yuruvchilar, ko’p yillik o’tchil o’simliklarda yashovchanlik egri chizig’ining qaysi tipi kuzatiladi?
A) 2 V) 3 S) 4 D) 1
Sinov savollari:
1. Yashovchanlik egri chizig’i nimani anglatadi?
2. Yashovchanlik egri chizig’i haqidagi tushunchani qaysi olim fanga kiritgan?
3. Yashovchanlik egri chizig’ining nechta tipi farq qilinadi?
4. Uchinchi tip yashovchanlik egri chizig’iga ta’rif bering.
5. Tabiatda kuzatiladigan real yashovchanlik egri chizig’i qanday bo’ladi?
6. Birinchi tip yashovchanlik egri chizig’iga ta’rif bering.
7. Odam populyasiyasi uchun yashovchanlik egri chizig’ining qaysi tipi xos?
6-mavzu: Populyasiyada avlod yaratish tezligini aniqlash.
Reja:
1. Populyasiya sonining o’sish tezligi va avlod yaratish tezligi haqida nazariy ma’lumotlar
2. Populyasiyada avlod yaratish tezligini aniqlash
3. Mustaqil ish topshiriqlari
4. Testlar
Darsning maqsadi: Talabalarga populyasiya sonining o’sish tezligi va avlod yaratish tezligi haqida nazariy ma’lumotlar berish, avlod yaratish tezligini aniqlash usulini o’rgatish.
Dars o’tish vositalari: sinf doskasi, o’sish tezligiga oid plakatlar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, mikrokalkulyator, ish daftari.
Dars o’tish usullari: dars takrorlash, suhbat va savol-javob, amaliy topshiriqni mustaqil bajarish hamda olingan natijalarni munozara qilish tarzida olib boriladi. Bunda talabalarning mustaqil, erkin fikrlash va fikrlarni bayon etishga o’rgatish uchun ularga mavzu boyicha savollar beriladi, talabalar yakka tartibda amaliy ishni mustaqil bajaradilar va natijalarni bayon qiladilar, natijalar o’qituvchi bilan birgalikda tahlil qilinadi, turli organizmlarning avlod yaratish tezligi solishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |