Kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi populyatsiyalar ekologiyasi fanidan


Tuzuvchi: b.f.n., dots. G‘. Bobonazarov


Download 0.53 Mb.
bet82/125
Sana31.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1143331
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   125
Bog'liq
Pop.ek. UMM-2022 (1)

Tuzuvchi: b.f.n., dots. G‘. Bobonazarov
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
KIMYO-BIOLOGIYA FAKULTETI
ZOOLOGIYA KAFEDRASI
POPULYATSIYALAR EKOLOGIYASI
(GLOSSARIY)
Bilim sohasi: 100000 -Gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 140000 -Tabiiy fanlar
Ta’lim o‘nalishi: 5140100-Biologiya (turlar bo‘yicha)


Qarshi shahri – 2022 yil
GLOSSARIY



O’zbek

Рус

Ingliz

Mazmuni

Abiotik muhit

Aбиотический фaктор

Abiotic environment

Abiotik muhit [yun.a-inkor ma`nosi, bios-hayot] - 1) tirik organizmlarni o`rab turgan notirik jismlardan iborat muhiti; 2) tirik organizmlarning faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan tabiat hodisalari.

Antropogen omil

Aнтропогенный фaктор

Anthropogenous factor

Antropogen omil - inson va uning faoliyati tomonidan organizmlarga, biogeotsenoz, landshaft, biosferaga ko`rsatiladigan ta`sir.

Atrof (insonni qamragan) muhit

Окружaющaя средa

Environmental conditions (surrounding humans)

Atrof (insonni qamragan) muhit - odamlarga va ularning xo`jaligiga birgalikda va bevosita ta’sir etuvchi abiotik, biotik, ijtimoiy muhitlar majmuasi. A.m. tushunchasi atrof tabiiy muhit tushunchasidan bir muncha kengroqdir, chunki u o’z ichiga ijtimoiy hamda texnogen muhitlarni (uylar, korxonalar, yo’llar va sh.o’.) ham qamrab olgan tushunchalardir.

Kuzatuv

Нaблюдение

Supervision

Kuzatuv - keyinchalik faoliyat yuritish uchun asos bo'lgan, odatda tadqiqot ishlari davomida ma`lumot olish, shu jumladan monitoring kuzatuv muayyan zarar ko`rgan atrof-muhitdan namuna olishni o`z ichiga oladi va alohida korxonalar, uyushmalar,mahalliy milliy hukumat organlari tomonidan olib borilishi mumkin.

Ekologiya

Экология

Ecology

Ekologiya - [yun. Oikos - uy, joy va logos – ta’limot, so’z] – E. Gekkelning ta’riflashicha, biologiyaning organizmlar bilan muhitning uzaro munosabatlarini o’rganuvchi bir bo’limi (auto-ekologiya va sin-ekologiya). E. barcha tirik organizmlar va muhitni hayot uchun qulay qiladigan barcha jarayonlarni o’rganadi.

Global ifloslanish

Глобальная загрязнение

Global pollution

Global ifloslanish - ifloslanish manbayidan juda uzoq masofada, sayyoraning deyarli barcha nuqtalarida ayon bo'luvchi atrof tabiiy muhitning ifloslanishi. Havo muhitiga xos.

Ekologik yondashish

Экологический подход

Ecologic approach

Ekologik yondashish – organizmlarning xususan insonlarning birinchi o’rinda atrof-muhit bilan bo;lgan va o’zaro munosabatlarni tadqiq qilish va ifoda etishga yo’naltiruvchi umumilmiy qarash.

Ekologik inqiroz

Экологический кризис

Ecologic crisis

Ekologik inqiroz – inson faoliyati yoki tabiiy omillar (mas. Iqlimning o’zgarishi) tasiri ostida atrof muhit xolatining turg’un, nisbatan asta sekin qaytarish mumkin bo’lgan yoki qaytarish mumkin bo’lmagan ravishda oshishi (strukturasining soddalashishi, energetic yoki ekologik potentsiyalining pasayishi).

Ifloslantirish manbasi

Загрязняющий источник

Source of pollution

Ifloslantirish manbasi - 1) ifloslantiruvchi moddani atmosferaga tashlash nuqtasi; 2) ifloslantiruvchi moddani ishlab chiqarayotgan xo`jalik yoki tabiiy obektlar (qar.ifloslantiruvchi); 3) kirib kelayotgan ifloslantiruvchi moddani tarqatayotgan hudud.

Adaptatsiya

Адаптаsия

Adapting

Adaptatsiya (moslashish) [lot. adaptatio- moslashish, ko`nikish] - tirik organizmlarning muhitning konkret sharoitida barqaror yashab ketishini ta`minlaydigan morfofiziologik, populyatsiyaviy va b. xususiyatlarining yig`indisi. Umumiy A. (keng ko`lamdagi muhit sharoitlariga ko`nikish) hamda xususiy A. (muhitning lokal, yoki o`ziga xos xususiyatli sharoitlariga ko`nikish) farqlanadi.

Akllimatizatsiya

Акклиматизаsия

Acclimatization

Akllimatizatsiya - atrof-muhitdagi o`zgarishlarga nisbatan organizmning fiziologik va xulqiy moslashishi.

Antropogen omil

Антропогенный фактор

Anthropogenous factor

Antropogen omil - inson va uning faoliyati tomonidan organizmlarga, biogeotsenoz, landshaft, biosferaga ko`rsatiladigan ta`sir.

Fitosenoz

Фитоsеноз

Phytocenosis

Fitosenoz [yun. Phyton – o’simlik va koinos – umumiy] – yer yuzasining bir turdagi xududini egallagan,muayyan tarkib, tuzilish, bichim hamda o’simliklarning bir-biriga bo’lgani kabi, ularni o’rab turgab muhit bilan munosabatlarni ifodalaydigan (tavsiflaydigan) o’simliklar majmui.

Biogen modda

Биогенная вещество

Biogenic matter

Biogen modda - organizmlar hayotiy faoliyati natijasida vujudga kelgan kimyoviy birkma (lekin aynan shu vaqtnig o’zida ularning jismi tarkibida ham bo’ lmasligi mumkin).

Biosfera

Биосфера

Biosphere

Biosfera – [yun.bios-hayot,sphaira-shar] yer qobig’idan (sferalaridan) biri bo’lib, uning tarkibi va energetikasi asosan tirik modda faoliyati bilan belgilanadi E. Zyuss tomonidan 1875 y.kiritilgan bu atama V. I. Vernadskiyning ilmiy izlanishlari natijasida yer sayyorasining butun sirtini anglatadigan bo’ldi. B.troposfera ,litosfera vagidrosferani o’zichiga qamrab oladi; qalinligi 30-40 km. sin. Ekosfera .

Moddalarning biologik aylanishi (kichik doira)

Биологическая круговорот веществ (малый круговорот)

Biological turnover of matters - (small turnover)

Moddalarning biologik aylanishi (kichik doira) - kimyoviy elementlarning tuproq va atmosferadan tirik organizmlarga ularning kimyoviy shaklini o'zgartirib kirishi, so'ng tuproq va atmosferaga organizmlarning hayotiy faoliyati jarayonida va keyinchalik o'lganidan keyin qoluvchi qoldiqlar bilan qaytishi, hamda mikroorganizmlar yordamida destruksiya jarayonlari va minerallashishdan keyingi yana tirik organizmlarga qaytishi. M.b.a. bunday ta`rifi biogenetik darajaga to`g'ri keladi.

Noosfera

Ноосфера

Noosphere

Noosfera [yun.noos - aql] - aql-idrok sferasi. Iboraning zamonaviy talqini 1931-yilda V.I. Vernadskiy tomonidan riosfera evolyutsiyasining bosqichi, uning tarqqiyotidagi jamiyatning ongli faoliyatining yetakchi rolini ifodalash uchun kiritilgan.

Rekultivatsiya/rekulyatsiya

Рекультиваsия

Reclamation

Rekultivatsiya/rekulyatsiya - bo’sh yerlar, ifloslangan sanoat maydonlari va hokazolarni foydalanish xususan uy-joy qurilishi bog’lar yaratish dehqonchilik uchun yaroqli yerlarga aylantirish. Chiqindilar bilan ishlashga nisbatan “reserkulyatsiya” atamasi chiqindilarni utilizatsiyalash sohasida qo’llanadi.

Tabiiy resurs (suv, havo, tuproq va h.k.) sifati

Качества естественных ресурсов

Quality of natural resource (water, air, soil, etc.)

Tabiiy resurs (suv, havo, tuproq va h.k.) sifati – uning tavsiflarining inson ehtiyojlari yoki texnologik talablarga (resursning tozaligi, unda foydali komponentlarning mavjudligi) mos kelish darajasi.

Tabiiy resurslar (boyliklar)

Естественные ресурсы

Natural resources

Tabiiy resurslar (boyliklar) [fr. ressource – vosita, zaxira] – inson ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladigan tabiat boyliklari, zaxiralari, manbalari.

Mexanik ifloslanish

Механическая загрязнение

Mechanical pollution

Mexanik ifloslanish - ekotizimga unga yot bo'lgan va uning tabiiy faoliyatini izdan chiqaruvchi abiotik loyqalarning olib kirilishi.

Atmosfera

Атмосфера

Atmosfere

Atmosfera [yun.atmos-bug` va sphare-shar] - yer va boshqa fazoviy jismlarning gazsimon qobig`i. Yer yuzasida u asosan azot (78,08%), kislorod (20,95%), argon (0,93%), suv bug`i (0,2-2,6%), karbonat angidrid gazidan (0,03%) tashkil topgan.

Atrof muhitning ifloslanishi

Загрязнение окружающая среда

Environmental contamination

Atrof muhitning ifloslanishi - tavsifi, joylashgan yeri yoki miqdoriga ko’ra atrof muhit holatiga salbiy ta’sir qilayotgan moddaning atrof-muhitda mavjudligi.

Bakteriologik ifloslanish

Бактериологическая загрязнение

Bacteriological contamination

Bakteriologik ifloslanish - ekotizimga unga yot bo’lganorganizmlarning chetdan olib kelinishi va ko’payishi. Mikroorganizmlar bilan ifloslanish bakteriologik yoki mikorobiologik ifloslanish ham deyiladi.

Global ifloslanish

Глобальная загрязнение

Global contamination

Global ifloslanish - ifloslanish manbayidan juda uzoq masofada, sayyoraning deyarli barcha nuqtalarida ayon bo'luvchi atrof tabiiy muhitning ifloslanishi. Havomuhitigaxos.

Kommunal oqovalar

Коммунальные сточные воды

Waste waters municipal

Kommunal oqovalar - aholi istiqomat qiladigan joylarda hosil bo'ladigan oqovalar; umumiy kanalizatsiya mavjud bo'lganda maishiy ishlab chiqarish, yog`in-sochin suvlarini o`z ichiga oladi.

Oqava suvlarni tozalash

Очистка сточных воды

Treatment of sewage

Oqava suvlarni tozalash - ifloslangan oqava suvlarni mexanik, fizik, kimyoviy va biologik va b. usullar yordamida har xil aralashmalardan tozalash.

Oqavalarni biologik usulda tozalash

Биологическая очистка сточных воды

Biological treatment of sewage

Oqavalarni biologik usulda tozalash - suv tozalashning keng qo'llaniladigan usullaridan biri: bunda suv sayoz hovuz va b. suv havzalarida organik moddalarni saprobiont mikroorganizmlar yordamida minerallashtirish yo'li bilan tozalanadi, ifloslanish ham deyiladi.

Suv iste’moli

Водопотребление

Water consumption

Suv iste’moli - suvdan aholi, sanoat va qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun uni suv manbalardan ayirib olgan holda foydalanish. Qaytariladigan (olingan suvning yana suv manbasiga qaytishi) va qaytarilmaydigan (bug’lanish, filtiratsiya va h.k sarflanadigan) C.I. ajratiladi.

Pestitsidlar

Пестиsиды

Pesticides

Pestitsidlar [lot.pestis - maraz va ceadre - o'ldirmoq] - o'simlik va hayvonlarning kasallik hamda zararkunandalariga, begona o'tlar, don va don mahsulotlari, yog'och, paxta, jun, teri va h.k.larning zararkunandalariga, odamlar va hayvonlar orasida xavfli kasalliklar tarqatuvchilarga qarshi kurashda foydalaniladigan kimyoviy moddalar.

Tanazzul

Деградаsия

Degradation

Tanazzul – tizim murakkabligi energetic potensiyali va sig’imining asta sekin, real vaqt masshtabida deyarli orqaga qaytarib bo’lmydigan darajada kamayishi.

Tuproqning kuchsizlanishi

Истощение почвы

Soil exhaust

Tuproqning kuchsizlanishi – tuproqdan nooqilona foydalanish yoki tuproq mahsuldorligini pasayishiga olib keluvchi tabiiy rivojlanish jarayoni natijasida tuproq tarkibidagi ozuqa moddalarining kamayib ketishi.

Tuproqning ikkilamchi sho’rlanishi

Вторичное засоление почвы

Secondary salinization of soil

Tuproqning ikkilamchi sho’rlanishi – suv rejimini sun’iy o’zgartirganda suvda oson eruvchan tuzlarning minerallashgan sug’orish suvlari yoki yer osti suvlari bilan olib kirilib tuproqda yig’ilishi.

Yo'qolib borayotgan tur

Исчезающий вид

Threatened species

Yo'qolib borayotgan tur - yo'q bo'lib ketish xavfi ostida turgan va agar bu tahditga sabab bo'layotgan omillar bartaraf qilinmasa, saqlab qolinish imkoniyati bo'lmaydigan tur yoki boshqa toksonomik birlik.

Milliy bog'

Наsиональный парк

National park

Milliy bog' - tabiiy sharoitlari sezilarli darajada inson tomonidan o'zgartirilmagan yoki inson faoliyati tarix mobaynida tabiat bilan uyg'unlashgan keng muhofaza etiladigan hudud.

Tabiat yodgorliklari

Природные памятники

Monuments of nature

Tabiat yodgorliklari - noyob yoki mazkur o’lkagagina xos ilmiy, madaniy-ma’rifiy yoki estetik jihatdan ahamiyatli bo’lgan tabiat obekti. Odatda kelib chiqishi tabiiy yoki sun’iy maydoni uncha katta bo’lmagan tabiiy majmualardan yoki alohida obektlardan iborat bo’ladi: juda keksa daraxt, mog’oralar manzarali (noyob) o’simliklar guruhi, ajoyib buloq, sharshara va h.k.

Tabiatdagi o’zini-o’zi tartibga solish

Авторегуляsия в природе

Auto regulation the nature

Tabiatdagi o’zini-o’zi tartibga solish [yun. autos – o’zi va lot. regulare – tartiblanish] – tabiatda to’g’ri va aks aloqalqrga asoslangan, dinamik barqarorlik yoki landshaftlarning o’zini-o’zi muvofiqlashtirish va o’zini o’zi rivojlantirishga olib keladigan o’zaro munosabatlar tizimi.




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling