O’quv fanning maqsad va vazifalari
Fanni o’qitishda tabiatda modda va energiya almashinuvida populyatsiyalar ahamiyati. Ekologiyaga ekosistemaviy va populyasion yondashuv. Populyasiya tushunchasiga turli qarashlarni o’rganish. Populyatsiyalar mohiyati. Organizmlar populyatsiyalarining struktura va funksional xususiyatlari. Populyatsiyalar miqdori va zichligini aniqlash va ahamiyati. Populyatsiyalar taqsimlanish (xorologik) strukturasi va ahamiyati. Populyasiyaning makonda taqsimlanishni o’rganish. Populyatsiyalar yosh, jinsiy va generativ strukturasi. Populyatsiyalarda ichki munosabatlar. Populyatsiyalar ishlab – chiqarishi, statik va dinamik ko’ratkichlari. Populyasiya o’sishining eksponensial va logestik modellari. Populyatsiyalararo munosabatlarning har xil tiplari va klassifikatsiyasi. Fanning strategik maqsadi aholida ekologik dunyoqarashni va madaniyatni shakillantirish.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yilgan talablar
Populyasiyalar ekologiyasi fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- Hozirgi zamon ekologiyasining o’ziga xos tomonlari va muammolari. Ekosistemali yondashish, populyasiyali yondashish, strukturali va funksional yondashish, populyasiyani o’rganish xususiyatlari.
- Populyasiya tushunchasiga turli qarashlar. Populyasiyaga genetik va ekologik qarashlar. Hozirgi kunda populyasiya ta’rifi.
- Populyasiya tuzilmasi. Statistik va dinamik ko’rsatkichlar. Populyasiya soni va zichligi, populyasiya tuzilmasi, jins tuzilma, yosh tuzilma, invazion populyasiya, regressiv populyasiya, normal populyasiya.
- Populyasiyaning joyida taqsimlanish turlari: tasodifiy, bir tekis va notekis taqsimlanish, organizmlar taqsimlanishni tutib turuvchi mexanizmlar. Hayvon populyasiyasida maydonga oid munosabatlar. Shaxsiy maydon tushunchasi.
- Individlarning joy tanlash xususiyati, chegaralovchi omil, tarqalishning chegaralanganligi, joy tanlash, minimum qoidasi, chegaralovchi abiotik omil, chegaralovchi biotik omil, Libixning minimum qoidasi, yirtqichlik, raqobat, oziq yetishmasligi.
- Populyasiya dinamikasi populyasiyaning zamonda o’zgarish xususiyati ekanligi Asosiy dinamik kursatkichlar : tug’ilish, o’lim. Organizm hayotining davomiyligi yashab qolish egri chizig’i. Yashab qolish egrim chizig’ining tiplari.
Qo’yilgan vazifalar o’quv jarayonida bakalavrlarning ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarida, internet ma’lumotlari bilan mustaqil ishlash va o’qituvchi kuzatuvda mustaqil ta’lim olishi bilan amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |