fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Populyasiyalar ekologiyasi fanini o’rganishda zoologiya, botanika, genetika, biotexnologiya, matematika, ekologiya, fizika, kimyo, infarmasion texnologiyalar kabi fanlar tayanch bo’ladi va chambarchas bog‘liq.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Tabiatda modda va energiya almashinuvida populyatsiyalar ahamiyati. Ekologiyaga ekosistemaviy va populyasion yondashuv. Populyasiya tushunchasiga turli qarashlarni o’rganish. Populyatsiyalar mohiyati. Organizmlar populyatsiyalarining struktura va funksional xususiyatlari. Populyatsiyalar miqdori va zichligini aniqlash va ahamiyati. Populyatsiyalar taqsimlanish (xorologik) strukturasi va ahamiyati. Populyasiyaning makonda taqsimlanishni o’rganish. Populyatsiyalar yosh, jinsiy va generativ strukturasi. Populyatsiyalarda ichki munosabatlar. Populyatsiyalar ishlab – chiqarishi, statik va dinamik ko’ratkichlari. Populyatsiyalararo munosabatlarning har xil tiplari va klassifikatsiyasi kabilarni bilish, foydali populyatsiyalarni tabiatda ko’paytirish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish, zararli turlarini sonini cheklash muhim ahamiyatga ega.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning Populyatsiyalar ekologiyasi fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga ega. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar, preparat va jadvallardan foydalaniladi. Fanning o‘qitish turlari dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi. Shuningdek, yetarli bilim olishni ta’minlash maqsadida talabalarga mustaqil ish mavzulari ham beriladi. Fanni zamonaviy pedagogik texnologiyalar – «Klaster», «Bumerang», «Debash» va boshqalar tarzida o‘tish ko‘zda tutilgan. Ma’lumotlar ko‘rgazmali o‘quv qurollari, kodoskop, multimedia, mikroskop, total va kesmali preparatlar yordamida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |