Kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi populyatsiyalar ekologiyasi fanidan


Fan boyicha talabalarning bilim, malaka va ko’nikmalariga qoyilgan talablar


Download 0.53 Mb.
bet92/125
Sana31.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1143331
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   125
Bog'liq
Pop.ek. UMM-2022 (1)

Fan boyicha talabalarning bilim, malaka va ko’nikmalariga qoyilgan talablar
Populyasiyalar ekologiyasi fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- Hozirgi zamon ekologiyasining o’ziga xos tomonlari va muammolari. Ekosistemali yondashish, populyasiyali yondashish, strukturali va funksional yondashish, populyasiyani o’rganish xususiyatlari.
- Populyasiya tushunchasiga turli qarashlar. Populyasiyaga genetik va ekologik qarashlar. Hozirgi kunda populyasiya ta’rifi.
- Populyasiya tuzilmasi. Statistik va dinamik ko’rsatkichlar. Populyasiya soni va zichligi, populyasiya tuzilmasi, jins tuzilma, yosh tuzilma, invazion populyasiya, regressiv populyasiya, normal populyasiY.
- Populyasiyaning joyida taqsimlanish turlari: tasodifiy, bir tekis va notekis taqsimlanish, organizmlar taqsimlanishni tutib turuvchi mexanizmlar. Hayvon populyasiyasida maydonga oid munosabatlar. Shaxsiy maydon tushunchasi.
- Individlarning joy tanlash xususiyati, chegaralovchi omil, tarqalishning chegaralanganligi, joy tanlash, minimum qoidasi, chegaralovchi abiotik omil, chegaralovchi biotik omil, Libixning minimum qoidasi, yirtqichlik, raqobat, oziq yetishmasligi.
- Populyasiya dinamikasi populyasiyaning zamonda o’zgarish xususiyati ekanligi Asosiy dinamik kursatkichlar : tug’ilish, o’lim. Organizm hayotining davomiyligi yashab qolish egri chizig’i. Yashab qolish egrim chizig’ining tiplari.
Qoyilgan vazifalar o’quv jarayonida bakalavrlarning ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarida, internet ma’lumotlari bilan mustaqil ishlash va o’qituvchi kuzatuvda mustaqil ta’lim olishi bilan amalga oshadi.
fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Populyasiyalar ekologiyasi fanini o’rganishda zoologiya, botanika, genetika, biotexnologiya, matematika, ekologiya, fizika, kimyo, infarmasion texnologiyalar kabi fanlar tayanch bo’ladi va chambarchas bog‘liq.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Tabiatda modda va energiya almashinuvida populyatsiyalar ahamiyati. Ekologiyaga ekosistemaviy va populyasion yondashuv. Populyasiya tushunchasiga turli qarashlarni o’rganish. Populyatsiyalar mohiyati. Organizmlar populyatsiyalarining struktura va funksional xususiyatlari. Populyatsiyalar miqdori va zichligini aniqlash va ahamiyati. Populyatsiyalar taqsimlanish (xorologik) strukturasi va ahamiyati. Populyasiyaning makonda taqsimlanishni o’rganish. Populyatsiyalar yosh, jinsiy va generativ strukturasi. Populyatsiyalarda ichki munosabatlar. Populyatsiyalar ishlab – chiqarishi, statik va dinamik ko’ratkichlari. Populyatsiyalararo munosabatlarning har xil tiplari va klassifikatsiyasi kabilarni bilish, foydali populyatsiyalarni tabiatda ko’paytirish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish, zararli turlarini sonini cheklash muhim ahamiyatga ega.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling