Kimyo-biologiya fakulteti zoologiya kafedrasi populyatsiyalar ekologiyasi fanidan


Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish


Download 0.53 Mb.
bet94/125
Sana31.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1143331
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   125
Bog'liq
Pop.ek. UMM-2022 (1)

Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim etish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obyektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qullash: yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.
O‘qitishning usullari va texnikasi: ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, amaliy ishlar.
O‘qitishni tashkil etish shakllari: diolog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kolliktiv va guruh.
O‘qitish vositalari: O‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tenglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq, joriy va yakuniy nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘ulot bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tenglovchining birgalikdagi xarakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: O‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish va nazorat qilish. Kurs oxirida test topshiriqlarini yoki yozma ish variantlari yordamida talabalarning bilimlari baholanadi. Populyatsiyalar ekologiyasi fanini o‘qitish jarayonida axborot komunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo‘yicha talabalar bilimini baholash og‘zaki, yozma ish yoki test asosida o‘tkakziladi. Ayrim testlar kompyuter yordamida bajariladi. Internet tarmog‘idagi rasmiy saydlardan ham foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi. Test tizimi, og‘zaki, yozma hamda tayanch so‘z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o‘tkaziladi.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling