Kimyo darslarida qo’llash mumkin bo’lgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar


Download 33.66 Kb.
bet1/3
Sana26.01.2023
Hajmi33.66 Kb.
#1124279
  1   2   3
Bog'liq
Ermatova.Omm


KIMYO DARSLARIDA QO’LLASH MUMKIN BO’LGAN ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
Ermatova Muqaddas Musirmanqulovna
Toshkent viloyati Ohangaron shahar
1 – umumiy o’rta ta’lim maktabi kimyo fani o’qituvchisi
O’zbekiston maktablarida ta‘lim – tarbiya ishlari, pedagogik faoliyatning samaradorligi, ta‘sirchanligi o’qituvchilar, ota-onalar jamoasi, oilada shakllangan axloqiy munosabatlarga, muomala odobiga bog’liq. Muallim ta‘lim-tarbiya ishlari jarayonida o’quvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar bilan muomalada bo’ladi. Barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan o’quvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar muallimning har bir harakati, barcha ishlarini inson sifatida kuzatib boradi, his etadi, axloqiy jihatdan baholaydi, qabul qiladi yoki rad etadi. Xullas, ta‘lim-tarbiya ishlari-ning natijasi, o’qituvchi faoliyatining ta‘sirchanligi pedagogik jarayonda sodir bo’ladigan muomala odobiga, pedagogik jarayon ishtirokchilarining axloqiy-ruhiy holati, kayfiyatiga bog’liqdir
TARMOQLAR” metodi - o’quvchi-o’quvchini mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o’rgatishga qaratilgan. Bunga kalster, nilufar guli metodi, wenn, organayzerlar kiradi. Tarmoqlar metodining ko’proq oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlar, organik moddalar, spirtlar, uglevodlar, galogenlar, davriy sistema mavzularida qo’llash yaxshi natija beradi.

3x4” metodi - o’quvchilarni erkin fikrlashi, keng doirada turli g’oyalarni bera olishi, ta’lim jarayonida yakka, kichik guruh holda tahlil etib, xulosa chiqara olishi, ta’rif bera olishiga qaratilgan. Bu metodda o’quvchilar 3 yoki 4 guruhga bo’linadi. Mavzuga oid eng muhim tushunchalar beriladi. Tezkor savol javob aqliy hujum blits so’rov metodlarini qo’llash mumkin. Guruhlarda ishlash, sirli quti metodlaridan foydalanilsa bo’ladi. Bu ko’proq amaliy mashg’ulot masala yechish mavzularida qo’llansa juda yaxshi samara beradi. Sababi bu metodda o’quvchi faol ishlaydi. O’quvchilarga guruhlarga masalalar beriladi. Berilgan masalalarning guruhdagi har bir o’quvchi ishlab bo’lingandan keyin inobatga olinadi. Shunda barcha o’quvchi faollikda ishlaydi. Eng muhimi o’quvchilar hamkorlikda ishlaydi. Tushunmagan o’quvchiga ham mavzu mustaqil tushuntiradi. Bir – biriga o’rgatishadi.
Normal konsentratsiyaga doir masalalar ishlash.
1- misol. 48,8 g BaCl2∙2H2O kristallgidratini suvda eritib uning hajmi 500ml ga yetkaziladi. Hosil bo’lgan eritmaning normal konsentratsiyasini aniqlang.
Berilgan:
M BaCl2∙2H2O = 48,8 g;
V = 500 ml;
N = ?
Mr (BaCl2∙2H2O) = 244;
Yechish. Kristallgidratni ekvivalentini topib olamiz.
Mr (BaCl2∙2H2O) = 244,
Etuz = ga teng.
122 : 1 ekv = 48,8 : x;
x = ekvivalent.
BaCl2 ning ekvivalenti quyidagicha topiladi.
500 ml eritmada : 0,4 = 1000 : x1,
x1 = = 0,8 ekv.
Demak, eritmaning normalligi: CN = 0,8 ekv/l ekan.
Murakkab masalalarning ham o’quvchilar mustaqil ishlay olishadi.


Download 33.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling