Kimyo fani va uning vazifalari. Kimyoning biologiya, fizika va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi


Kovalent bog‘lanish turlari: qutbli va qutbsiz kovalent bog‘lanish


Download 0.75 Mb.
bet22/29
Sana21.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1640783
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
31 Kovalent bog‘lanish turlari: qutbli va qutbsiz kovalent bog‘lanish.
Kimyoviy birikmаlаr mоlеkulаsi hоsil bo`lishdа аtоmlаrаrо tа`sir etuvchi vа
ulаrni birgаlikdа ushlаb turuvchi kuchgа kimyoviy bоg’lаnish dеyilаdi2
.
Kovalent bog'lanish - bu metall bo'lmagan elementlarning ikkita atomini birlashtirib, molekula hosil qiluvchi kuch. Ushbu birikmaning asosiy jihati shundaki, atomlar o'zaro bog'lanish natijasida hosil bo'lgan molekulaning barqarorligiga erishish uchun elektronlarning juftliklarini o'zlarining eng yuzaki qatlamidan (valentlik qatlami deb ataladi) bo'lishadi.
Elementlarning barqaror konfiguratsiyaga erishish tendentsiyasi oktet qoidasi deb nomlanadi va bu kovalent bog'lanishlar va boshqa turdagi kimyoviy bog'lanishlarning (masalan, ionli) hosil bo'lishi uchun juda muhimdir.
Kimyoviy bog'lanishlarning 4 ta turi bor :
1. Kovalent bog’lanish 
2. Ion bog’lanish 
3. Metall bog’lanish 
4. Vodorod bog’lanish.
1) Qutbsiz kovalent bog'lanish - bir xil atomlar (yoki elektromanfiyliklari bir xil bo'lgan atomlar)ning elektron juft vositasida hosil qiladigan bog'lanishi.Elektron buluti fazoda ikkala atomning yadrolariga nisbatan simmetrik taqsimlanadi. Ularning elektromanfiyliklari farqi 0 < farq < 0,4 oralig'ida bo'ladi.Masalan : Cl : Cl (3 - 3 = 0) ; I2 ; N2 ; S8 ...
2) Qutbli kovalent bog'lanish - har xil elektromanfiylikka ega atomlarning elektron juft vositasidagi bog'lanishi. Elektron buluti nisbiy elektromanfiyligi katta elektron tomon siljigan bo'ladi. qutbli kovalent bog'lanishli moddalarda elektromanfiyliklar ayrmasi 0,432 Kovalent bog‘lanishning hosil bo‘lish usullari: toq elektronlarning juftlanishi va donor-aktseptor bog‘lanishning hosil bo‘lish mexanizmi.
Bir atomning elektron jufti hisobiga hosil bo’adigan ikkinchi tur bog‘lanishning donor-akseptor mexanizmi amalga oshganda o‘zaro bog‘lanuvchi atomlar bog‘ hosil qilishda bir xil hissa qo’shmaydi, atomlardan biri (donor) bog‘ hosil qilish uchun o‘zining taqsimlanmagan elektron juftini ikkinchi atomning bo‘sh orbitaliga uzatadi va buning natijasida, birinchi holdagi kabi, elektron jufti ikki yadroni bog‘lab turuvchi vositaga aylanadi.Bir atomning taqsimlanmagan elektron jufti va boshqa atomning valant (bo‘sh) elektron orbitali hisobiga hosil bo‘lgan bog’lanish donor-akseptor bog’ deb ataladi.Bunday bog‘lar hosil bo‘lishida akseptor vazifasini bajaradigan atomlaming tashqi valent elektronlarining soni orbitallar sonidan kam bo‘lishi (2-davr ele­mentlari uchun I—III guppa elementlari atomlarida), donor xossasiga ega bo’ladigan atomlarda valent elektronlar soni orbitallar sonidan ko‘proq (VA— VIIA gruppachadagi elementlar atomlari) bo‘lganda kuzatiladi. Kovalent bog’lanish juftlashmagan elektronlar hisobiga hosil bo’ladi. Qo’zg’almagan azot atomida 3 ta toq elektron bor.
┌─┬─┬─┐
N ─┼─┴─┴─┘
└─┘ 2p
2s
Demak, atomdagi juftlashmagan elektronlar hisobiga 3ta kovalent bog’ hosil bo’ladi. N 2 va NH3 molekulalarida azotning kovalentligi 3 ga teng.
.. ..
N : + 3H. = H:N:H
. .. 
H
Qo’zg’almagan uglerod atomida 2ta juftlashmagan elektron bo’lganligi uchun 2ta kovalent bog’ hosil qiladi.
┌─┬─┬─┐
┌─┼─┴─┴─┘
└─┘ 2p
2s
CO2 va CH4 larda uglerod atomi qo’zg’olgan holatga o’tganligi uchun 4ta kovalent bog’ hosil qiladi. Bunda bog’ hosil bo’lish jarayoni ko’p energiya ajralib chiqishi bilan boradi.
┌─┬─┬─┐ ┌─┬─┬─┐
S ┌─┼─┴─┴─┘ ------ S* ┌─┼─┴─┴─┘
└─┘ 2p └─┘ 2p
2s 2s

33 Ion, vodorod va metall bog‘lanishlar hamda ularning o‘ziga xosligi.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling