Kimyo fanidan mavzulashtirilgan test 1


Download 23.25 Kb.
Sana12.02.2023
Hajmi23.25 Kb.
#1191443
Bog'liq
test repetitor


Kimyo fanidan mavzulashtirilgan test


1. 189 g nitrat kislota va 94 g nitrit kislotadan iborat aralashmani miqdor yig'indisini (mol) toping.
A)2 B) 4 C) 5 D) 3
2. 39,2 g sulfat kislota va 68 g sulfid kislotadan iborat aralashmani miqdor yig'indisini (mol) toping.
A) 0,4 B) 2 C) 1,2 D) 2,4
3. Noma'lum gazning brom bug'iga nisbatan zichligi 4,25 ga teng. Shu gazning argonga nisbatan zichligi qanday?
A) 11,1 B) 12,8 C) 17,0 D) 10,3
4. Zichligi 1,34 gr/1 (n.sh.) bo'lgan gazning,0,25 moli necha gr keladi?
A) 7,5 gr B) 30 gr C) 5,36 gr D) 2,8 gr
5. 301 ta molekulasining massasi 2,3*10-20 gr bo'lgan modda formulasini aniqlang?
A) CO B)NO2 C)N2O . D) C2H6
6. Fosfor (III) oksid va fosfor (V) oksidlar qanday (mol) nisbatda olinganda ulardagi atomlar soni 5:1 nisbatda bo'ladi?
A) 5:1 B) 7:1 C) 4:1 D) 3:2
7. Necha gramm KCl tarkibidagi molekulalar soni 11,7 g osh tuzi tarkibidagi molekulalar soniga teng?
A) 16,2 B) 11,10 C) 14,9 ,D) 12,15
8. 7,1 g E2O5 tarkibli oksid 0,05 mol ekanligi ma'lum bo'lsa, uning absolut (g) va nisbiy molekular massalarini hisoblang.
A) 22,3*10-22 ; 140 B) 23,2*10-22; 142 C) 23,2*10-22; 140 D) 23,6*10-23; 142
9. Qanday hajmli (1, n.sh.) metan tarkibida 1,2*NA dona vodorod atomi mavjud?
A) 4,48 B) 6,72 C) 5,6 D) 8,96
10. Zaryadsiz nuklonlar soni barcha zarrachalarning 34,94% ini tashkil etadigan noma'lum element izotopi marganesning massasi 56 bo'lgan izotopiga izobar bo'lsa, noma'lum elementning neytronlar soni qancha?
A) 27 B) 26 C) 29 D) 28
11. Qaysi xollarda aralashmalar gomogen xususiyatga ega bo'ladi?
1) suv + kaliy oksid; 2) tuprok + ohak; . 3) kaliy permanganat + suv; V. 4) kremniy(IV) oksid + suv; 5) vodorod xlorid+suv.
A) 2,4 B) 1,3,5 C) 3,4 D) 1,2,5
12. Quyida berilganlardan qaysilari kimyoviy jarayon hisoblanadi? 1) yodning sublimatlanishi; 2) qaldiroq gazdan suv hosil bo'lishi; 3) ichimlik sodasining sirkada erishi; 4) havodan azot olish; 5) xlorofill donachalarida kislorod hosil bo'lishi; 6") kristall sodaning suvda erishi;
A) 3,4,6 B) 1,4,6 C) 2,3,5 D) 1,2,5
13. Keltirilgan oksidlar orasidan faqat amfoter oksidlarni aniqlang.
A) berilliy oksid, temir (III) oksid, alyuminiy oksid
B) litiy,oksid, kalsiy oksid, rubidiy oksid
C) azot (V) oksid, oltingugurt (IV) oksid, fosfor (III) oksid
D) kaliy oksid, xrom (III) oksid, brom (V) oksid
14. Quyidagi birikmalarning qaysi birida azotning oksidlanish darajasi noldan kichik bo'ladi? 1) litiy nitrid; 2) bariy nitrid; 3) azot (II) oksid; 4) ammiak; 5) nitrat kislo-ta; 6) azot(V) oksid;
A) 2,4,6 B) 1,2,6 C) 1,2,4 D) 1,3,5
15. Natriy sianiddagi elementlar oksidlanish darajalarining ketma-ketligini aniqlang.
A) +1; +4; -3 B) +1; +2; -4 C) +1; +2; -3 D) +1; +3; -3
16. Yuqori oksidlanish darajasi guruh raqamidan katta bo'lgan elementlarni aniqlang: .
A) Ca, Hg B) Cu, Au C) W, P D) O, F
17. Bura deb ataluvchi Na2B4O7*nH2O tarkibida borning massa ulushi 0,16 ga teng bo'lsa, n.ning qiymatini toping.
A ) 2 B ) 4 C ) 6 D ) 8
18. 0,015 mol Na2CO3-nH2O kristallogidrati tarkibida 1,53*NA dona proton mavjud bo'lsa, n ning qiymatini toping.
A) 8 B) 7 C) 5 D) 6
19. Al2(SO4)3-nH2O kristallogidrati tarkibidagi aluminiy va oltingugurtning massa ulushi 22,52% ga teng bo'lsa, n ning qiymatini toping.
A) 14 B) 16 C) 12 D) 18
20. Geliyga nisbatan zichligi 11 bo'lgan, tarkibida uglerod massa ulushi 50% dan yuqorini tashkil qilgan modda(lar)ni aniqlang. 1) karbonat angidrid; 2) azot(I) oksid; 3) propan; 4) etanal.
A ) 1,4 B ) 4 C ) 1,2 , 3, 4 D) 3, 4
21. K2SO4-Al2(SO4)3-nH2O,tarkibli kristallogidrat tarkibida' 66,2% kislorod bo'lsa, n ning qiymatini aniqlang?
A) 25 B) 23 C) 19 D) 21
22.Quyidagi qatorda elektrmanfiylik qanday o'zgaradi? K; Ca; Sc; Ti; V; Cr; Fe?
A) kamayadi B) ortadi C) avval kamayadi, so'ngra ortadi D) avval ortadi, so'ngra kamayadi
23. Davriy jadvaldagi o'rniga asoslanib, tegishli guruhchalardagi eng kuchli oksidlovchi elementlarni aniqlang. 1) neon; 2) kislorod; 3) litiy; 4) uglerod; 5) qalay; 6) xlor; 7) oltingugurt; 8) natriy; 9) ftor
A) 2,4,5 B) 1,3,6 C) 2,4,9 D) 1,3,8
24. Qaysi javobda elementlar atomlarining radiusi kamayib borishi tartibida joylashgan? . A) C, B, Be,F B) Sn, Ge, Si, C C) O, S, Se, Te D) Ca, K, Rb, H
25.Quyidagi javoblardan elementlar atom radiusi ortib borishi tartibida joylashtirilgan qatorni belgilang. 1) ftor; 2) berilliy; 3) azot; 4) kislorod; 5) bor; 6) uglerod.
A) 1,4,3,6,5,2 B) 2,5,6,3,4,1 C) 2,6,3,5,4,1 D) 1,4,5,3,6,2
26. Atomlarida elektron ko'chish kuzatilmaydigan elementlar qatorini belgilang.
A) texnetsiy, volfram B) mis, niobiy C) xrom,, molibden D) oltin, palladiy
27. Uchinchi energetik pog'onasida 11 ta, to'rtinchi energetik pog'onasida 2 ta elektroni mavjud element atomi yadrosida 27 ta neytron mavjud. Element izotopining nisbiy atom massasini toping.
A) 50 B) 51 C) 38 D) 40
28. 6d-pog'onachadan oldin qaysi energetik pog'onacha elektronlar bilan to'la boshlaydi? A) 5d B) 6p C) 5 p D) 5f
29. p va d pog'onalaridagi elektronlar soni teng bo'lgan elementni aniqlang?
A) Pd B) Xe G) Ba D) W
30. Germaniy atomida elektronlar bilan to'lgan energetik pog'onalarning soni nechta?
A) 3 B) 5 C) 6 D) 7
Download 23.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling