Kimyo fanining predmeтi va vazifalari. Uni fan sifaт


-mavzu: Eng muhim oksidlarni ishlatilishi


Download 0.73 Mb.
bet19/44
Sana23.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1393283
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
Bog'liq
7-sinf to\'liq savol va javob

43-mavzu: Eng muhim oksidlarni ishlatilishi.
1. Havoni massa jihatdan necha % CO2 gazi tashkil qiladi? J: 0,03%
2. Fotosintez deb nimaga aytiladi? J: xlorofil donachlari va quyosh nuri ta’sirida anorganik moddalarni organic moddalarga aylanishi va havoga erkin kislorodni ajralib chiqish jarayoni.
3. Quruq muzni formulasini ayting? J: CO2
4. Salqin ichimliklarni gazlashda qaysi oksiddan foydalaniladi? J: CO2
5. CO2 sanoatda qanday maqsadlarda ishlatiladi? J: kir soda (Na2CO3),Ichimlik sodda (NaHCO3)
6. SiO2 oksididan tibbiyotda qanday maqsadlarda qo’llaniladi? J: Ultrabinafsha nu bilan ishlovchi asboblar tayyorlashda
7. Kimyoviy shishalar tayyorlashda qaysi metallmasning oksididan foydalaniladi? J: SiO2
8. Kvars qaysi metalmasni birikmasi hisoblanadi? J: SiO2
9. Kvarslar qanday ko’rinishlarda o’chraydi? J: Ametist, sapfir, xalsedon, yoqut minerallari
10. Yarim o’tkazgichlar fizikasi uchun qaysi metallmas ishlatiladi? J: Si
11. Sundirilmagan ohakni formulasini ko’rsating? J: CaO
12. Sement qaysi metallning oksididan tayyorlanadi? J: CaO
13. To’proqning kislotaligi ortib ketganda qaysi metall oksidi ishlatiladi? J: CaO
14. Daraxtlar va boshqa o’simliklarni zararkunandalardan himoya qilishda qaysi metall oksididan foydalaniladi? J: CaO
15. Sulfat angidridini formulasini ko’rsating? J: SO3
16. Sulfat kislota ishlab chiqarishda oltingugurtni qaysi oksididan foydalaniladi? J: SO3
17. Avtomobilar akumlatori batareyalarida qaysi kislota bo’ladi? J: H2SO4
18. NO2 ni qanday yo’llar ilan olish mumkin? J: Sintetik
19. NO2 dan asosan sanoatda qanday modda olinadi? J: HNO3
20. Azotni qaysi oksidi qo’ngir rangli bo’ladi? J: NO2
44-Mavzu: Asoslarni tarkibi tuzilishi nomlanishi:
1. Asoslar deb nimaga aytiladi? J: Asoslar deb metall atomi va bir yoki bir necha gidroksoguruhlardan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi (ammoniy ioni — NH4+ va gidroksoguruhdan tashkil topgan modda ammoniy gidroksid NH4OH ham shu moddalar guruhiga kiradi).
2. Asoslarni umumiy formulasini ko’rsating? J: Asoslarning umumiy formulasi M(OH)n tarzida ifodalanadi: bu yerda M-metall atomi; n-metall atomining valentligi.
3. Asoslar qanday nomlanadi? J: Asoslarning nomi o‘zgarmas valentli metallar uchun «metall atomi nomi + gidroksid» shaklida yasaladi:
4. Agar metal atomi o’zgaruvchan bo’lgan asoslar qanday nomlanadi? J: Metall atomi nomidan so‘ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko‘rsatiladi va qavsdan keyin chiziqcha qo‘yiladi hamda gidroksid so‘zi yoziladi: “metall atomi nomi + (metall atomi valentligi rim raqamida) + [-chiziqcha] + gidroksid
5. Ca(OH)2 ushbu asosni nomlang? J: kalsiy- digidroksid, yoki kalsiy gidroksid
6. Bi(OH)3 asosni nomlang? J: Vismut(III)-gidroksid yoki vismut trigidroksid
7. Bariy gidroksid ni formulasini yozing? J: Ba(OH)2
8. Kaliy gidroksidini formulasini yozing? J: KOH
9. Kalsiy gidroksidni formulasini yozing? J: Ca(OH)2
10. Lantan gidroksidni formulasini yozing? J: La(OH)3
11. Quyidagi oksidlarga mos keluvchi asoslarni formulalarini va nomlarini yozing: CaO, Li2O, FeO, Al2O3
J: Ca(OH)2-kalsiy gidroksid, LiOH-litiy gidroksid, Fe(OH)2-temir(II)-gidroksid, Al(OH)3-gidroksid

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling