Kimyo-farmasevtika korxonalarida ishchi xodimlar gigiyenasi va toza xonalarga qo'yiladigan gigiyenik talablar


Download 95.62 Kb.
bet9/11
Sana16.06.2023
Hajmi95.62 Kb.
#1499697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kimyo

Cho‘tkalar va shvabralar
Toza zonalarda bunday vositalardan iloji boricha kam foydalaniladi, chunki ularni sterillash mumkin emas, ularni dezinfeksiyalash va tozalash esa ancha qiyindir. Shunga qaramay agar ulardan toza tozalarda foydalanilsa, ularning sintetik materiallardan (neylon) ishlanishi va zarrachalarni ajratmasligiga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Tozalovchi eritmalarni tayyorlash. Tozalash va dekontaminatsiya uchun eritmalarni tayyorlashni o‘qitilgan va tayyorgarlikdan o‘tgan xodimlar tasdiqlangan yozma yo‘riqnomalarga muvofiq bajaradi. Aks holda eritmaning samaradorligi kamayishi, cho‘kma tushishi bilan bog‘liq kontaminatsiya, operatorlar uchun xavf-xatar yuzaga kelishi ehtimoli ortadi. Tozalash va dekontaminatsiya uchun eritmalarni tayyorlash tozalash jarayoni boshlanishidan oldin, standart usulda va ortiqcha uzilishlarsiz bajarilishi juda muhimdir.

  1. Tozalanadigan xonalarga kirish

Agar tozalanishi talab etiladigan xonalar tayyorlash xonalaridan materiallar va xodimlar uchun shlyuzlar bilan ajratilgan bo‘lsa (masalan, “A” va “V” toifalar xonalari), ba’zi bir operatsiyalarni takrorlash kerak: reaktivlar eritmalarini o‘tkazish uchun -“Z - Ish qurollari va materiallarni shlyuzga olib kirish” qadami, xodimlarning kirishi uchun - “4 - Xodimlarning toza zonalarga kirishi” qadami. Tabiiyki, bu operatsiyalar eng yuqori tozalik toifalari uchun yo‘riqnomalarga muvofiq bajariladi. Agar tozalanishi talab etiladigan xonalarga kirish uchun shlyuzdan o‘tish kerak bo‘lmasa, hech bo‘lmaganda “oltin qoida”ga rioya qilish darkor: “Tozalash ishlari olib borilayotgan muhitni hech qachon ifloslama”.
Ortiqcha materiallar va yirik chiqindilarni yo‘qotish
Tozalash jarayonini boshlashdan oldin zonadan tozalashda ishlatilmaydigan barcha materiallarni, ish qurollarini va uskunalar qismlarini chiqarib tashlash kerak. bunday operatsiyaning sababi - barcha kontaminatsiya manbalarini minimallashtirishdan iborat. Ortiqcha yoki ishlatilmagan materiallar tegishli tarzda o‘raladi va qayta material shlyuziga olib chiqiladi. Bu materiallar keyinchalik yo‘q qilinadi yoki tegishli omborlarga joylashtiriladi. Asbob-uskunalarning barcha yechiladigan qismlari hamda alohida tozalashni talab qiladigan (masalan, yuvish mashinasidagi) yoki tozalash paytida shikastlanishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish qurollari material shlyuzi orqali maxsus xonalarga ko‘chiriladi. U yerda ular tozalanadi, dezinfeksiyalanadi va zarur hollarda sterillanadi. Yirik va qo‘pol chiqindilar (to‘kilib yoki sochilib ketgan mahsulot, konteynerlar, tiqinlar, shisha, mahsulot bo‘laklari, o‘rama materiallar, ish qurollari va h. k. ) tozalash protsedurasining keyingi bosqichi davomida yo‘q qilinishi kerak

Download 95.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling