Kimyo-farmasevtika korxonalarida ishchi xodimlar gigiyenasi va toza xonalarga qo'yiladigan gigiyenik talablar


Download 95.62 Kb.
bet7/11
Sana16.06.2023
Hajmi95.62 Kb.
#1499697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kimyo

Ichki muhit
Ichki muhitda birinchi galda orttirilgan tajribaga ko‘ra doim ifloslanish markazi bo‘lgan kritik nuqtalarga alohida e’tibor berish zarur. Ularga, odatda sanitar o‘tkazuvchilar, suvli joylar va shlyuzlar, yordamchi xonalar (hojatxonalar, omborxonalar, texnik xizmat ko‘rsatish joylari), tutash xonalar (koridorlar, omborlar) kiradi. Aynan shu xonalarga xodimlar kamroq e’tibor beradilar, GMP nozirlari esa, aksincha, katta ishtiyoq bilan o‘z nazorati ostiga oladilar. Albatta, asosiy e’tibor ishlab chiqarish xonalariga qaratilishi lozim.
Ichki jihozlar, mashinalar va asbob-uskunalar
Tozalashda tegishli e’tiborni toza zonalarning ichki jihozlariga ham qaratish kerak. Bu yerda ham asbob-uskunalarni, shu jumladan mashinalarni, ularni toza zonalarda qo‘llash sharoitlarini ta’minlash yoki texnologik uskunalarning o‘zi kontaminatsiya manbalari bo‘lmasligi nuqtai nazaridan to‘g‘ri tanlash omili muhim rol o‘ynaydi. Tozalash jarayonida quyidagi detallarga alohida e’tibor qaratiladi: mebelning alohida qismlari, yuvinish jo‘mraklari, rakvinalar, oqava quvurlari, kiyim-kechak, saqlovdagi xom ashyo va uning o‘ramalari, toza zonalarda ishlash qurollari, texnologik mashinalar va asbob-uskunalar. Barcha sanab o‘tilgan muhitlar, asbob-uskunalar va materiallar bo‘yicha SOPda kamida: tozalovchi va dezinfeksiyalovchi vositalar turi, tozalovchi va dezinfeksiyalovchi eritmalarni tayyorlash metodikasi, tozalash qurollari, dezinfeksiyalovchi vositalarning ta’sir qilish vaqti, xavfsizlik talablari aniqlashtirilishi lozim.
Xodimlar
Toza tozalarni yuqish, tozalash va sanitar ishlov berishni amalga oshiradigan operatorlar maxsus kiyim-boshni kiyish, toza zonalarda harakat qilish, tozalash va sanitar ishlov berish metodikasi, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muntazam treningdan o‘tkaziladi. Bunday operatsiyalarga ishlab chiqarish xodimlari jalb etilishi zarur, ammo tanlab olingan xodimlarning bilimi, sog‘lig‘i, xulq-atvorini tekshirish maqsadga muvofiq. Texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, shuningdek chet tashkilotlar xodimlari toza zonalar bo‘yicha qoidalar talablariga so‘zsiz bo‘ysunadilar. Texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar toza xonalarda alohida asbob-uskunalardan foydalaniladilar, bu uskunalar boshqa joylarda ishlatilmaydi. Bunday asboblar yuzasining yuqori sifatli ishlov berilishi dezinfeksiya va sterillashni olib borish imkonini beradi.

Download 95.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling