Kimyo-farmasevtika korxonalarida ishchi xodimlar gigiyenasi va toza xonalarga qo'yiladigan gigiyenik talablar


Download 95.62 Kb.
bet8/11
Sana16.06.2023
Hajmi95.62 Kb.
#1499697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kimyo

Tozalash vositalari va qurollari
Toza zonalarni tozalash va sanitar ishlov berish uchun faqat maxsus qurollardan foydalanish kerak, ularni tanlash va tayyorlashga yetarlicha e’tibor berilishi darkor. Bunday qurollar va vositalarni toza zonalardan boshqa joylarda ishlatish taqiqlanadi. Turli tozalik guruhlariga kiradigan zonalar uchun alohida vositalar ajratiladi (ayniqsa “A” va “V” guruhlari uchun).
Changyutgichlar.
Toza zonalarda changyutgichlar - juda samarali tozalash vositasi bo‘lib, ular muhit kontaminatsiyasining oldini olish maqsadida NERA filtrlariga ega bo‘lishi lozim. Filtrning butunligi va germetik montaj qilinganligi tekshiriladi. Bundan tashqari, changyutgichning konstruksiyasi tozalash va dezinfeksiyalash jarayonining oddiyligini ta’minlashi lozim.
Sig‘imlar.
Tozalovchi va dezinfeksiyalovchi reaktivlarni tayyorlash va ulardan foydalanish uchun silliq metall (yaxshisi zanglamaydigan po‘lat)dan ishlangan yoki plastikli sig‘imlardan (chelaklar va h. k. ) foydalaniladi. Yanada arzon plastik sig‘imlardan foydalanganda undagi mikroorganizmlar yig‘ilishi mumkin bo‘lgan yoriqlar yaxshilab tekshiriladi.
Butilka-pulverizatorlar.
Bunday idishlar odatda mexanik pompa yoki bosim ostidagi purkagi bilan ta’minlangan bo‘ladi. Asosan suyuqlikni devorlarga va ishchi yuzalarga purkash uchun ishlatiladi, ular keyin artib tashlanadi. Bunday idishlarning tozaligiga alohida e’tibor berish kerak.
Tashish uchun transport aravachalari.
Ish qurollarini tashish uchun transport aravachalaridan foydalanilsa, ular silliq yuzali metalldan (zanglamaydigan po‘lat) ishlangan bo‘lishi kerak. aravachalar konstruksiyasi uni tozalashni qiyinlashtirmasligi lozim.
Gubkalar, mochalkalar, shpatellar va matolar.
Bunday vositalar toza zonalarda ishlatish uchun maxsus ajratilgan maxsus materiallardan (mato bo‘lmagan materiallar, poliuretan penalar va h. k. ) tayyorlanadi. Bu materiallar toza zonalarni kontaminatsiyalashi mumkin bo‘lgan zarrachalarni ajratmasligi nihoyatda katta e’tibor berish lozim. Bunday ish qurollarining maydalanib ketmasligiga ham ahamiyat beriladi. Ular bir martalik va steril bo‘lishi tavsiya etiladi. Xuddi shunday, gubkalar va mochalkalar uchun ushlagichlar ham sterillanishi kerak. Aseptik xonalar uchun bu majburiy talabdir.

Download 95.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling