Kimyo korxonalarida kadrlar siyosati va uni darajasini oshirish yo’llari


Download 51.7 Kb.
bet1/5
Sana18.12.2022
Hajmi51.7 Kb.
#1031198
  1   2   3   4   5
Bog'liq
kadrlar siyosati. kurs. ishi





  1. Kimyo korxonalarida kadrlar siyosati va uni darajasini oshirish yo’llari.

Mundarija
Kirish
I Asosiy qism
1.1 Korxonada kadrlar siyosati tushunchasi
1.2. Kadrlar siyosati turlari

    1. Kadrlar siyosatining tuzilishi

    2. 1.4. Kadrlar siyosati va korxona strategiyasining o‘zaro
      aloqasi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


KIRISH
Har qanday zamonaviy korxonaning (tashkilot)ning boshqaruv
jarayonidagi asosiy vazifasi – yuqori malakali xodimlarni topish,
barcha xodimlarni yagona maqsadga chorlash va ruxlantirish, eng
yuqori ijtimoiy va iqtisodiy natijalarga erishish uchun ularni
jipslantirish, o‘zgaruvchan bozor munosabatlari sharoitida goho
keskin sur’atlarda rivojlanish, goho inqiroz mashaqqatlari sharoitidan chiqib ketish tadbirlarini qo‘llashni talab qiladi. Milliy
iqtisodiyotimizdagi ro‘y berayotgan innovatsion jarayonlar avvalo,
kadrlar siyosatida ham o‘zgarishlarni talab qiladi. Alohida qayd etish
lozimki, ushbu atama amaliyotda anchadan beri qo‘llaniladi, ammo
har bir korxonada (tashkilotda) uning ishlash tartibi qandayligi,
kadrlar siyosati o‘z ichiga olgan masalalar qay darajada olib
borilayotganligiga bog‘liq.
Aholini ish bilan ta’minlash biz uchun nafaqat iqtisodiy, ayni
paytda katta ijtimoiy ahamiyatga ega. Hokimlik, vazirlik va idoralar,
ish beruvchi tashkilotlar bilan bir qatorda bank muassasalarini ham
ishga yanada faol jalb etishi kerak. Aholi bandligini hal etishda
turizmni rivojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlarni ham ishga
solishimiz lozim1.
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanmaning tayyorlanish jarayonida
mehnat faoliyati vaqtida kadrlar xizmatlarining rahbarlari va mutaxassislaridan savolnoma asosida tahlil o‘tkazilgan, uning natijalariga
ko‘ra faqat 73 foiz mutaxassislar o‘zi ishlayotgan korxonaning
(tashkilot) kadrlar siyosatini aniq Tushunganligini ko‘rsatdi.
Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida kadrlar siyosatini
har bir korxonaning rahbari va kadrlar xizmatiga mas’ul bo‘lgan
shaxslar tomonidan ishlab chiqishi lozim. Afsuski, amaliyotda
korxonalar (tashkilotlar) rahbarlari kadrlar siyosatini ishlab chiqishda
shaxsan ishtirok etishmaydi va ko‘pincha kadrlar siyosatini ishlab
chiqish bilan faqat kadrlar bo‘limi boshlig‘i (yoki inspektor)
shug‘ullangan. Ko‘pincha korxonalarda (tashkilotlarda) mehnatga
haq to‘lash masalalari kadrlar siyosatida eng muhim o‘rinni
egallaganiga qaramay, mehnat va ish haqi bo‘limi boshlig‘i kadrlar
siyosatini ishlab chiqishga umuman jalb qilinmaydi Bu korxonalarda
(tashkilotlarda) rahbarlar kadrlar siyosatining muhimligini tushunmaganliklari yoki o‘z majburiyatlarini kadrlar xizmati xodimlari
zimmasiga yuklagan holda uning shakllanishi va rasmiylashtirlishiga
ma’muriy jihatdan umuman e’tibor bermasligidan dalolat beradi.
Korxonada kadrlar siyosatining eng muhim jihati rahbar
toifasidagi xodimlar zaxirasi bilan ishlashdir. Respublika korxonalarida (tashkilotlarida) xodimlarning kasbiy (professional) lavozimi
o‘sishi, xodimning kasbiy-ishchanligi hisobiga, uning mehnatini
baholash natijalariga asoslanadi.
Amalda esa O‘zbekistonning barcha korxonalarida xodimlarning kasbiy fazilatlarini maxsus baholash tadbirlari rasman o‘tkazilmaydi, Shuning uchun xodimlarning professional o‘sishi va
ma’muriy lavozimlarga ko‘tarilishi ko‘p hollarda tasodifan yoki
tanish-bilishchilik asosida amalga oshiriladi.
Amaliyotning ko‘rsatishicha, barcha korxonalarda, ayniqsa
xususiy sektorda ishlab chiqarish jarayonida kadrlar siyosati
tushunchasi va mohiyatini belgilashda yagona ilmiy asoslangan
tushuncha yo‘q. Ammo uning ishlab chiqilishiga yondashuvlar
xilma-xilligi iqtisodiyotimizni yanada rivojlanishi sharoitida uni
asoslash, qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishni taqozo etadi.
Korxonaga (tashkilotga) istiqbolli va doimiy tarzda samarali
iqtisodiy, ham ijtimoiy va psixologik osoyishta muhit yaratuvchi
omil - ishlab chiqilgan kadrlar siyosati hisoblanadi.
Hozirgi davrda kadrlar siyosatini har bir kompaniyadagi
muhim strategik resurslar hisoblangan mutaxassislar nafaqat bilishi,
tushunishi, balki so‘zsiz ijro etishi ham lozim. Buning uchun
kadrlar siyosati asosida korxonani qanday mohirona boshqara
olish kerak degan savolga bugun aniq javob berish mushkul,
sababi milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida aniq maqsadli
ishlab chiqilgan milliy kadrlar siyosati endi shakllanib kelmoqda.
Shunday ekan, mavjud mamlakat amaliyoti va xorijiy tajriba
asosida tayyorlangan mazkur o‘quv qo‘llanmada barcha soha
korxonalarida kadrlar siyosatini shakllantirish va rivojlantirish
bo‘yicha ishchan yondashuvlar o‘z ifodasini topgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanma Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning
ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazining 2017-
2020 yillarga mo‘ljallangan OT-F1-022-raqamli “Iqtisodiyotni
barqaror rivojlanishini ta’minlovchi ichki imkoniyatlarni aniqlash
va zahiralarni safarbar qilishning ilmiy-metodik asoslari”
mavzusidagi fundamental ilmiy loyihaning “Ta’lim va fan
integratsiyasi” doirasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini
ifodalaydi



Download 51.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling