Kimyo metallurgiya


Mehnat unumdorligining ko’rsatkichlari va uni oshirish yo’llari


Download 441.5 Kb.
bet6/7
Sana26.02.2023
Hajmi441.5 Kb.
#1232161
1   2   3   4   5   6   7
Mehnat unumdorligining ko’rsatkichlari va uni oshirish yo’llari.
Mehnat unumdorligi darajasiga baho berish uchun umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi ko’rsatkichlar tizimi qo’llanadi. Umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarga bitta ishlovchining ishlab chiqargan o’rtacha yillik, o’rtacha oylik, o’rtacha kunlik va o’rtacha soatlik mahsuloti qiymatining ifodasi kiradi. Xususiy ko’rsatkichlar-bu muayyan turdagi mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun vaqt sarfi yoki bir kishi kunida yohud bir kishi soatda muayyan turdagi natural ifodada mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan vaqtni bildiradi. Yordamchi ko’rsatkichlar  muayyan ish turining birligiga yoki vaqt birligi ichida bajarilgan ishlar hajmiga sarflangan vaqtni tavsiflab beradi.
Mehnat unumdorligining umumlashgan ko’rsatkichi bitta xodimning o’rtacha yillik mahsulot ishchilarning mahsulot ishlab chiqarishga emas, balki ularning sanoat ishlab chiqarish xodimlari umumiy sondagi salmog’igi shuningdek, ularning ishlagan kunlari va ish kunining qancha davom etishi (muddati) ga ham bog’liq bo’ladi.
Mehnat unumdorligini oshirishga quyidagi yo’llar bilan erishish mumkin:
a) korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan to’laroq foydalanish hisobiga mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish, chunki ishlab chiqarish hajmi oshganda, ish vaqti sarflanishining, faqat o’zgaruvchan qismi ko’payadi, doimiy esa o’zgarmasdan qoladi. Natijada, mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqt kamayadi;
b) mahsulot ishlab chiqarishni intensivlashtirish, uning sifatini oshirish, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni joriy etish, takomillashgan texnika va ishlab chiqarish texnologiyasini qo’llash, ishlab chiqarishni tashkil etish, moddiy texnika ta’minotini va tashkiliy-texnikaviy tadbirlar rejasiga muvofiq, boshqa omillarni yaxshilash hisobiga i shvaqtining bekor sarf bo’lishini qisqartirish yo’li bilan mahsulot ishlab chiqarishga mehnat sarflarini qisqartirish.
Sanoatda mehnat unumdorligini oshirish bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarish samaradorligining eng muhim ko`rsatkichi hisoblanadi, chunki ishlab chiqarish jarayonida material va pul harajatlarini tejash, shuningdek korxona va firma faoliyatini birmuncha yuksak pirovard natijalariga erishishiga sabab bo`ladigan omillaridan biridir.
Mehnat unumdorligining o`sishi deyilganda mahsulot birligi uchun sarf bo`ladigan ish vaqtini kamaytirish tushuniladi. Mehnat unumdorligi o`sishining iqtisodiy ahamiyati shundan iboratki, ishlab chiqarish hajmini os`ishida mahsulotlarga sarflanadigan harajatlarning kamayishida va xalq farovonligini yaxshilashda asosiy manba bo`lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi va milliy daromadning o`sishi ikkita omil ta`sirida amlga oshiriladi:
Birinchisi - ishlab chiqarishning moddiy doirasida ishlovchilar sonining oshishi bo`lsa, Ikkinchisi - mehnat unumdorligining o`sishidir.
Ishchilar mehnatining unumdorligi uch asosiy omilga bog`liq:
- korxonada ishlab chiqarish jarayonlarining savodli tashkil qilinishi;
- xodimlarning lavozim majburiyatlari qanchalik aniq ekanligi;
- xodimlarning malaka darajasi.
Ammo hatto barcha jarayonlar puxta tuzilgan, izohlangan va xodimlarda zaruriy tajriba va ko`nikmalar mavjud bo`lgan vaziyatda ham to`liq quvvat bilan ishlash oson kechmaydi.
Xodimlarni samarali is`lashga rag`batlantirish uchun ko`plab kompaniyalar ishbay ish haqi to`lashni qo`llaydilar. Biroq bunday tizim nafaqat muhim afzalliklarni ta`minlaydi, balki ma`lum kamchiliklarga ham ega. Korxona xodimlarga buyurtmalar hajmi yetarli bo`lmagan vaziyatda ortiqcha to`lovlar to`lamaydi, ammo masalaning bos`qa tomoni ham mavjud: har qanday vaziyatda ishlovchilar past haq to`lanadigan yoki umuman, daromad keltirmaydigan (misol uchun, ishlab chiqarish binosining qulay bo`lmaganligi tufayli) ishlarni unutgan holda eng katta naf keltiradigan ishlarni izlaydilar. Shu sababli an`anaviy yondashuv – ishbay ish haqi tamoyillari bilan cheklanmagan holda o`zining samarali ish haqi tizimini yaratish haqida o`ylab ko`rish ko`plab korxonalar uchun dolzarb masaladir.
Ish haqi tizimining nozik va ko`z ilg`amas jihatlari quyidagilardan iborat:
1-qadam. Ishlovchilarning joriy mehnat unumdorligini o`lchash. Korxonalarda ishlovchilar mehnat unumdorligini o`stirish zahiralari mavjudligini aniqlash uchun ma`lum etalonlarni joriy qilish zarur bo`ladi. Quyidagi bandlar yo`naltirish uchun shunday namuna bo`lishi mumkin:
- yaxshi ishlovchilarning erishgan natijalari;
- korxonada mehnat unumdorligining o`rtacha ko`rsatkichlari. Hisob-kitoblar uzoq muddatli ma`lumotlarga asoslanishi lozim;
- boshqa korxonalarda amal qiladigan ishlanmalar me`yorlari. Mazkur etalon o`z faoliyatini boshlayotgan yoki ilgari o`z statistikasini yuritmagan yangi korxonalar uchun tanlab olinadi.
Masalan, o`yinchoqlar ishlab chiqarish korxonasi faoliyatining yangi yo`nalish bo`yicha ish boshlashida (suvenir mahsulotlar ishlab chiqarish) mehnat unumdorligini o`lchashning ma`lum standart me`yorlari mavjud emas. Ularni mustaqil ravishda ishlab chiqishga to`g`ri keladi. Shu jumladan, xodimlar ish vaqtini hisobga olish bo`yicha blankalar shakllantirilishi, malakali mutaxassis ikki oy davomida turli operatsiyalarni ulardan har birining uzunligi ko`rsatilgan holda bajarishi mumkin. Mazkur ko`rsatkichlarga tajriba yo`li bilan harakat qilinar ekan, ularga erishishga shubha qolmaydi. Ular har bir bajariladigan operatsiya o`rtacha davomiyligini, bo`yoqlar va boshqa unsurlar sarfini aniqlash uchun asos bo`ladi. Korxonaning yangi ishchilari ham bir oy davomida o`z natijalarini ko`rsatgan holda shu singari blankalarni to`ldiradilar. Bu mehnat sarflarini kamaytirish imkonini beradi, deganidir. Agar ma`lum operatsiya uchun normativda ko`rsatilganidan ko`p vaqt talab qilinsa, usta tomonidan o`z noshirlari uchun qo`shimcha o`qishlar tashkil qilgan va ishning nozik tomonlarini bilgan xodim bilan bu masala to`liq hal qilingan. Bunday tadbirlardan keyin qoniqarli ko`rsatkichlarga erishgunga qadar yangidan hisobga olish blankalari yuritiladi.
Mehnat sarflarini kamaytirish orqali mehnat unumdorligini o`stirishda, sex xodimlarining tashqi reklamasini tashkillashtirish ham muhim o`rin tutadi. Bunday reklama odatdagi reklamadan tubdan farq qilib, bevosita ishlovchilar mehnatining sifati, xom -ashyo tejamkorligi, ish bajarish tezligi kabi ko`rsatkichlarini namoyish etishga qaratiladi.

5. Sanoat korxonalarida ish haqini tashkil qilish.

Aholi turmush darajasini oshirishni iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, jumladan sanoat korxonalarining samaradorligi oshirish bilan bog`lab o`rganishda mehnat unumdorligi va ish haqi to`lash o`rtasidagi mutanosiblikka e`tibor qaratish muxim ahamiyat kasb etadi.
Sanoat korxonalaridagi mexnat unumdorligi va ish haqi o`rtasidagi bog`iqlik to`g`risidagi nazariyalar turli ilmiy maktablar nomoyondalari tomonidan o`rganilgan. Bu to`g`risida iqtisodchi olimlar ta`kidlashlaricha "... har kim o`z mehnatiga yarasha rag`batlantirilishi zarur”
Ish haqi to`lashning mehnat unumdorligi bilan bog`iqligini asoslash maqsadida turli qo`shimcha to`lovlar, ustama, mukofot va boshqa to`lovlar to`lashni joriy qilish to`g`risida ko`plab fikrlar bildirilgan. Ish haqi to`lashning mehnat unumdorligiga asoslanishini ko`rsatib berish maqsadida ish haqini doimiy va o`zgaruvchan qismlarga ajratib, ular o`rtasidagi nisbatni ifodalovchi model ishlab chiqilgan. Bu modelga ko`ra ish haqining doimiy qismi mexnatning ma`lum natijasi uchun belgilangan bo`lib, qo`shimcha ish haqi mehnat unumdorligini oshirganlik uchun to`lanadi.
Mehnat unumdorligi va ish haqi o`rtasidagi bog`liqlik iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga ham ta`sir ko`rsatishi aniqlangan. Bir tomondan mehnat unumdorligini oshirmay turib ish haqini kupaytirib bo`lmaydi, boshqa tomondan ish haqi miqdori mehnat unumdorligiga bevosita ta`sir ko`rsatadi. Bu birinchi navbatda ishchilar ishdan keyin faqat o`zlarini qayta tiklab samarali mehnat qila olishiga asoslanadi.
Rivojlangan xorijiy davlatlardagi yirik sanoat korxonalarida unumdorlik me`yorlariga asoslanib ish haqini hisoblash ba`zi tarmoqlar uchun samarali bo`lishi mumkinligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Yirik korxonalar bir nechta bo`limlardan iborat bo`lib, har bir bo`limda mahsulotga yangi qo`shimcha qiymat qo`shiladi. Har bir bo`limning umumiy natijaga qo`shgan ulushiga mos keluvchi mehnat xarajatlari miqdorini belgilash va uning mehnat unumdorligi me`yorlariga mos kelishi lozimligi ko`rstib berilgan.
Mexnat unumdorligi me`yorlari har bir bo`limning ish sharoitlarini tahlil qilish asosida belgilanishi lozim. Ish haqini hisoblashda mehnat unumdorligi me`yorlarini belgilash korxonadagi ish haqi xarajatlarini tartibga soladi. Bunda korxona umumiy mahsulotiga qiymat qo`shuvchi har bir bo`limdagi ishlovchilariga turli xil ish haqi to`lanadi. Bunday holatda mehnat unumdorligi ko`rsatkichining o`rniga ish haqining qo`shilgan qiymatdagi ulushi ko`rsatkichini qo`llash lozim.
Sanoat korxonalarining iqtisodiy samaradorligi asosida aholi turmush darajasini oshirishda mehnat unumdorligining o`sib borish qonuni muhim omil hisoblanadi. Mehnat unumdorligining oshishi ma`lum vaqt mobaynida ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini oshirishni va uning xarajatlarini kamaytirishni ta`minlaydi. Sanoat korxonalarida mehnat unumdorligi oshishi mehnatning cheklangan mahsuldorligi kamayib borish qonuniga bog`iq holda ruy beradi. Sanoat tarmoqlarida turli mulkchilik shaklidagi korxonalarni tashkil etishda, tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishda mehnatning cheklangan mahsuldorligi kamayib borish qonuni albatta inobatga olinishi lozim.
Sanoat korxonalaridagi unumdorlik va ish haqi o`rtasidagi bog`liqlik quyidagicha ifodalanadi. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotning qiymat ko`rinishi yoki narx - mahsulot tannarxi va foydaning yig`indisidan iborat. Mahsulot tannarxi tarkibiga xom ashyo va material xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, ish haqi va boshqa xarajatlar kiradi. Foyda ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi, zaxira fondi, moddiy rag`batlantirish fondi va dvidendlarga taqsimlanadi. Bular aholi daromadlarini tashkil etadi.
Samarali faoliyat yuritadigan iqtisodiyotda ish haqi o`sishi mehnat unumdorligi o`sishiga mos bo`lishi kerak. Oxirgi 100 yilda rivojlangan davlatlarda unumdorlikning o`sishi o`rtacha 2,25 foizni, unga mos ravishda daromadlarning o`sishi taxminan 2 foizni tashkil etgan. Unumdorlik mahsulot uchun resurslar xarajati normasi kamayishini ham ifodalaydi. Resurslar xarajati normasi kamayishi bilan unumdorlik oshadi. Agar yangi texnologiyalar qo`llanilsa va mehnat, energiya, material xarajatlari normasi o`zgarmasa bu texnik va tashkiliy o`zgarishdan samara olinmaydi. Unumdorli qo`sishi doim resurslar xarajati normasi kamayishiga mos kelishi kerak. Mehnat normalari uchun bu holat shuni bildiradiki, oqilona tashkil etilgan ishlab chiqarishda normalarni bajarish koeffitsienti o`sib bormasligi kerak. Bu koeffitsient doim barqaror bo`lishi lozim. Samarali ishlaydigan korxonalarda ish haqining o`sishi unumdorlik o`sishiga va resurslar xarajati normasi kamayishiga mos kelishi kerak.
Unumdorlik o`sishi ishlab chiqarish normalari va resurs xarajatlari kamayishi natijasida ruy beradi. Resurslar xarajati kamayishini keltirib chiqaruvchi asosiy omil texnik taraqiyot hisoblanadi, u korxonada doimiy yangi mahsulotlarini o`zlashtirish, mahsulotlar sifatini oshirish, ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish, ularning faolligini rag`batlantirish orqali ta`minlanadi.
O`zbekistonda ish haqi to`lash bo`yicha oqilona siyosat olib borilmoqda. Ish haqi to`lashga doir qarorlarni qabul qilishda aholini ijtimoiy himoyalash masalasiga jiddiy ehtibor qaratilyapti. Inflyatsiya darajasidan kelib chiqib vaqt-vaqti bilan eng kam ish haqining miqdori oshirib borilmoqda. Lekin shunday bo`lsada, sanoat korxonalarida ish haqi to`lashda mehnat unumdorligi asosiy mezon bo`lishi kerak deb hisoblaymiz. Sanoat korxonalarida ish haqi to`lash va mehnat unumdorligi o`rtasidagi bog`liqlikni ta`minlash bo`yicha quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni taklif etamiz:
- korxonalarda mehnat unumdorligi va ish haqi to`lash o`rtasidagi bog`liqlikni ifodalovchi ko`rsatkichlarni hisoblab borishni yo`lga qo`yish va bu orqali mehnat unumdorligi va ish haqi o`rtasidagi barqaror bog`liqlik ta`minlanishi kerak;
- davlat statistika organlari tomonidan unumdorlik va ish haqi o`rtasidagi bog`liqlikni ifodalovchi hisobot shakli ishlab chiqilishi va korxonalar bu hisobot shaklini topshirib borishi lozim;
- sanoat korxonalarida unumdorlikni oshirganlik uchun ish haqini oshirib borish tizimini amalga oshirilishi mamlakatimizda sanoat korxonalari samaradorligi oshishiga va ishchilarning ish haqi asosli ravishda to`lanishiga olib keladi hamda sanoat korxonalarining iqtisodiy samaradorligi asosida aholi turmush darajasi oshib boradi.
Mehnatga haq to`lash xodimlarning bajargan ishi miqdori va sifatiga muvofiq holda ularning shaxsiy moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun rejali tartibda davlat tomonidan o`rnatilardi.
Hozirgi paytda ish haqi xodimlarni mehnatga va uning yakuniy natijalari uchun taqdirlash sifatida paydo bo`lgan ish kuchi bahosining pul shakli ifodasi tarzida belgilanmoqda. Mehnat bozoriga nazar tashlaydigan bo`lsak, ish kuchining sotuvchisi (mehnat qiluvchi) va ish kuchini sotib oluvchi (ish beruvchi) u yerda munosabatga kirishadi va ish kuchining bahosini belgilashadi, keyinchalik bu baho mehnat shartnomasida mustahkamlanadi.
SHuningdek, ish haqi iqtisodiy va huquqiy kategoriya sifatida bir-biridan farqlanadi. Mehnatga haq to`lashning huquqiy mazmuni iqtisodiy faktorlar bilan aniqlanadi va mehnat bozori sharoitida shakllanadi. Ish beruvchi sifatida kelib chiqishidan qathi nazar ular o`rtasida kelib chiqadigan munosabat ishga yollash hisoblanib, u o`zida fuqarolarga o`z ish kuchlarini taqdim etish hisobiga muayyan pul summasiga almashtirishni ifodalaydi. Uning miqdori mehnat natijasiga bilvosita aloqador bo`lgan ishchi kuchining narxi bilan belgilanadi. Biroq keyinchalik ishlab chiqarish jarayonida mehnat haqining miqdoriga albatta mehnat natijasi ta`sir qiladi. Iqtisodiy kategoriya sifatida ish haqi manbani aniqlaydi, ya`ni u qayerdan to`lanadi, ayni paytda xodimlarning ijtimoiy mahsulot taqsimlanishida ishtiroki usullarini belgilaydi.
Ushbu belgilash bilan mehnatni taqdirlash shakli sifatidagi ish haqining asosiy farqlovchi belgilari ko`rsatilgan. Bu belgilar quyidagilar: korxona, tashkilot, muassasa xodimlariga ish haqini to`lash majburiyati va shunga muvofiq topshirilgan ish, mehnat majburiyatlari bajarilganda xodim o`ziga haq to`lashni talab qilish huquqi; haq to`lash hajmini mehnatning miqdori va sifatiga muvofiq holda belgilash; ish haqini oldindan o`rnatilgan norma bo`yicha to`lash, ya`ni ish haqining kafolatlanganlik sharti.
Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o`rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo`lishi mumkin emas va uning eng ko`p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.

Ishchilar mеhnatiga haq to`lash-bu mеhnat rеsurslarini bahosi bo`lib, u muhim darajada sarflangan mеhnat soni va sifati, mеhnatga talab va taklif, mujassamlashgan aniq konyuktura, hududiy tomonlar, qonuniy mе'yorlar kabi sof bozor omillari ta'siri asrsida ishchi kuchi narxini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyoti, bozordagi ishchi kuchlari soni, hududiy joylashgan mеhnat rеsurslari, qaеrda unga talab bo`lgan, va qaysidir joylardagi ortiqcha taklif sеzilayotganini aniqlash mеhnatni markazlashtirishni talab etadi. Komplеks barcha bunday omillar, aniq mеhnatga haq to`lashda ishlatiladi. Bozor sharoitida mеhnatga haq to`lash bir qancha holatlarga asoslangan. Shuningdеk, istе'molchini talabi va konyukturasi holati ishchi omil, qaysiki jamoa va aloxida ishchi daromadi darajasini bеlgilaydi. Bunday holat ishlab chiqaruvchilarni ko`paytirish o`rniga iqtisodiy ma'suliyat va yaratilgan mahsulot natijalarini uning sifat darajasi va bahosi xalqni kеng talabiga bog`liqligini oshiradi. Bozor sharoitida ishchi kuchlarini harakati kuchayadi. Korxona faoliyati o`zgaradi, sababi bozorda barcha yangi-yangi tovar nomеnklaturasi va sifatiga talablarni kuchayadi, bir-xil ishlab chiqarish yo`qoladi, boshqalari dunyoga kеladi. Unchalik zarur bo`lmagan omillar migratsion jarayonlar sodir bo`lib boradi. Turli mulkchilikdagi korxonalarda ko`p tarqalgan 2 xil shakldagi mеhnatga haq to`lash mavjud, jumladan:
Ishbay-mahsulotni har-bir birligiga yoki bajarilgan ish hajmiga to`lov tushuniladi.
Vaqtbay- ishlagan vaqtga to`lov, kalеndar kunga emas, mе'yorga, qaysiki, tarif tizimi asosida ish haqi to`lash tushuniladi.
Ishbay m
еhnatga haq to`lashni sharoitlari quydagilardan iborat:
-ishlarni sonli ko`rsatkichlari mavjud, qaysiki bеvosita aniq ishchiga bog`liq bo`lganda;
-bajarilayotgan ish hajmini aniq o`lchov imkoni bor bo`lganda;
- ishchini aniq ishlab chiqarish uchastkasida rag`batlantirish, kеyinchalik mеhnat unumdorligi yoki bajarayotgan ish hajmini oshirish zaruriy muhim bo`lsa;
-mеhnatni tеxnik mе'yorlash imkoniyati bo`lsa qo`llaniladi.
Quyidagi holatlarni yuzaga k
еlishida, mеhnatga haq to`lashning ishbay usulidan foydalanib bo`lmaydi:
- mahsulot sifati pasayishiga olib kеlsa;
- tеxnolgik rеjim buzilishiga olib kеlsa;
- qurilmaga xizmat ko`rsatishni yomonlashtirsa;
- tеxnika xavfsizligi qoidalarini buzsa;
- xomashyo va matеriallarni ortiqcha sarflanishiga olib kеlsa. Vaqtbay mеhnatga haq to`lash shartlari:
- mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirishning imkoniyatlari mavjud emasligi;
- ishlab chiqarish jarayoni qattiq taqiqlab qo`yilganligi;
- ishchining asosiy funktsiyasi tеxnologik jarayonni nazorat qilish bilan chеgaralanadi;
- qattiq bеlgilangan rеjim asosida ishlab chiqarishning konvеir va potok usulari harakat qilishi;
- mahsulot ishlab chiqarishni ko`payishi sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishga olib kеlsa.
Vaqtbay m
еhnatga haq to`lashni qo`llash sharoitlari quydagilardan iborat:
-mahsulot ishlab chiqarishni oshirish imkoni yo`qligida;
-joriy qattiq rеglamеntlangan ishlab chiqarishda;
-ishchini vazifasi tеxnologik vazifani kuzatish bilan jamlansa;
Bozor sharoitida qattiq rеglamеnt yo`q, qaysiki rеjali iqtisodiyot uchun haraktеrli bo`lgan, shuning uchun tadbirkor korxona rahbari har kanday mavjud bo`lgan mеhnatga haq to`lash holat (variant)lari, qaysiki ko`proq darajada korxona maqsadiga mos tushsa qo`llash mumkin. Ishchilarga ish haqi to`lashda bir qator tizimlardan foydalaniladi.
Vaqtbay ish haqi to`lashda ishchini ish soatiga qarab pullik rag`batlantiriladi, biroq bu ish turi oddiy yoki murakkab kam va yuqori malakali mеhnat bo`lgani uchun mеhnatni mе'yorlash kеrak, qaysiki bu tarif tizimi yordamida amalga oshiriladi .
Boshlang`ich baza qilib eng past tarif stavkasi yoki birinchi tarif razryad stavkasi olinadi. U o`ta oddiy bo`lgan mеhnat darajasiga qarab aniqlanadi. Tarif stavkasi soatli va kunlik bo`lishi mumkin.
Tarif stavkasi – bu malakasiga, darajasiga qarab mеhnatga haq to`lashning tashkil etishda foydalaniladi. Tarif razryadlari va ularga mos tarif koeffitsiеntlari to`plamidir. Tarif stavkasi mеhnatga haq to`lashni malaka darajaga bog`liq bo`lgan nisbiylikni yo`qotish uchun xizmat kiladi.
Bu tarif razryadlar to`plami va ularga mos kеluvchi tarif koeffitsiеnti orqali amalga oshiriladi.


6. Ishlab chiqarish resurslarining o`zaro ta`sir mexanizmi.

Ishlab chiqarishning moddiy mazmunini mehnat jarayoni tashkil etadi. Mehnat jarayonida inson o`zining maqsadiga muvofiq ongli faoliyati orqali (bu mehnat deb ataladi) tabiat moddalari yoki ashyolarni jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun zarur mahsulotlarga (yoki xizmatlarga) aylantiradi. Mehnatni amalga oshirish uchun inson muayyan jismoniy va aqliy qobiliyatlarga, bilim, malaka va ko`nikmalarga ega bo`lishi lozim. Insonning mehnat qila olish qobiliyati ishchi kuchi deb ataladi. Mehnat insonning ajralmas xususiyati bo`lganligi uchun nazariyada va amaliyotda mehnat qilish qobiliyatiga ega bo`lgan kishilar yig`indisini mehnat resurslari deb yuritiladi. Mehnat resurslari ishlab chiqarishning shaxsiy o mili yoki inson omilini tashkil etadi.
Mehnat jarayonida foydalaniladigan vositalar (birlamchi tabiat moddalari va qayta ishlangan tabiat moddalari) hamda mehnat jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan moddiy shart-sharoitlar ishlab chiqarishning buyumlashgan yoki moddiy omilini tashkil etadi. Birlamchi tabiat moddalari ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishda eng birinchi moddiy manba bo`lib xizmat qiladi. Biroq, ishlab chiqarish rivojlana borishi bilan kishilar tabiat moddalariga bir marta ishlov berish bilan kifoyalanmasdan, ularga qayta va qayta ishlov beradilar. Ishlab chiqarishning tabiat tomonidan yaratilgan shart-sharoitlariga qo`shimcha ravishda kishilar mehnati bilan ham ishlab chiqarishning yanada mukammalroq moddiy shart-sharoitlari vujudga keltiriladi. Ishlab chiqarish moddiy omilini ta`riflash uchun hozirgi zamon nazariyachilari ishlab chiqarish vositalari tushunchasidan foydalanadilar (ko`p hollarda “kapital” atamasi ham qo`llaniladi).
Ishlab chiqarish vositalari mehnat buyumlaridan va mehnat vositalaridan iborat. Mehnat buyumlariga ishlab chiqarish jarayonida ishlov beriladi. Ular ilgari inson mehnati ta`sirida bo`lmagan tabiiy resurslardan yoki inson mehnati natijasi bo`lgan moddiy ashyolardan iborat bo`lishi mumkin. Mehnat vositalari esa mehnat qurollariga (ishlab chiqarish qurollariga) va mehnatning moddiy sharoitlari bo`lib xizmat qiluvchi vositalarga bo`linadi. Mehnat qurollari albatta inson mehnati bilan yaratiladi.
Hozirgi zamon iqtisod fani ishlab chiqarish omili deb ishlab chiqarish natijalarini belgilab beruvchi ob`ektlar, elementlar yoki shart-sharoitlarni tushunadi. Ishlab chiqarish omillari to`rt asosiy guruhga bo`lingan holda tahlil qilinadi: yer, kapital, mehnat va tadbirkorlik qobiliyati.
Yer tabiiy omil sifatida qaraladi. U inson faoliyatining mahsuli emas, balki tabiatning in`omidir. Omillarning yer deb nomlanadigan guruhiga barcha tabiiy boyliklar, foydali qazilmalar konlari, ishlov berilayotgan yerlar, o`rmonlar kiradi.
Kapital ishlab chiqarishning omili sifatida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan ne`matlarning yig`indisidan iboratdir. Ularga as bob-uskunalar, mashinalar, binolar, omborlar, transport kommunikatsiyalari, aloqa vositalari va boshqalar kiradi. Keng ma`noda olib qaralganda, moddiy kapital tushunchasi o`z tarkibiga xomashyo va materiallarni ham olsa-da, tadqiqotchilar kapital tushunchasini ishlab chiqarishda ko`p marta ishga solinadigan moddiy elementlar bilan cheklaydilar. Fanda tadbirkorlik faoliyatida ishga solinayotgan pul mablag`lari ham kapital deb ataladi. Nazariy ma`noda esa pul to`g`ridan-to`g`ri ishlab chiqarishda uning omili sifatida ishtirok eta olmaydi. Shuning uchun nazariy ma`noda qo`llanayotgan kapital tushunchasini pul mablag`larini ham o`z ichiga oladigan amaliy xo`jalik faoliyatidagi kapital tushunchasidan farqlash uchun moddiy kapital atamasidan foydalanadilar. Moddiy kapitalning texnik holati va darajasi ishlab chiqarish samaradorligiga juda kuchli ta`sir etadi va uning samaradorligini belgilab beradi.
Tovar va xizmatlarni yaratishda ishga solinadigan insonning aqliy va jismoniy qobiliyatlari mehnat omilini tashkil etadi. Qobiliyatlar yig`indisi xodimning ma`lumot darajasi, kasbiy ta`lim egallaganligi, ko`nikmalari, jismoniy salohiyati va boshqa xususiyatlari bilan belgilanadi, Bularning hammasi zamonaviy fanda inson kapitali tushunchasi bilan ifodalanadi. 
Xodimning yuqori malakasiga, yuksak mehnat qobiliyatiga erishish uchun uni o`qitish va tarbiyalash lozim. Demak, mehnat omilini yaratish uchun ham moddiy kapital talab etiladi. Xodimni tayyorlash uchun yo`naltirilgan xarajatlarning natijasi sifatida mujassamlashgan shaxslar inson kapitali bo`lib maydonga chiqadilar. Inson kapitaliga investitsion qo`yilmalar hozirgi paytda eng samarali va o`zini eng tez oqlaydigan qo`yilmalar hisoblanadi.
Tadbirkorlik qobiliyati ishlab chiqarishning o`ziga xos omili bo`lib, insonning ishlab chiqarishning boshqa omillarini muayyan kombinatsiyalarda va usullarda birlashtira olish qobiliyatini bildiradi. Bu qobiliyat tadbirkorda mujassamlashadi hamda inson kapitalining alohida turidir. Tadbirkorlik qobiliyati insonda o`z-o`zidan paydo bo`la olmaydi, u insonga tadbirkorlik uchun zarur bilimlar va ko`nikmalarni singdirish yo`li bilan hosil qilinadi. Tadbirkorlik faoliyati insonning shaxsiy fazilatlariga ham bog`liq, chunki ishlab chiqarishni tashkil etishda tadbirkorlik, topqirlik va oqilona tavvakkalchilik talab etiladi. O`z mazmuniga ko`ra tadbirkorlik faoliyati inson mehnatining o`ta yuqori malaka talab etuvchi turidir. Tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish omili sifatidagi ahamiyati, ayniqsa, bozor munosabatlari sharoitida ortadi. Chunki bozor sharoitida ishlab chiqarish kuchli raqobat mavjud bo`lgan vaziyatda olib boriladi, tijorat tavakkalchiligi asosida mahsulot yangi turlarini ishlab chiqarishga, yangi texnologiyalardan foydalanishga, resurslarni raqobat orqali qo`lga kiritishga to`g`ri keladi.
Shu bilan birga, ishlab chiqarish omillari ma`lum chegaralarda bir-birining o`rnini bosishi ham mumkin. Muayyan hajmdagi tovarni ishlab chiqarishga yuqorida ko`rsatib o`tilgan omillarning turli-tuman nisbatlarda bir-biriga qo`shilishi natijasida erishilishi mumkin. Omillarning bu xildagi o`zaro o`rinbosarligi iqtisodiyotning ko`plab sohalari uchun xos. Tadbirkor ishlab chiqarish texnologiyasini tanlashda muayyan resurslarning kamyobligini e`tiborga oladi va shu resurslar o`rniga boshqalaridan foydalanishga intiladi.


Xulosa
Korxonalarning kerakli mehnat resurslari bilan yetarli darajada ta’minlanishi, ulardan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligining yuqori darajada bo’lishi, mahsulot hajmini ko’paytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun katta ahamiyatga egadir. Xususan, barcha ishlarning hajmi va o’z vaqtida bajarilishi, asbob-uskunalar, mashinalar, mexanizmlardan foydalanish samaradorligi va buning natijasi sifatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi va boshqa bir qator iqtisodiy ko’rsatkichlar korxonalarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligiga va ulardan samarali foydalanishga bog’liqdir. Tahlil qilishning asosiy vazifalari quyidagilardir:-korxona va uning tarkibiy bo’linmalarining, shuningdek, toifalar va kasblar bo’yicha mehnat resurslari bilan ta’minlanganligini o’rganish va unga baho berish;-kadrlar ko’nimsizligi ko’rsatkichlarini aniqlash va o’rganish;-mehnat resurslari zahiralarini aniqlash, ulardan yanada to’laroq va samaraliroq foydalanish. Mehnat resurslari sifat tarkibini malaka bo’yicha tahlil qilish zarur. Xodimlarning malaka darajasi ko’p jihatdan ularning yoshiga ish stajiga, ma’lumotiga va hokazolarga bog’liqdir. SHu sabali, tahlil jarayonida ishchilarning yoshi, ish staji, ma’lumoti bo’yicha o’zgarishlar o’rganiladi. Inson har doim farovon yashashga intilib kelgan. Buning uchun esa mahsulotlarni va xizmatlarni ko`plab va sifatli ishlab chiqarish zarur. Resurslar kamyob bo`lganidan ularni tejab-tergab ishlatish lozim. Bu esa o`z navbatida mehnat unumdorligini (Mu) ni oshirishni talab qiladi. Aholi turmush darajasini oshirishni iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, jumladan sanoat korxonalarining samaradorligi oshirish bilan bog`lab o`rganishda mehnat unumdorligi va ish haqi to`lash o`rtasidagi mutanosiblikka e`tibor qaratish muxim ahamiyat kasb etadi. Mehnat unumdorligini oshirish jamiyat uchun juda muhimahamiyat kasb etadi. Chunki mehnat unumdorligini o‘stirish orqaliiqtisodiy mo‘l-ko‘llik, farovonlik, ijtimoiy barqarorlikka erishishmumkin. Mehnat unumdorligi alohida iqtisodiy kategoriya hisob-lanadi. Mehnat unumdorligini o‘sishiga bir qator omillar ta’sirqiladi. Ana shu omillarning eng muhimi, bizningcha, jamiyatdaunumli mehnatni taqdirlash, rag‘batlantirish, ishlash uchun yaxshiqulay sharoitlar yaratib berishdir. Bozor iqtisodiyoti xuddi anashunday muhitni yaratadi, har bir ishlovchi iqtisodiy-ijtimoiy hayotiuning unumdorligiga bog‘liq qilib qo‘yiladi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchi kuchining sifat ko‘rsatkich-laridan biri, bu uning tadbirkorlik qobiliyati hisoblanadi. Bu alo-hida, o‘ziga xos sifat jihati ishchining ishlab chiqarishdagi tashab-buskorligi, izlanuvchanligi, innovatsion fikrlashi, yangilik yaratishi,o‘z ishiga fidoyi bo‘lishi, kezi kelganda tavakkalchilik qilishi kabi-larda ifodalanadi. Ishchi kuchining bu sifatlari ishlab chiqarishningboshqa barcha omillaridan samarali foydalanish imkonini beradi.





Download 441.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling