Kimyo-metallurgiya


Download 425.07 Kb.
bet1/2
Sana10.03.2023
Hajmi425.07 Kb.
#1257482
  1   2
Bog'liq
kimyo sanoati


NDKI
“KIMYO-METALLURGIYA” fakulteti
25-19 IQ guruhi talabasi
Xolmurodov Asliddinning
Mehnat iqtisodiyoti fanidan
tayyorlagan prezentatsiyasi
MAVZU: Kimyo sanoatining mamlakat miqiyosidagi o’rni
Kimyo sanoati O'zbekiston iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlar sirasiga kiradi va qishloq xo'jalik ishlab chiqarishni jadallashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqib mineral o'g'itlar chiqaruvchi korxonalarni qurish orqali tashkil topgan.
Respublikaning zamonaviy kimyo sanoati tarixi Shorsuv oltin gugurt koni 1932 yilda ishga tushirilishi bilan boshlanadi.
1940 yilda kimyo sanoatining eng yirik korxonasi — Chirchiq elektrkimyo kombinati (bugungi kunda «Maksam-Chirchiq» AJ) ,1962 yilda Farg'ona azotli o'g'itlar zavodi(bugungi kunda «Farg'onaazot» AJ,1964 yilda navoiy kimyo kombinati (bugungi kunda «Navoiyazot» AJ) mahsulot bera boshladi. 1969 yilda Olmaliq kimyo zavodi (bugungi kunda «Ammofos» AJ) ishga tushirildi
Hozirgi vaqtda «Maksam-Chirchiq», «Navoiyazot» va «Farg'onaazot» aksiyadorlik jamiyatlar azotli o'g'itlar — ammiakli selitra, karbamid, ammoniy sulfati ishlab chiqaradilar.
«Ammofos», «Samarqankimyo» va «Qo'qon superfosfat zavodi» ochiq aksiyadorlik jamiyatlar fosforli o'g'itlar — ammofos, suprefos, oddiy ammoniyli superfosfat, ammoniysulfofosfat va nitrokaltsiyfosfat — ishlab chiqaradilar.
Ularni xom ashyo bilan Qizilqum fosforit kombinati ta'minlaydi.
«Elektroximzavod» QK-AJ o'simliklarni muhofaza qilish kimyo vositalarni ishlab chiqaradi.
Kompaniya korxonalarini ishlab chiqaradigan mahsulotlar turlaridan kelib chiqib quyidagi ishlab chiqarish majmualarga bo'lish mumkin:
  • mineral o'g'itlar, noorganik moddalar va energetika, oltinkon va kimyo sanoatlari uchun kimyo reagentlar ishlab chiqarish majmuasi;
  • organik kimyo, sun'iy tola va polimer materiallar ishlab chiqarish majmuasi;
  • o'simliklarni muhofaza qilish kimyo vositalari ishlab chiqarish majmuasi;
  • kaltsiylashtirilgan soda ishlab chiqarish majmuasi.

  • «O'zkimiyosanoat» AJ korxonalari 170-dan ortiq kimyo mahsulotlar turlari ishlab chiqariladi.

O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanishi ko‘p jihatdan ustuvor sohalarni, jumladan kimyo, biokimyo, gaz va neft-kimyo sanoati taraqqiyotiga bevosita bog‘liqdir.
Shu sababli, kimyo sanoati salohiyatini yaqin 3 — 5 yil davomida barqaror o‘sish dinamikasini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda turli islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-son qaroriga muvofiq:
Kimyo sanoatini transformatsiya qilishning quyidagi uzoq muddatli asosiy muhim yo‘nalishlari belgilansin:
1.texnologik transformatsiya — mahalliy xomashyodan yarim tayyor mahsulotlarni, shu jumladan organik sintez va nanotexnologiyalar orqali ishlab chiqarishning yangi quvvatlari negizida xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan ko‘p pog‘onali qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish. Bunda, qayta ishlanmagan xomashyo (tabiiy gaz, sanoat tuzlari, paxta sellyulozasi, sirka kislotasi va boshqalar) resurslarini mamlakat hududida chuqur qayta ishlashni tashkil etish orqali ularni xomashyo sifatida eksport qilinishini bosqichma-bosqich qisqartirish;
2.xo‘jalik munosabatlari tizimini transformatsiya qilish — birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan kimyo sanoati korxonalari o‘rtasidagi munosabatlar sohasida davlat tomonidan aralashuvga chek qo‘yish va eskicha reja-taqsimlash tizimidan batamom voz kechish;
3.mulkiy munosabatlar tizimini transformatsiya qilish — sohada yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga xususiy kapitalni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali kimyo korxonalarida davlat ulushini keskin kamaytirish va kimyo sanoati korxonalarini xususiylashtirish, shuningdek, korxonalar faoliyatiga davlat hokimiyati organlari aralashuvining oldini olish;
4.raqamli transformatsiya — moliyaviy, moddiy va kadrlarga oid resurslar harakatini boshqarish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni markirovkalash, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida buxgalteriya hisobini yuritish tizimlarini joriy etish uchun sohaga zamonaviy dasturiy ta’minot tizimlarini tatbiq etish;
5.ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi munosabatlar transformatsiyasi — innovatsiya jarayonlarini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni transfer qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar asosida fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish;
6.kadrlar tayyorlash tizimining transformatsiyasi — sohada kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, mavjud va yangi barpo etiladigan ishlab chiqarish quvvatlarini yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan ta’minlash.
Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati
30/08/2021
Respublikada 2021- yilning yanvar-iyul oylarida jami faoliyat yuritayotgan kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 15,0 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar- iyul oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 106,5 % ni tashkil etdi.
Xususan:
Superfosfatlar ishlab chiqarish – 3,2 martaga oshdi;
Formaldegid ishlab chiqarish – 2,0 martaga oshdi;
Karbamid ishlab chiqarish – 35,6 foizga oshdi;
Akril va vinil polimerlari asosidagi bo‘yoqlar va laklar, suv muhitida ishlab chiqarish – 15,1 foizga oshdi;
Dinatriy karbonati (kalsiy sodasi) ishlab chiqarish –2,0 foizga oshdi;
Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmidagi eng yuqori ulushi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi (36,2 %),
Navoiy viloyati (14,6 %), 
Qashqadaryo viloyati (14,5 %) 
Toshkent viloyati (14,1 %) 

Download 425.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling