Kimyo sanoati korxonalarini ishlab chiqarishning joylashtirish va ixtisoslashtirishning tashkiliy iqtisodiy asoslari Mundarija: Kirish
Sanoat korxonalarini joylashtirish
Download 125.5 Kb.
|
Kimyo sanoati korxonalarini ishlab chiqarishning joylashtirish va ixtisoslashtirishning tashkiliy iqtisodiy asoslari
Sanoat korxonalarini joylashtirish. Geografik nuqtayi nazardan sanoat korxonalari xomashyo bazasiga yaqin va ishchi kuchlari ko’p bo’lgan hududlarda bunyod etiladi. Lekin shu bilan birga sanoat korxonasini qurish uchun zarur bo’lgan sharoitlar ham ma’lum darajada hisobga olinadi. Hududning meterologik va relief sharoitlari, gruntning litologik tarkibi doimo e’tiborga olinadi.
Kimyoviy mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar tog’ vodiylarida, yirik daryo yoqalarida, konus yoyilmasida joylashtirilmagani ma’qul. Tog’ vodiysida mahalliy shamol doimo tog’dan vodiy bo’ylab esadi, binobarin, korxona atmosferaga chiqargan chiqindilarni vodiyning quyiqismiga haydab keladi. Chirchiq – Ohangaron, Surxondaryo vodiylarida shunday ahvolni kuzatish mumkin. Daryo bo’ylarida joylashgan korxonalar o’z chiqindilarini unga oqizib keladi, natijada suv turli chiqindilar bilan ifloslanadi. Zarafshon, Ohangaron, Surxondaryo suvlarining iflosligi korxonalar tashlayotgan oqava suv va chiqindilar bilan izohlanadi. Konus yoyilmasida qurilgan korxonalar grunt suvlarini ifloslaydi. Shu jihatdan qaraganda sanoat korxonalarini loyihalashda albatta atrof – muhit ifloslanishining ildini olishga ahamiyat berilishi lozim. O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘rni salmog‘i o‘ziga xos qiyofasi, uning dunyoda paxta yetishtiruvchi davlatlardan biri ekanligida namoyon bo‘ladi. U paxtadan tashqari yana bir qator muhim sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda ham yetakchi mamlakatlardan hisoblanadi. Paxtachilik negizida hamda Respublikadagi ayrim foydali qazilmalarni ishga solish asosida O‘zbekiston sanoatida katta iqtisodiy ahamiyatga molik yana boshqa ixtisoslashgan tarmoqlar vujudga keldi. Bularga paxtachilik majmuini ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlovchi ixtisoslashgan mashinasozlik, rangdor metallurgiya, gaz sanoati va boshqalar kiradi. Bu tarmoqlar mahsulotning ko‘p turlarini ishlab chiqarishda respublikamiz boshqa davlatlari orasida salmoqli o‘rin egallaydi. Jumladan, O‘zbekiston MDH davlatlari o‘rtasida paxta kombayinlari, paxta chuvish mashinalari, chigit ekish mashinalarining 100% ni, ayrim to‘qimachilik mashinalari, paxta tozalash zavodlari uchun uskunalarning 90%ga yaqinini ishlab chiqaradi. Bu soha tarmoqlararo majmui bo‘lib qishloq xo‘jaligining paxta yetishtirish bilan bog‘liq barcha tarmoqlarini irrigasiya-miliorasiya tizimlarini sanoatning ixtisoslashgan ko‘sak chuvish, paxta tozalash kimyoviy ishlov berish, mineral o‘g‘itlar, qurilish materiallari, ip gazlama, to‘quvchilik, trikataj, paxta yog‘i singari mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sohalarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston iqtisodiyoti xalq xo‘jaligining ma’lum yo‘nalishlarida yuqorida qayd etilgan yutuqlarga erishdi. Tula asos bilan shuni ta’kidlash joizki, erishilgan bu yutuqlar bir tomonlama edi xolos. Respublika iqtisodiyotini asosi bo‘lgan paxta tolasining 92%dan ortig‘i paxtachilik majmui ishlab chiqarish vositalarining 40%ga yaqini, qorakulning deyarli hammasi, pillaning 2/3 qismi, oltin, mis, rux, kabi rangdor metallarning hammasi va boshqalar O‘zbekistondan tashqariga ishlanmasdan deyarli “Suv tekinga” xom ashyo holda olib ketilishi, ayni vaqtda tayyor ishlab chiqarish hamda aholi keng iste’mol mollarining 2/3 qismining o‘sha vaqtdagi ittifoq boshqa nohiyalaridan yuqori iste’mol baholarida O‘zbekistonga keltirilishi respublikamiz xo‘jaligining bir tomonlama rivojlanganligini yaqqol ko‘rsatadi. Bunga qo‘shimcha qilib, O‘zbekiston xalq xo‘jaligining nomutanosib tarkibi, uning xududiy joylashishidagi o‘ta notekisliklarni ham ko‘rsatish mumkin. Chunonchi, 1989 yilda o‘sha vaqtda jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotining ittifoqda 69.9%i O‘zbekistonda 45.3%i asosiy ishlab chiqarish vositalarini yetkazib beradigan og‘ir sanoat tarmoqlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Ayni vaqtda ularda yengil sanoat hissasi tegishlicha 19.3% va 37.2%ni tashkil etadi. Bunda aholi uchun keng iste’mol mollari ishlab beradigan yengil sanoat O‘zbekistonda ancha yuqori rivojlangandek tuyiladi.Aslida O‘zbekistonda tarmoq mahsulotlarning yarmidan ko‘pini paxta tozalash zavodlarida tayyorlangan paxta tolasi tashkil qilar edi. Agar unga pillakashlik fabrikalarida ishlov berilgan ipak tolasi, lub zavodlarida ishlatilgan kanop tolasi, teriga ishlov beruvchi korxonalardagi dastlabki ishlov berilgan qorako‘l terilar ham qo‘shilsa, qishloq xo‘jalik mahsulotlariga dastlabki ishlov beruvchi tarmoqlar hissasi butun yengil sanoatda 2/3 qismga borib qoladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning xududiy joylashtirilishidagi mavjud notekisliklar Respublika iqtisodiyotining nozik tomonlaridandir. Aholining urbanizasiya jarayoni ko‘rsatkichlari joylarda sanoatning rivojlanish natijalaridan biri deb qaraladigan bo‘lsa, u holda hozirgacha shahar aholisi salmog‘ining Surxandaryo viloyatida 19.4%, Qashqadaryo viloyati 26.6%, Xorazm viloyati 27.6% ekanligi bu joylarda sanoatni joylashtirishda dastlabki qadamlardan nari o‘tmaganligini ko‘rsatadi. Xuddiy shunday nomutanosiblik aholini oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilish ko‘rsatkichlarida ham kuzatiladi. Aholi sog‘ligini ta’minlashda ilmiy tibbiyot tavsiyalariga ko‘ra uning oziq birligida oqsilga boy bo‘lgan go‘sht, sut, tuxum, qand, shakar mahsulotlarining tutgan o‘rni benihoya kattadir. Download 125.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling