Kimyo sanoati korxonalarini ishlab chiqarishning joylashtirish va ixtisoslashtirishning tashkiliy iqtisodiy asoslari Mundarija: Kirish


Oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol qilinishi


Download 125.5 Kb.
bet12/15
Sana14.03.2023
Hajmi125.5 Kb.
#1267826
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Kimyo sanoati korxonalarini ishlab chiqarishning joylashtirish va ixtisoslashtirishning tashkiliy iqtisodiy asoslari

Oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol qilinishi
(1989 yil aholi jon boshiga kg hisobida)





Boshqа dаvlаtlаrdа

О‘zbekistondа

О‘zbekistondа ittifoq dаvlаtigа nisbаtаn % hisobidа

Gо‘sht vа gо‘sht mаhsulotlаri.

67

31

46.3

Sut vа sut mаhsulotlаri

363

201

66.3

Tuxum, donа hisobidа.

269

119

44.4

Bаliq vа bаliq mаhsulotlаri

17.2

4.8

27.9

Qаnd-shаkаr

42.2

23.5

55.3

О‘simlik yog‘i

10.4

11.8

113.5

Kаrtoshkа

98

25

25.5

Sаbzаvot vа poliz mаhsulotlаri

95

95

100.0

Mevа vа rezаvorlаr



40

27

65.8

Non vа un mаhsulotlаri



129

167

129.5

Bu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston aholisi umuman o‘sha vaqtda respublikamiz aholisining asosiy oziqa birligi non va un mahsulotlari bo‘lib qolayotgan edi.


O‘zbekiston xalq xo‘jaligini hududiy tashkil etish va boshqarish masalalari. Ittifoq davri yillarida xalq xo‘jaligini hududiy tashkil etish va boshqarishda bir-biridan farq qiluvchi shakllarga amal qilib kelindi. O‘tgan yillar mobaynida ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllari bir necha bor o‘zgardi.
-xalq xo‘jaligi Oliy kengash va uning joylarda idoralari:
-sanoatni tarmoqlar bo‘yicha boshqarish:
-xalq xo‘jaligi kengashlari.
-xalq xo‘jaligini tarmoqlar bo‘yicha boshqarish:
Shuni aytish kerakki, ishlab chiqarishni tashkil etishning bu shakllaridan har biri o‘z davrida amal qilgan boshqaruv siyosatidan kelib chiqqan va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda katta rol o‘ynagan edi. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning qayd qilingan barcha shakllari asosila demokratik sentralizm (markazlashuv), boshqa qilib aytganda, xo‘jalikka barcha bosqichlarda markazlashtirilgan tarzda rahbarlik qilish prinsipi yotadi.
Xalq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha boshqarishning keyingi shakli 50-yillar oxirlarigacha amalda bo‘lib kelgan boshqarishdan muhim tomonlari bilan farqlanadi. 90-yillargacha faoliyat ko‘rsatgan bu boshqarish shaklining o‘ziga xos xususiyati iqtisodiyotga markazlashtirilgan holda rahbarlik qilishni hududiy rahbarlik bilan qo‘shib olib borishga intilishidir.
Xalq xo‘jaligini hududiy tashkil etish va boshqarish bu davrda keng faoliyat ko‘rsatgan yirik ishlab chiqarish birlashmalari (sanoat birlashmalari, agrosanoat birlashmalari, sanoat-fan birlashmasila) shuningdek, turli yirik tarmoqlararo majmualar orqali amalga oshirildi.
Turli ishlab chiqarish birlashmalari avvalo jamiyatda fan texnika taraqqiyotini jadallashtirishni, ishlab chiqarishni yuqori unumli zamonaviy texnika vositalari bilan qayta qurollantirishni, mavjud iqtisodiy omillardan, moliyaviy va mehnat resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishni ko‘zda tutib, tashkil etilgan edi.
Shu sababli keyingi yillarda O‘zbekistonda bunday ishlab chiqarish birlashmalari ko‘plab tashkil etildi. 1989 yilda ulardan respublikada faqat sanoatning o‘zida 177 ishlab chiqarish va ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari faoliyati ko‘rsatib, bular jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 53%idan ko‘prog‘ini yetkazib berdi. Keyingi yillarda qazib chiqarilgan neft, tabiiy gazning hammasini, paxta tozalash va to‘qimachilik sanoatlari uchun mashina-uskunalar, elektrotexnika, mebel, trikotaj, oziq-ovqat mahsulotlarining anchagina qismi ana shu ishlab chiqarish birlashmalari yetkazib berdi.
Ishlab chiqarish birlashmalari tizimida sanoatni qishloq xo‘jaligi bilan birga, hamkorlikda rivojlantirish, agrosanoat birlashmalari tashkil etish bu davrda amalga oshirila boshlangan muhim yo‘nalishlardandir. Agrosanoat birlashmalarini tashkil etish orqali mo‘l-ko‘l qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlashni to‘la va keng yo‘nalishda tashkil etish, bu jarayonga kiruvchi barcha ishlab chiqarish bosqichlarini mutanosib va majmua uyushtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini zamonaviy texnika bilan qurollantirishni jadallashtirish, joylardagi ish kuchidan yil fasllari davomida samarali foydalanish, ishlab chiqarishning turli bosqichlari uchun malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash, muammoli ijtimoiy masalalarni muvaffaqiyatli hal qilish kabi natijalar kutilgan edi. Agrosanoat birlashmalari, shuningdek, shahar bilan qishloq o‘rtasidagi iqtisodiy-ijtimoiy tafovutlarni tezroq kamaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ham lozim edi.
O‘zbekistonda dastlabki agrosanoat birlashmalari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqariladigan ma’sulotlar tez bo‘zilib, nobud bo‘lishi mumkun bo‘lgan bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik tarmoqlarida tashkil etildi. Toshkent viloyatidagi U.Yusupov nomli kombinat “Ogonyok” sovxoz-zavodi ana shunday korxonalardan edi. Keyingi yillarda bunday birlashma-korxonalar O‘zbekistonning deyarli har bir viloyatida tashkil etilgan bo‘lib, meva va uzum-sabzavotchilikdan tashqari, turli chorvachilik tarmoqlarini ham qamrab oldi.
Respublika xalq xo‘jaligini hududiy joylashtirishda va boshqarishda tarmoqlararo paxtachilik majmui alohida o‘rin tutib kelmoqda. Paxta yetishtirish va undan tayyor iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishgacha bo‘lgan barcha mehnat bosqichlarini o‘zida jamlagan bu majmuaning joylarida ko‘plab korxonalari O‘zbekiston iqtisodiyotining yetkachi tarmogi bo‘lib paxtachilikning bugungi yutuqlarini ta’minlab kelmoqda. Bunday birlashma-korxonalar ishlab chiqarish bilan fan hamkorligida xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari bo‘yicha tobora ko‘payib bordi. “Kibernetika”, “Quyosh” va boshqa ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari shular jumlasidandir.
80-yillar o‘rtalarida jamiyat hayotini uning barcha yo‘nalishlarida tubdan qayta qurishga o‘tish natijasida xalq xo‘jaligini hududiy tashkil etish va boshqarish uslublarida ham ancha o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Jamiyatimiz so‘nggi yillargacha hukumronlik qilgan ishlashb chiqarish vositalariga davlat-umumxalq mulkchiligi o‘rniga keyingi vaqtda xususiylashtirish (privatizasiya) orqali mulkchilikning turli shakllariga o‘tilishi, hududlararo ishlab chiqarish aloqalarni tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etadigan iqtisodiy-tijorat birjalari banklarning faoliyati ko‘rsata boshlash va h.k.lar ana shunday ub o‘zgarishlarning asosini tashkil etadi.
Jamiyat hayotidagi bunday o‘zgarishlar O‘zbekiston ham siyosiy iqtisodiy ijtimoiy masalalarni mustaqil hal qilishga yo‘l ochdi. Respublikamiz o‘zida ishlab chiqarilayotgan moddiy ne’matlarni dahon bozori bahosiga erkin tasarruf etish yo‘lida shzoq aloqa-tijorat birjalari va banklarni tuzdi. Ular orqali esa bir qator xorijiy avvalo sharq mamlakatlari (Xitoy, Turkiya, Hindiston, Pokiston, Eron, Saudiya Arabistoni kabilardir) bilan yaqin iqtisodiy aloqalar o‘rnatdi. Ular hamkorligida bizda ko‘proq korxonalar tashkil etishga kelishildi. Bu ishlarning keng yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekiston iqtisodiyoti oqibati natijada zamonaviy ilg‘or jahon ishlab chiqarish texnologiyasi bilan qayta qurollanishga ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirishda yangi yuqori bosqichlarni egallashga imkoniyat to‘g‘dirdi.
O‘zbekiston sanoat geografiyasi. Har bir jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarni, avvalo, xalq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoatni samarali hududiy tashkil qilishga katta e’tibor beradi. Chunki sanoat xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari uchun moddiy-texnika vositalarini to‘xtovsiz takror ishlab chiqarish manbai sifatida har qanday hududning iqtisodiy imkoniyatlarini ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini, tabiiy moddiy va mehnat resurslaridan foydalanishning holatini belgilab beradi.
Hozirgi paytda O‘zbekiston sanoati 100dan ortik ishlab chiqarish tarmoqlarini, 1821 ta yirik ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqot birlashmalari, kombinatlar, sanoat korxonalarini birlashtiradi. Sanoat yalpi mahsulotning hajmi bo‘yicha O‘zbekiston MDH davlatlari o‘rtasida beshingi o‘rinda turadi.
Respublika sanoatni rivojlantirish va joylashtirishga ta’sir etadigan asosiy omillar. Sanoatni rivojlantirish va uni hududiy tashqil qilishda xilma-xil sharoitlar, omillar qatnashadi. Ularni asosan ikki guruhga bo‘lish mumkin. Iqtisodiy-geografik omillar va tabiiy-geografik omillar. Iqtisodiy geografik omillarga mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik holati va ularning xususiyatlari, ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil qilish shakllari, energetika, transport sharoitlari, infratuzilma holati, ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi, fan-texnika taraqqiyoti darajasi, tabiiy-geografik omillarga esa tabiiy sharoit (relef, iqlim kabilar) xususiyatlari, tabiiy resurslar (birinchi navbatda mineral va suv resurslari) bilane ta’minlanganlik darajasi kiradi.
Sanoatni rviojlanishida ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi katta ahamiyat kasb etadi. Jamiyatning moddiy-texnika bazasi moddiy ishlab chiqarish sharoitlarining majmui bo‘lib, texnika ishlab chiqarish qurollaridan tashkil topadi.
O‘zbekiston sanoati hozirgi paytda muayyan moddiy-texnika bazasiga egadir. 1990 yil ma’lumotiga ko‘ra, sanoatning asosiy ishlab chiqarish jamg‘armalari 23.9 mlrd.sumni tashkil etdi. U xalq xo‘jaligi barcha asosiy ishlab chiqarish jamg‘armalarining 36.3%ni, qurilish va transport bilan birga hisoblaganda 60%dan ortig‘ini tashkil qiladi. Shuni alohida qayd etish lozimki, bu raqamlarga ko‘ra sanoatning asosiy ishlab chiqarish jamg‘armalari guyo yo‘q joydan qudratli ishlab chiqarish quvvatlari darajasigacha barpo qilingandek tasavvur hosil qilsada, aslida O‘zbekistonning bu borada tutgan o‘rni ittifoqning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan kam edi.
Mehnat resurslari. Sanoatni rivojlantirish va ayniqsa uni hududiy tashkil qilishda muhim omillardan hisoblanadi. Mehnat resurslarining hududiy joylashuvi ishlab chiqarishning tarixiy taraqqiyoti jarayoni davrida vujudga keladi va o‘z navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlarning keyingi rviojlanishi va hududiy joylashishiga ta’sir etadi.
Ma’lumki O‘zbekiston mehnat resurslari bilan eng yaxshi ta’minlangan Respublikalardan biridir. Undagi aholi tabiiy o‘sishining ittifoq davlatidagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan ancha yuqoriligi kuchish harakatining keyingi yillargacha ijobiy saldoga egaligi mehnat resurslarining ortiqcha to‘planishiga olib keladi.
Sanoat hududiy joylashtirishda alohida hisobga olishi lozim bo‘lgan masalalardan biri har bir iqtisodiy nohiyada sanoat tugunlari va hatto ishlab chiqarish markazlarida sanoat korxonalarini tashkil qilishda mehnat resurslarining jinsiy tarkibini e’tibordan qochirmaslikdir. Shundagina erkak va va ayollarning mehnat qilish imkonimyatlaridan ancha samarali foydalanish mumkin bo‘ladi.

Download 125.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling