Kimyo sanoati korxonalarini ishlab chiqarishning joylashtirish va ixtisoslashtirishning tashkiliy iqtisodiy asoslari Mundarija: Kirish


II.1 Sanoat korxonasini joylashtirish va boshqarishni geografik tadqiq etish


Download 125.5 Kb.
bet9/15
Sana14.03.2023
Hajmi125.5 Kb.
#1267826
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Kimyo sanoati korxonalarini ishlab chiqarishning joylashtirish va ixtisoslashtirishning tashkiliy iqtisodiy asoslari

II.1 Sanoat korxonasini joylashtirish va boshqarishni geografik tadqiq etish.
Sanoat korxonalarini muayyan bir hududda joylashtirish juda murakkab masalalardan biridir. Bu borada ko’plab tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarni hisobga olish zarur. Avvalo sanoat korxonasi qanday xom ashyo asosida ishlab , qanday tayyor mahsulot chiqarishni aniqlanadi. Atmosfera havosi va suv havzalariga qanday chiqindilarni chiqarishni, bu chiqindilarning kimyoviy tarkibi, zarar yetkazish darajasi e’tiborga olinadi. Korxonaga tegishli bu masalalar jiddioy tahlil qilinganidan so’ng uni joylashtirish va uning muntazam faoliyat ko’rsatishi uchun har jihatdan qulay bo’lishi lozim.
Dastlab korxona joylashtiriladigan hududning relyefi, uni tashkil qilgan yotqiziqlar tarkibi, yer osti suvlarime’yori, iqlimi , yer usti suvlari xususiyatlari , tuproq va o’simlik qoplamlari, aholi yashash joylari o’rganiladi. Korxona zararli chiqindilarni ko’plab chiqaradigan bo’lsa (ko’mir asosida ishlaydigan GRES, qora va rangli metallurgiya korxonalari), ularni aholi yashaydigan manzilgohlardan uzoqda, shamol yo’nalishiga teskari bo’lgan hududlarda joylashtirish lozim. Buxoro viloyatidagi Qorovulbozor neftni qayta ishlaydigan Muborak va Sho’rtan kimyo sanoati majmualari aholi manzilgohlaridan ancha uzoqda, cho’lda joylashganligi sababli ulardan tabiat va inson ko’radigan zarar juda oz miqdorda. Aholi zich yashaydigan vohalarda sanoat korxonalarini joylashtirish juda murakkabdir. Oltiariq va Farg’ona neftni qayta ishlash korxonalari qurilishida hududning ba’zi xususiyatlari e’tiborga olinmaganligi tufayli keyingi vaqtlarda jiddiy ekalogik muammolar yuzaga kelmoqda. Chunonchi, Oltiariqdagi korxonadan neft mahsulotlarining singib o’tishi tufayli yer osti suvlari ifloslanmoqda, tuproq tarkibi buzilmoqda. Quvasoydagi sement ishlab chiqaradigan korxona atrof – muhitni ko’pdan beri chang bilan ifloslab kelmoqda, chunki u baland tog’ yonbag’urlari bilan o’ralgan botiqda joylashgan.
Paxta tozalash korxonalari ham asosan vohalarda joylashgan. Ulardan atrof – muhit ancha zarar ko’radi, ko’p miqdorda chang ajralib chiqishi sababli, havo ifloslanadi. Binobarin, sanoat korxonalarini joylashtirishda albatta, mahalliy tabiiy sharoit va aholi manzilgohlarining joylashuv xususyatlari hisobga olinib , qurilish geografik tadqiqotlar orqali amalga oshirilishi kerak. Geograflar bu boradagi tadqiqot ishlarini olib borishda dala izlanishlari natijalariga , statistic ma’lumotlariga tayanadilar. Bunda ular kartografik, qiyosiy, statistic, matematik va boshqa tadqiqot usullaridan foydalanadilar. Bu usullar nafaqat yirik hududiy birliklarni o’rganishda, balki kichik bir ishlab chiqarish korxonasini iqtisodiy- geografik baholashda xam qo’l keladi. Bunda eng muhimi korxona qurish uchun aynan shu hudud tanlaganligining sababini aniqlash va uning iqtisodiy – geografik o’rnini baholash, iqtisodiy rayon majmuasi, xo’jalik tarmog’I nuqtayi nazardan iqtisodiy samaradorligini aniqlashdan iboratdir. Bundan tashqari korxonani Iqtisodiy- geografik tahlil qilishda quyidagi ko’rsatgichlar e’tiborga olinadi; - korxonaning hududiy tarkibi , ya’ni uning alohida bo’limlari (sexlari) ning, zavod transport tuguning joylashishi ;
- korxonaning iqtisodiy aloqalari (mahsulot va qiymat birligida), qancha mahsulot ishlab chiqariladi, qanday xom ashy ova yoqilg’I qancha miqdorda qabul qilinadi;
- asosiy mahsulot turlarining tan narxi ( bunda xizmatchilarga to’lanadigan ish haqi, o’zlashtirish va tabiiy muhitni muhofaza qilishga to’lanadigan mablag’, shuningdek transport xarajatlari alohida ko’rsatiladi) va korxonaning foydasi(yoki zarari ) aniqlanadi. - xizmatchilarning soni , ularning doimiyligi, almashinuvi va qayerdan ishga qatnashi; - korxonaning atrof- muhitga ta’siri.
Korxonani tadqiq etishda korxona ishchilari bilan suhbatlashish, korxonaning tarixi bilan tanishish muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 125.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling