Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari
Gazsimon xom ashyolarni boyitish
Download 103 Kb.
|
Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari hozir org
3.5 Gazsimon xom ashyolarni boyitish.
Gazsimon aralashmalar quyidagi usullar yordamida ajaratiladi: 1) Ketma-ketlik bilan kondensatsiyalash (sekinlik bilan xaroratni pasaytirib, bosimni esa oshirib borish orqali gazlarni suyuq holga o`tqazish). 2) Suyultirilgan gazlar aralashmasini ketma-ketlik bilan bug`lantirish yoki rektifikatsiyalash. 3) Absorbtsiyalash va desorbtsiyalash. 4) Adsorbtsiyalash va desorbtsiyalash. Ketma-ketlik bilan kondensatsiyalash usuli gazlar aralashmasi komponentlarining suyuqlanish xaroratlari har xilligiga asoslangan. Bu usul bilan qattiq yoqilg`ilarni kokslashda (foydalaniladi). Hosil bo`luvchi uchinchi mahsulotlarni, tabiiy gazni, neftni qayta ishlashda hosil bo`lgan gazlar qayta ishlanadi. Keng qo`llaniladigan usullardan biri absorbtsion – desorbtsion usuldir. Bu usulda gaz aralashmasi tarkibidagi komponentlardan biri sovuq yo erituvchida tanlab yuttiriladi. So`ngra absorbtsiyalangan gaz eritmani qizdirish yo`li bilan ajratib olinadi. Absorbtsion – desorbtsion qurilma sxemasi 9-rasmda berilgan. Bunda absorblovchi suyuqlik avval absorberni sug`oradi, unga qarama – qarshi oqimda esa, ostdan gazlar aralashmasi kiritiladi. Absorbtsiyalagan suyuqlik issiq almashtirgichga oqib o`tadi va ancha issiq desorberning teppasidan sachratiladi. Undan gaz ajralib chiqqach desorberdan erituvchi avval issiq almashtirgich orqali o`tib sovuydi. So`ngra sovutgich orqali sovub, yana absorberga keladi. Shunday qilib, erituvchi suyuqlik ketma-ket bir necha marta aylanadi (tsirkulyatsiyalanadi). Bu usulda gazlarni etanolamining suvdagi eritmasidan foydalanib, H 2 S, CO 2 , SO 2 lardan tozalanadi. Masalan, rangli metallurgiya gazlaridan SO 2 ni ajratib olishda, koks gazlaridan xom benzolni, turli uglevodorodlarni ajratib olishda va boshqalar. Adsorbtsion – desorbtsion usulda aralashmalar qattiq adsorbentga yuttirib ajratiladi. Bu usul absorbtsion – desorbtsion usuldan adsorbentning agregat holati bilan farq qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling