Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari
Xom ashyoni kompleks foydalanish va chiqindisiz texnologiya
Download 103 Kb.
|
Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari hozir org
Xom ashyoni kompleks foydalanish va chiqindisiz texnologiya.
Xom ashyoni kompleks foydalanish xalq xo`jaligining eng muhim vazifalaridan biridir. XX asrdagi ilmiy-texnika revolyutsiyasi insoniyatning kam mablag` sarflab juda ko`p miqdor tabiiy resurslarni olish imkoniyatini tug`dirdi. Hozirgi davrda dunyo sanoati 25 mlrd.t. tog` jinslarini qayta ishlamoqda. Ammo, uning atigi 2 % i tyyor mahsulotga aylantirilib qolgan 98 % dan ko`prog`i bekorchi jins sifatida tashlab yuborilmoqda. Bu holat insoniyat oldiga global muammolarni qo`ydi. Birinchi navbatda, tabiiy resurslarning tugab qolish xavfini va sanoat chiqindilarining atrof-muhitga xavfli ekologik ta’siri muammosi ko`ndalang bo`lib qoldi. Bu muammo ishlab chiqarishga chiqindisiz texnologiyani qo`llash bilan hal qilinishi mumkin. Qaysikim, u tabiiy resurslardan va energiyadan ratsional foydalanish, hamda atrof-muhitni himoya qilish imkoniyatini beradi. Chiqindisiz texnologiyani amalga oshirishning asosiy yo`li bu xom ashyoni kompleks qayta ishlash hisoblanadi. Chunki ishlab chiqarish korxonalarining chiqindisi u yoki bu sabablarga ko`ra to`liq yoki umuman foydalanilmayotgan, ammo foydalansa bo`ladigan moddalardir. Bunga apatit – nefelini kompleks foydalanish sxemasini misol qilib ko`rsatish mumkin (10-rasm). Xibin koni apatit-nafelinli mineral tarkibida 13 % apatit, 30-40 % nafelin, 9,4 % egirin, 2,2 % titanomagnetit, 2,5 % sfen va boshqa qo`shimchalari bor. Bu xom ashyo maydalanadi, flotatsiya usulida apatitli kontsentrat va nafelinga ajratiladi. Apatitni sulfat kislotali usul bilan qayta ishlanganda 90 % fosfor 50 % ftor va fosfogipening bir qismi foydalaniladi. Nitrat kislotali usulda siyrak yern elementlari va strontsiy ajratib olinadi. Nefelinli kontsentrat alyuminiy zavodlarida qayta ishlanadi. U faqat alyuminiy korxonasi emas, balki bir vaqtning o`zida ham metallurgiya ham kimyo ham tsement korxonasining xom ashyosi hisoblanadi. Chunki 1 t glinazyom (Al 2 O 3 ) olganda qo`shimcha sifatida 0,6 - 0,8 t.soda, 0,2 – 0,3 t. potash va 9 – 11 t. tsement olinadi. Rangli metallurgiyada polimetall rudalarni kompleks qayta ishlash sohasida katta yutuqlarga erishildi. Masalan: qo`rg`oshin-ruxli ruda qayta ishlanib 18 element ajratib olinmoqda va 40 xil tovar mahsuloti tayyorlab chiqarilmoqda. Mis rudalarida tarkibidagi 25 elementdan 21 tasi ajratib olinmoqda. Mis kolchedanini kompleks foydalanish sxemasi 11-rasmda berilgan. Bunda mis kontsentratini kuydirishda hosil bo`ladigan gazi (4-8 %) ushlab olinib (ilgari atmosferaga chiqarilib yuborilar edi) sulfat kislota olish uchun foydalanilmoqda. 1 t.mis olganda ajralib chiqqan SO 2 dan 10 t.gacha sulfat kislota ishlab chiqarish mumkin. Organik xom ashyolarni kompleks foydalanishga ham ko`pgina misollar keltirish mumkin. Masalan, koksa kimyo ishlab chiqarish korxonasini olaylik, u toshko`mirdan koks, aromatik uglevodlar, fenollar, naftalin, ammiak, piridinli asoslar, vodorod va yuzlab boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Chiqindisiz ishlab chiqarishni tashkil qilishda bir xom ashyodan foydalanuvchi bir necha ishlab chiqarish korxonalarini quramalash (kombinirlash) katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, rangli metallurgiya sanoati bilan kimyo sanoati korxonalarini quramalash va kimyo – metallurgiya kobinetlari tashkil etish hisoblanadi. Chiqindisiz ishlab chiqarishda, ayniqsa, qurilish korxonalarini kooperatsiyalash muhimdir. Chunki kimyo zavodlari yoki metallurgiya zavodi chiqindilari qurilish korxonalari uchun beton to`ldiruvchisi, g`isht xom ashyosi, tsement xom ashyosi va avtomobil yo`llari uchun mustahkam qoplamalar qilishda ishlatiladi. 8-§. Xom ashyo tanlash muammosi. Kimyo fanining rivojlanishi bilan xom ashyo tanlash muammosi ilgari suriladi. U insoniyatga har xil xom ashyo turlaridan kerakli mahsulotlar hosil qilish imkoninn berdi. Siz kimyoning sanoatda qo`llanilishi bilan tanishar ekansiz, hamma vaqt bu tanlash muammosiga duch kelasiz. Xom ashyo tanlashda asosiy mezon iqtisodiy unumdorlikdir. Bunga bitta misol keltiramiz. 1932 yilda Yaroslavl shahrida birinchi sintetik kauchuk zavodi ishga tushirildi. Bu va tez orada ishga tushirilgan boshqa zavodlarda xom ashyo sifatida kartoshkani qayta ishlashda hosil bo`ladigap mahsulot - etil spirt ishlatilardi. Undan katalitik parchalash yo`li bilan monomer - 1, 3-butadiyen olinar edi. Tez orada bu spirt o`rniga gidroliz va sintetik spirtlar qo`llanila boshladi, so`ngra esa spirt ishlatishdan umuman voz kechildi. Butadiyen va boshqa monomerlar yo`ldosh gaz va neft zavod gazlari komponentlari — butan, butilen va boshqalardan olina boshlandi. Kauchuk ishlab chiqarishning rivojlanishida to`rt yo`nalishda muvaffaqiyatlarga erishildi: 1) kauchuk ishlab chiqarishni amaliy jihatdan qulay bo`lgan katta xom ashyo resurslari bilan ta’minlash; 2) zavodlarni ko`p sonli neft va quvrlar qurish bilan iste’molchilarning talablariga muvofiq joylashtirish imkoniyati; 3) turli tarkibga, shu jumladan, xususan qimmatli xossa larga ham ega kauchuklar ishlab chiqarish imkoniyati; 4) kauchuklar va ular asosidagi mahsulotlarning keskin arzonlashuvi. Keltirilgan misollar kimyoviy ishlab chiqarishning umumiy qonuniyatini — eng oddiy va shu bilan birga, eng qulay xom-ashyo turlaridan: tabiiy yonuvchi gazlar, neft, suv va havodan kimyoviy har xil va juda murakkab mahsulotlar olish mumkinligini ko`rsatadi. 9-§. Havo — eng muhim kimyoviy xom ashyo Qanday mahsulotlar ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida havo yoki undan ajratib olinadigai kislorod va azotdan fondalaniladi? Havo va suvdan foydalanishga oid masalalar kitobning oldingi bo`limida bayon etilgan; chunki, birinchidan xom ashyoning bu turlari juda ko`p kimyoviy ishlab chiqarishlarda ishlatilishi aniq. Ikkinchidan biz yer yuzida havo va suv qoldiqlari cheksiz, u bizning deyarli ishtirokimizsiz tabiat tomonidan berilaveradi va shuning uchun uni tejamasdan ishlatish mumkin deb noto`g`ri o`ylashga o`rganib qolganmiz. Keyinroq bu fikrning xato ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Yer atmosferasida kislorod miqdori cheksiz bo`lmasada, ko`p. U yoqilg`i qazilmalari kabi fotosintez mahsulotidir. Atmosferada kislorodning miqdori kamayib ketishi ehtimoldan uzoq bor narsa. Lekin havoning, yoqilg`ilarning yonish mahsulotlari va kimyoviy chiqindilar bilan zaharlanishi — hozirgi kunda insoniyatga muqarrar xavf solmoqda. Havoning ifloslanishi undan kimyoviy xom ashyo sifatida foydalanishda katta qiyinchiliklar tug`dirmoqda. Havo umuman olganda, tekin xom ashyo emas. Uni yaxshilab tozalash va tashish uchun energiya sarflash kerak. Sulfat, nitrat va fosfat kislotalar ishlab chiqarishda oksidlovchi reaktsiyalar o`tkazishda havo keng qo`llaniladi. n - butanni oksidlab sirka kislota, n-parafinlardan (S 10 — S 20 ) — spirtlar - yuvuvchi moddalar ishlab chiqariladigan xom ashyo, etilendan — etilen oksidi va atsetaldegid, alkilbenzollardan — osongina fenol va atseton olish mumkin. Bu reaktsiyalarning deyarli hammasi katalitikdir.Demak, jarayonda qo`llaniladigan havo katalizatorlarni zaharlovchi moddalardan, jumladan changdan, namdan tozalangan bo`lishi kerak. Havo—kislorod, azot, neon, argon va boshqa gazlar olinadigan xom ashyo bo`lib, bo`lardan kislorod bilan azot hozirgi vaqtda kimyo sanoatida juda muhim rol o`ynaydi. Havo o`rniga kisloroddan foydalanish ishlab chiqarish jarayonlarini ancha tezlashtiradi. Havodan kislorod ajratib olish jarayonining nazariyasi juda puxta ishlab chiqilgan va saioatda kislorod hosil qilishning barcha usullarini qiyosiy baholashga yordam beradi. Takomillashgan apparatlar yaratilgan, katta quvvatga ega agregatlar qurilmoqda. Kislorod bilan bir vaqtda azot va boshqa moddalar ham olinmokda, bu iqtisodiy jihatdan foydalidir. Shunga qaramasdan havoni ajratish uchun energiya ancha ko`p sarf bo`lgani uchun sanoatda kislorod ko`p ishlatilmaydi. Biroq, energiya sarfini kamaytirish hisobiga kislorodning tannarxini sekin-asta arzonlashtirish va kisloroddan keng foydalanish mumkin. http://hozir.org Download 103 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling