Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari
Tayyor mahsulot uchun sarflanadigan xom ashyo miqdori
Download 103 Kb.
|
Kimyo sanoatining xom ashyosi va uni boyitish usullari hozir org
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasining xom ashyo resurslari va ulardan foydalanish
Tayyor mahsulot uchun sarflanadigan xom ashyo miqdori
Mahsulot Tayyor mahsulot uchun sarflanganangan xom ashyo miqdori (t) Alyuminiy 60,0 Mis 100,0 Nikel 200,0 Qalay 300,0 Brom 20000 dan ziyod Fosfor 16,5 Kapron 7,4 Polietilen 3,0 Soda 2,7 Sintetik kauchuk 2,5-3,0 Furfurol 22,2 Jadvaldan ko`rinib turibdiki, turli xil materiallar uchun xom ashyo sarflari turlicha. Xom ashyo tarkibida bizga kerak elementlar miqdori oz, qolgan qismi esa keraksiz qism yoki ballast deb nomlanadi. Barqaror elementning ma`danlarda miqdori qanchalik kam bo`lsa, shunchalik chiqitlar ko`p hosil bo`ladi. Boy temir ma`danlaridan 1 tonna temir ishlab chiqarilganda 1 tonna chiqindi hosil bo`ladi. 1 tonna qo`rg`oshin uchun 30 tonna, 1 tonna nikel uchun 100 tonna xom-ashyo zarur va hokazo. Odatda biror elementning ishlab chiqarilishi uning er qobig`idagi miqdoriga bog`liq. Qanchalik u ko`p bo`lsa, shunchalik uning ishlab chiqarilishi ham ko`p. O‘zbekiston Respublikasining xom ashyo resurslari va ulardan foydalanish O‘zbekiston o‘z yer osti boyliklari bilan mashhur bo‘lib, uning bag‘rida Mendeleev davriy jadvalining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va boyliklaridan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Bu konlarda 100 ga yaqin mineral xom-ashyo turlari mavjud, shundan 60 dan ortig‘i ishlab chiqarishga jalb etilgan, 900 dan ortiq kon qidirib topilgan, ularning zahira miqdori 970 mlyard. AQSH dollariga teng. O‘zbekistondagi umumiy mineral xom-ashyo potensiali 3,3 trillion AQSH dollari bilan baholanmoqda. Neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo‘yicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo‘yicha 40dan ortiq, rangli, nodir va radiofaol metallar bo‘yicha 40 ta, konchilik kimyo xom-ashyosi bo‘yicha 15 ta kon qidirib topilgan. Har yili respublika konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda foydali qazilmalar olinmoqda va ular yoniga 6,0-7,0 milliard dollarlik yangi zahiralar qo‘shilmoqda. Bir qator foydali qazilmalar, chunonchi Au, U, Cu, tabiiy gaz, W, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar bo‘yicha O‘zbekiston tasdiqlagan zahiralar jihatidan butun dunyoda etakchi o‘rinni egalaydi. Au zahiralari bo‘yicha respublikamiz dunyoda 4-o‘rinda, qazib olish bo‘yicha 7-o‘rinda, (O`zbekiston hududida 30 ta oltin koni bor) Cu zahiralari bo‘yicha 10- o‘rinda, qazib olish bo‘yicha 11-o‘rinda, uran zahirasi bo‘yicha 7-o‘rinda, qazib olish bo‘yicha 8-o‘rinda turadi. Qidirib topilgan zahiralar asosida 400 yaqin kon, shaxta, karer, neft-gaz konlari ishlab turibdi. Mamlakatimizda jami 90 xildan ziyod mineral xom-ashyo topilgan. Ular 1000 dan ortiq sanoat manbalarida va kelajakda ishga tushadigan manbalarda mujassamlangan. Mis, qo‘rgoshin, rux, volfram, yonilg‘i gazlar va boshqa xil foydali qazilmalar bo‘yicha O‘zbekiston MDH davlatlari ichida oldingi o‘rinlarda turadi. O‘zbekistonda tuzlar, alyuminiyli xom-ashyo, qoplovchi va qimmatbaxo toshlar, ba’zi nodir elementlar mavjud. Bundan tashqari qurilish materiallar va yonilg‘i energetik resurslarga boy. Shuni aytish kerakki, sifati bo‘yicha ham xom- ashyolarimiz ancha yuqori o‘rinlarda turadi. O‘zbekiston noyob yoqilg‘i-energetika resurslariga ega. Gaz zahiralari 2 trillion m3 ga, ko‘mir 2 milliard tonna, 350 mln. tonnaga yaqin neft zahiralari mavjudligi aniqlangan, 160 ta neft koni mavjud. Neft va gaz mavjud bo‘lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko‘rsatish mumkin: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy- G‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona. Neft va gaz zahiralari 1 trillion AQSh dollaridan ortiqroqdir. Qidirib topilgan zahiralar respublika ehtiyojini tabiiy gaz bo‘yicha-35 yildan ko‘proq, neft bo‘yicha 30 yildan ko‘proq qoplaydi. Eng yirik gaz konlari Janubiy- G‘arbiy Hisor va Buxoro-Xiva neft va gazli mintaqalarida joylashgan bo‘lib, bular Sho‘rton va Muborak guruhlariga kiruvchi konlardir. Ko‘mir Angren va Boysun konlaridan qazib olinmoqda. Dunyoda eng yirik oltin rudali viloyat bo‘lgan Qizilqumda Muruntovdan tashqari, Ajibug‘ut va boshqa yangi konlar aniqlanmoqda. Respublikadagi Ag konlari Navoiy viloyatidagi Visokovoltnoe va Namangan viloyatidagi Oqtepa konidir. Aniqlangan uran zahiralari 50-60 yil mobaynida qazib olishga etadi. Uran bilan yo‘l-yo‘laqay reniy, skandiy, lantanoidlar va boshqalar ham qazib olinmoqda. O‘zbekiston rangli metallar-Cu, Pb, Zn, W va shu guruhga kiruvchi boshqa metallarning zahiralariga ega. Cu rudalari bilan birga rangli metallarning 15 dan ortiq turi: Au, Ag, Mg, Cd, In, Te, Se, Re, Co, Ni, Os va boshqa metallar ham qazib olinmoqda. Ishlab to‘rgan konlar Cu va unga yo‘ldosh metallarni 40-50 yil, Zn va Pb ni 100 yildan ko‘proq vaqt qazib olishni ta’minlaydi. Rangli metallar rudalarining zahiralari asosan Olmaliq ruda maydonida jamlangan. Qalmakir koni noyob konlardan bo‘lib, u erda Cu-Mo qazib chiqariladi. Pb-Zn asosan Jizzax viloyatining Uchquloq va Surxondaryo viloyatining Xondiza konlarida jamlangan. Xondizadagi konda Pb va Zn bilan birga Cu, Ag, Cd,Se, Au va Zn bor. Selen va tellurdan asosan yarim o‘tkazgichlar, quyosh batareyalari, termogeneratorlar, po‘lat, shishaning mahsus navlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. O‘zbekiston Re ning noyob zahiralariga ega. U Olmaliq konlaridagi Cu rudalari bilan bog‘lik. Sanoatda Re - reniydan aviasiya va kosmik texnika uchun o‘tga chidamli qotishmalar, elektron uskunalar, neftni parchalash uchun katalizatorlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Jahonda Os izotoplari oilasida osmiy-187 bor yo‘g‘i 1,6% ni tashkil etadigan tabiiy manbalar (Afrika, Shveysariya, Rossiyada) mavjud. Osmiy mahsulotini sanoat usulida olishning maqsadga muvofikligi shu bilan asoslanadiki, birlamchi xom ashyoninng katta zahiralari mavjud bo‘lib, ular Norils konidagidan 3 barobar ortiqdir. Respublikada 20 ta marmar, 15 ta granit va gabbro koni borligi aniqlangan. Qoplama toshlarning umumiy zahiralari 85*10 6 m3 dan ortib ketadi. Ular toshni qayta ishlaydigan korxonalarni 100 yillar davomida xom ashyo bilan ta’minlaydi. G‘ozg‘on, Nurota va Zarband konlarida marmar mavjud. Respublika fosforitlarga boy. Jeroy-Sardara fosforitlar konidagi Manokash turiga mansub zarra-donador fosforitlarning aniqlangan zahirasi 1* 10 6 tonnagacha etadi. Hozirgi vaqtda Qizilqum fosforit kombinati qurilmoqda. Unda 2,7 10 6 tonna fosforit konsentrati olinadi. Hozirda 3*10 8 tonnaga yaqin bo‘lgan fosforit konlaridan amalda foydalanilmayotir. O‘zbekistonda juda katta kaliy tuz konlari bo‘lib, ular Qashqadaryo viloyatida Tubakat va Surxondaryo viloyatida Xurapkon konlaridir. Kaliy tuzlari 100 yildan ko‘proqqa etadi. Tuzlarni qayta ishlash brom, temir, magnezit, gips va boshqa metallarni yo‘l- yo‘laqay olish imkonini beradi. Respublikamizda 5 ta osh tuzi koni-Xo‘jakon, Tubakon, Borsa-kelmas, Boybichakon va Oqqal’a konlarida 90 milliard tonna xom ashyo bor. Shu kungacha respublikamizda hammasi bo`lib 95 xildan ortiq xom ashyo konlari ochilgan va ular 700 ta konlarda joylashgan. Ular asosida hozirgi vaqtda foydalanilayotgan 370 ta shaxta konlardan har yili 200 mln. t. gacha xom ashyo qazib olinmoqda. Hozirda g‘oyat qimmatli tayyor mahsulot kaprolaktamdir, hozir respublikada ishlab chiqarilayotgan kapralaktamning ko‘pi bilan 10% qayta ishlash maqsadida foydalanilmoqda, kelajakda 70-80% ga etkazish ko‘zlanmoqda. Xulosa qilib aytish mumkinki, xom-ashyoni muammosini hal qilishda asosiy yo‘nalishlar quyidagicha: a) xom-ashyoni izlash va qayta ishlash usullarini takomillashtirish foydali tarkibiy qismlarni chiqarib olish darajasini oshirish, qayta ishlashni soddalashtirish va arzonlashtirish; b) xom-ashyoni qayta ishlashni kompleks ravishda olib borish, undan iloji boricha ko‘proq kerakli tarkibiy qismlarni chiqarib olish; c) kamyob xom-ashyo turlarini arzon xom-ashyo bilan almashtirish. Yuqorida sanab o‘tilgan yo‘llar bevosita yoki bilvosita kimyoviy-texnologik jarayonlar bilan bog‘liq. Masalan, xom-ashyoni boyitish, yangi foydali tarkibiy qismlar miqdorini oshirish. Download 103 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling