Birinchi bosqich (1820-1860 yillar)– organik birikmalar tuzilish nazariyasi yaratilgunga qadar bo‘lgan davr. Bu davrni tabiiy organik moddalarni sun’iy ravishda sintez qilishga bo‘lgan harakat bilan izohlash mumkin. Ko‘plab organik moddalar va ular haqidagi tasavvurlar mavjud bo‘lib ularni birlashtiruvchi, aniq bir tizimga soluvchi nazariya yo‘q edi. Bu holatni F.Vyoler o‘zining Ya.Berseliusga yozgan maktubida yaxshi yoritgan edi: “Organik kimyo hozirgi vaqtda istalgan odamni aqlidan ayirishi mumkin. U menga g‘aroyibotlarga boy changalzorni eslatadi. Uning poyoni yo‘qday. Undan chiqib ketish ham amri mahol.” Bu davr organik birikmalar tuzilish nazariyasi yaratilishi bilan
yakun topdi va juda ko‘p turlicha yangi fikrlar paydo bo‘la boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |