Kimyo-texnologik sistemalarning texnologik jarayonlarini boshqarishda situatsion model va algoritmlarning ahamiyati


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana08.05.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1443539
1   2   3   4
Bog'liq
kimyo-texnologik-sistemalarning-texnologik-jarayonlarini-boshqarishda-situatsion-model-va-algoritmlarning-ahamiyati

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
77 
avtomatlashtirishni ta’minlaydigan “odam mashina” sistemasidir deb ta’riflanadi. 
Bunday sistema quyidagi uchta vazifani bajaradi: 
1. Boshqariluvchi ob’ekt to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va uzatish. 
2. Ma’lumotlarga ishlov berish va boshqaruvchi signal hosil qilish. 
3. Boshqariluvchi ob’ektga boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatish. 
Administrativ sistemada inson faoliyati boshqarish sistemasining quyi 
pog‘onalardagi insonlar tomonidan amalga oshiriladigan rejalashtirish, operativ 
boshqarish jarayonlarida qaror qabul qilish va shuningdek qarorni bajarilishini 
nazorat qilib turish hamda shu kabi boshqarish funktsialarni bajarishdan iborat. 
Bunday funktsiyalarni bajaradigan odam administrator deb ataladi. Ishlab chiqarish 
sistemalaridagi boshqaruvchi odam esa operator deyiladi. Operator o‘zini 
boshqaruvchi funktsiyasini texnik vositalar va boshqaruvchi EHM yordamida 
bajaradi. 
Ishlab 
chiqarishni 
avtomatlashtirish 
mashinalashtirilgan ishlab 
chiqarishnini nazorat qilish va boshqarish ishlarini avtomatik qurilmalar zimmasiga 
yuklash; ishlab chiqarishnini mexanizatsiyalashtirishning yuqori bosqichi. Fan va 
texnika taraqqiyotinnng asosiy yoʻnalishlaridan biri. Mehnat unumdorligi, maxsulot 
sifati, mehnat madaniyati va boshqa omillar ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini yuqori 
darajaga koʻtarish imkonini beradi. Ishlab chiqarishning qisman (lokal), yalpi 
(kompleks) va toʻla avtomatlashtirish bosqichlari mavjud. Qisman avtomatlashtirish 
bosqichida ishlab chiqarishning alohida ish turlari (suyuklik sathi balandligi, t-ra, 
bosim va b.) ni rostlab turish ishlari avtomatlashtiriladi. Yalpi avtomatlashtirish 
bosqichida bir necha qisman av-tomatlashtirilgan ish turlari boʻlim, sex, korxona 
miqyosida oʻzaro bogʻlangan boʻladi, yagona avtomatik majmua sifatida muayyan 
dastur boʻyicha boshqariladi. Boshqarish ishlari odam (operator) nazorati ostida 
oʻtadi. Toʻla avtomatlashtirish bosqichida esa ishlab chiqarish jarayonining 
barqarorligi, ish turlari oʻzgarmasligi ishning yuqori samarali boʻlishini taʼminlaydi. 
Odam uchun xavfli ishlab chiqarish sharoitlarida toʻla avtomatlashtirishdan 
foydalanish ayniqsa oʻrinli boʻladi. Texnologik jarayonlari uzluksiz oʻtadigan kimyo, 
neft kimyosi, gaz va farmatsevtika sanoati, suv taʼminoti, kanalizatsiya va b. ni ham 
avtomatlashtirish mumkin. Konchilikda tog‘ jinslarini qoʻporish usullarini 
takomillashtirish bilan birga, bu ishni samarali avtomatlashtirishga imkon beradigan 
termik, elektr va akustik qoʻporish usullari rivojlanmoqda; shaxtalarda EHM 
(elektron hisoblash mashinasi) va kompyuterlar qoʻllanilmoqda. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling