«kimyo texnologiya» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi


Go‘shtni sanitariya jixatidan baxolash


Download 1.07 Mb.
bet56/79
Sana03.12.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1806473
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   79
Bog'liq
гушт сут маъруза 2021 (3)

Go‘shtni sanitariya jixatidan baxolash. "Suyilgan mollar go‘shti va go‘sht mahsulotlarini veterinariya nazorati koidalari" asosida nazorat kilib boriladi.
Shartli usulda iste’molga yarokli bo‘lgan go‘sht va go‘sht mahsulotlarni zararsizlantirish ishlari olib boriladi. Bunda yukori va past xaroratdan foydalanish va tuzlash tadbirlari amalga oshiriladi. Jumladan, go‘sht kaynatish - uni zararsizlantirishni eng yaxshi usuli xisoblanadi. Buning uchun go‘sht va go‘sht mahsulotlari kozonlarda kaynatiladi. Shuningdek avtoklav sterilizatorlardan xam foydalaniladi. Go‘shtga issiklik yordamida ishlov berishda, massasi 2 kg atrofida, kalinligi 8 sm bo‘lgan xolda ochik kozonlardan 2, 5 soat davomida 05 atmosfera bosimida suv bug‘lari yordamida ishlov beriladi. Bunda go‘sht bulaklarining ichki kismidagi xarorat 800S bo‘lsa, demak u zararsizlantirilgan xisoblanadi.
Go‘sht kombinatlarida go‘sht bulaklarini 2, 5 kg kattalikda elektr va gaz pechkalarida issiklik ta’sirida zararsizlantiriladi. Bunda 1200S darajada 2, 5 soat davomida ishlov beriladi va go‘sht bulaklarining ichki xarorati kamida 850S ga etkaziladi.
Zararsizlantirilgan go‘sht va go‘sht mahsulotlari xali ishlov berilmagan mahsulotlardan o‘zokda saklanishi talab etiladi. Go‘sht kaynatilagan suv tashlab yuboriladi, suyaklar esa moy olish uchun maxsus korxonalarga yuboriladi.
Go‘shtni zararsizlantirish usullarida yana biri ularni tuzlashdan iborat. Buning uchun go‘sht bulaklari 2, 5 kg kattalikda kesilib va tuz sepib maxsus bochkalarda joylashtiriladi. Go‘shtning xajmi va massasiga ko‘ra tuz 10 foiz atrofida sarflanadi. Oradan uch kecha-kundo‘z utgach, unga 24% namakob kuyiladi va u 20 kun davomida 2-40S da saklanadi.
Finnoz kasali bilan kisman bo‘lsada kasallangan mollarning go‘shtini muzlatish usuli yordamida zarasizlantirish mumkin. Bunda go‘sht minus 120S gacha muzlatiladi. Go‘sht ichkikatlamning xarorati minus 60S ga etkaziladi. Kamera ichidagi xarorat o‘rtacha minus 90S atrofida bo‘lishi mumkin. Binobarin, shu xaroratda 24 soat davomida saklanadi. Agar bordiyu bunday usulda zararsizlantirish imqoni bulmasa, shartli iste’molga yarokli go‘sht va go‘sht mahsulotlari kaynatish va tuzlash yuli bilan foydalanishga ijozat beradi.
Zararsizlantirish tadbirlari yakunlangach, xona barcha idishtovok, kozon, bochka, togora, maxsus kiyim va boshkalar dezinfeksiya kilinadi.
Shartli iste’molga yarokli xisoblangan go‘shtlar ayrim turdagi kasalliklari (brutsellyoz, sil, oksil, finnoz va xokazo) bo‘lgan mollardan olingan bo‘lsa, extiyotkorlik choralarini, shaxsiy gigiena va profilaktika tadbirlarini kurishlari talab etiladi.
Nixoyat oriklab ketgan, em-xashakdan zaxarlangan, zaxarli ilonlar zaxaridan jaroxatlangan, radioktiv nurlari bilan nurlangan xamda turli xil zaxarli moddalar orkali kasallangan mollar go‘shtini baxolashda "Kishlok xujalik xayvonlarini radioaktiv va zaxarli moddalardan saqlash" kullanmasidan va "Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini veterinariya va sanitariya ekspertizasi koidalari" kursatmasidan foydalanish va unga kat’iy rioya kilish talab etiladi.



Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling