Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonasining mehnat resurslari va uning o’ziga xosligi


Ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi uning pirovard maqsad natijasida o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik tarkibida iqtisodiy samaradorlik alohida e’tiborga ega


Download 333.27 Kb.
bet2/5
Sana17.02.2023
Hajmi333.27 Kb.
#1205618
1   2   3   4   5
Bog'liq
5.Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonasining mehnat resurslari va uning o’ziga xosligi

Ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi uning pirovard maqsad natijasida o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik tarkibida iqtisodiy samaradorlik alohida e’tiborga ega.

  • Ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi uning pirovard maqsad natijasida o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik tarkibida iqtisodiy samaradorlik alohida e’tiborga ega.
  • Iqtisodiy samara ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan iqtisodiy ne’matlar hajmi bilan ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorlikning mezoni;
  • xarajatlar bilan erishilgan iqtisodiy ne’matlar munosabatidir. Ishlab chiqarish jarayonida omillar (yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik) xarajat qilinadi va uning natijasida ma’lum miqdordagi ne’matlar yaratiladi.
  • Xarajat bilan natijani taqqoslash orqali iqtisodiy samaradorlik ifodalanadi.
  • Ishlab chiqarishning natijasi ijtimoiy samaradorlik orqali ham ifodalanadi. Korxonaning ijtimoiy samaradorlik mezoni iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy samaradorlikning ko‘rsatkichlari aholining daromadlar miqdori, ish bilan bandligi, salomatligini saqlash, mehnat malakasini yuksaltirish, madaniy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, bo‘sh vaqtlarini aniqlash bilan belgilanadi.
  • Biroq samaradorlik va uning asosiy ko‘rsatkichi - foyda (daromad) o‘z-o‘zidan, avtomatik ravishda yuzaga kelmaydi. Turli korxonalarda samaradorlikka erishish uchun mavjud ishlab chiqarish quwatlari va boshqa xususiyatlardan kelib chiqqan holda, turli vosita va yo‘llardan foydalaniladi. Bunda vaqt omili, ya’ni samaradorlikka qisqa yoki uzoq muddatlarda erishishni mo‘ljallash, asosiy rollardan birini o‘ynaydi.

2. Korxona kadrlari potentsiali va uning bozor munosabatlari sharoitidagi roli.

  • Mehnat resurslari 16 yoshdan oshgan, doimiy ishlaydigan yoki ish qidirayotgan fuqarolarni o’z ichiga oladi.
  • Korxona mehnat resurslari yoki kadrlari ushbu korxonada faoliyat ko’rsatuvchi barcha kasbiy-malakaviy guruh xodimlaridir, korxona faoliyati natijalari va uning raqobatbardoshligi ko’p jihatdan ulardan oqilona va samarali foydalanishga bog’liq. Bozor munosabatlari sharoitida kadrlar potentsialining ahamiyati shundan iboratki, u inson omili sifatida ishlab chiqarishda boshqa qolgan resurslarni bir-biriga bog’laydi, qarorlar qabul qiladi va tavakkalchilik qobiliyatlariga ega, moliya va moddiy omillar holatini belgilab, natijada korxonaning bozordagi mavqeini, uning raqobat ustunligi va tijoriy yutug’ini ta’minlaydi.
  • Mehnat munosabatlari korxona faoliyatida muhim va murakkab hisoblanadi. Qanchalik texnika darajasi yuqori va takomillashgan bo’lmasin, korxona samaradorligining o’sishida hal qiluvchi kuch – bu munosib insoniy resurslar ya’ni kadrlardir.
  • O’ta murakkab texnik va ishlab chiqarish muammolarini echishda ko’pchilikni bir-biri bilan bo’lgan harakatini ta’minlash har bir xodimning umumiy natijaga rag’batlantirish va ishga ongli yondashuvisiz mumkin emas. Aynan insoniy kapital raqobatbardoshlik, iqtisodiy o’sish va samaradorlik garovidir.

Korxona samaradorligini o’sishida insoniy faktor ta’sirining asosiy jihatlari quyidagilardir:
kadrlarni tanlash va ko’tarish;
kadrlarni tayyorlash va ularni uzluksiz o’qitish;
xodimlar mehnatini moddiy va ma’naviy baholashni takomillashtirish.
Xodimlarni tanlash va ko’tarilishida ikkita omil mavjud:
yuqori malaka va o’qishga bo’lgan qobiliyat;
hamkorlikka moyillik va muomala tajribasi.

Download 333.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling