Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonasining mehnat resurslari va uning o’ziga xosligi Reja Asosiy qism 2.1. Korxona kadrlari potentsiali va uning bozor munosabatlari sharoitidagi ro’li 2.2 Mehnat resurslarining sifat va miqdoriy tavsifi. 2.3. Kadrlar strukturasi. 2.4. Kadrlar boshqaruvi va ishchi kuchini rejalashtirish. 2.5 Kimyo oziq –ovqat sanoatida korxonalarda ishchi va xodimlarga haq to’lashning o’ziga xos xususiyatlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati KIRISH - Ma'lumki, oziq-ovqat sanoati milliy iqtisodiyotning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan keng tarmoqli sohasi hisoblanib, uning tarkibida go‘sht-sut, sut-yog‘, yog‘-moy, baliq mahsulotlari, un-yorma, makaron, meva-sabzavot konservalari, sharbatlar, turli-tuman ichimliklar, shakar, qandolatchilik mahsulotlari, non va boshqa noz-ne'matlar ishlab chiqaradigan korxonalar mujassamlashgan. Hyech kimga sir emas, bugun dunyoda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va uning ta'minlash masalasi global muammolardan hisoblanadi. Mazkur muammo rivojlangan davlatlar bilan endi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun bir xil ahamiyatga ega. Shu ma'noda, respublikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini sifatli mahsulotlar bilan qondirish dolzarb masala hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek, Yer yuzi aholisining tez ko‘payib borayotgani bilan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sish imkoniyatlari cheklangani o‘rtasidagi tafovut oziq-ovqat dasturini hal etish masalasi yildan-yilga keskinlashib borayotganining asosiy sababi ekani haqida bugun ortiqcha gapirishning hojati yo‘q, deb o‘ylayman. Sodda qilib aytganda, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sishi aholi soni va ehtiyojlarining o‘sishidan ortda qolmoqda.
1Samaradorlikning iqtisodiy va ijtimoiy tushunchasi, korxona ishlab chiqarish faoliyatida mohiyati va ahamiyati - Hozirgi jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida har qanday jamiyatda ham ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish iqtisodiy taraqqiyotning asosini yaratadi.
- «Biz islohotlami inqilobiy usulda, ya’ni «shok terapiyasi» yo‘li bilan amalga oshirishdan ongli ravishda voz kechib, tadrijiy taraqqiyot yo‘lini tanlab olganimiz tufayli xalqimizni qanday ogir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy to‘fonlardan asrab qolishga muvaffaq bo‘lganimizni bugun hayotning o‘zi tasdiqlab bermoqda».Shu sababli ham, iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish jiddiy masalalardan biri hisoblanadi. Hozirgi paytda ko‘pgina resurslar chegaralangan, ulaming aksariyati (metall, qurilish materiallari va
- boshqalar) xorijdan keltiriladi. Shuning uchun mavjud resurslardan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, milliy va xorijiy sarmoyalarni ustuvor sohalarga joylashtirish kabi samaradorlikni oshirish vositalariga yetarli darajada e’tibor berish talab qilinadi.
- «Samara», «samaradorlik», « ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik» kabi tushunchalarning orasidagi farqni anglab olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |