Kimyo va uni oqitish metodikasi


XULOSA……………………………………………….……………………………23 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Download 45.32 Kb.
bet2/4
Sana23.12.2022
Hajmi45.32 Kb.
#1050109
1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi Zulfiya (3)

XULOSA……………………………………………….……………………………23
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ....................………………………......24

KIRISH

“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman”

Shavkat Mirziyoyev


Yoshlarga ta’lim va tarbiya murakkab vazifasini hal etish oʻqituvchinig g‘oyaviy e’tiqodi, kasb-mahoratiga, iste’dodi va madaniyatiga hal qiluvchi darajada bog‘liqdir. Ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish uchun barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish o‘qituvchilarning birinchi navbatdagi vazifalaridan biridir. Kimyo fani o‘sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda o‘quv fani sifatida keng imkoniyatlarga ega. U o‘quvchi tafakkurini rivojlantirib ularning aqlini peshlaydi, uni tartibga soladi, o‘quvchilarda maqsadga yo‘nalganlik, mantiqiy fikrlash, topqirlik hislatlarini shakllantirib boradi. Shu bilan bir qatorda mulohazalarning to‘g‘ri, go‘zal tuzilganligi, o‘quvchilarni didli, go‘zalikka ehtiyojli qilib tarbilaydi. Maktabda kimyo fanini o‘qitish jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish-o‘qitish samaradorligini oshirishning omillaridan biri sifatida yaqqol ko‘zga ko‘rinmoqda. Chunki o’qitishning ilg‘or, nostandart (interfaol) shakllari ta’lim-tarbiya masalalarini unumli yechishga, o‘quvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlarini takomillashtirish yo‘llaridan biri. Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga kimyodan zamon talabi darajasida chuqur va puxta bilim berish uchun o‘qituvchining o‘zini shu fandan tayyorlash, uni bilim darajasini oshirish juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, har bir mavzuni yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o’tish shu kunning dolzarb vazifalaridan biridir. . 1991-yil O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishgach ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘lni tanladi. Bu yo‘l ta’lim-tarbiya sohasi, kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi. Natijada ta’lim to‘g‘risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi (1997-yil 29-avgust). Bu esa respublikamizda ta’lim-tarbiya tizimining tubdan yangilash maqsad va vazifalarini ilgari suradi. Ayniqsa “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun zamonaviy didaktik ta’minotini ishlab chiqarishni dolzarb vazifa qilib qo‘ydi. O‘zbekistonimizning kelgusi taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini qo‘sha oladigan, har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash, hozirgi kunning maqsad va vazifalari esa ta’lim-tarbiya muassalarida amalga oshadi. Kimyo fanining har bir bo‘limi mavzusidagi materiallar mazmunini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish, o‘quvchida fikrlash tafakkur qirralarini o‘stirish, o‘qituvchini mustaqil ishlashga tayyorlash ta’lim jarayonining bosh maqsadi bo‘lib qoladi.
Kurs ishini bajarishdan maqsad: Mazkur kurs ishidan ko‘zlangan maqsad – “Molibdat va Volframat kislotalar va ularning tuzlari” mavzusi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash va atroflicha o‘rganish. O‘quv rejasida ko‘zlangan muayyan fan bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda olgan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, umumlashtirish va ushbu bilimlarni aniq ijodiy va masalalarni mukammal yechishda qo‘llashdir.


Download 45.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling