Kimyoning asosiy qonunlari va tushunchalari. Reja: Modalar massasining saqlanish qonuni


Download 87 Kb.
bet1/6
Sana05.04.2023
Hajmi87 Kb.
#1275441
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kimyoning asosiy qonunlari va tushunchalari


Kimyoning asosiy qonunlari va tushunchalari.

REJA:


    1. Modalar massasining saqlanish qonuni.


    2. Tarkibning doimiylik qonuni.


    3. Karrali nisbatlar qonuni.


    4. Ekvivalentlar qonuni.


    5. Gey Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni.


    6. Ideal gaz qonunlari.


Tayanch iboralar: Moddalar tarkibi, massa, reaksiya, ekvivalent, hajm, normal sharoit, Avogadro soni, atom, molekula, element, allotropiya, molyar hajm, molekulyar massa, formulalar, tenglamalar, valentlik, oksidlanish darajasi.




    1. Modalar massasining saqlanish qonuni.

Bu qonunlar kimyoviy reaksiya vaqtida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni miqdoriy jihatdan tekshirish natijasida kashf etilgan bo‘lib, ular kimyo fanining nazariy negizini tashkil etadi. Kimyoning birinchi qonuni — moddalar massasining saqlanish qonunidir. Bu qonun dastlab M. V. Lomonosov va keyinchalik A.Lavuazze tomonidan ta’riflangan:



kimyoviy reaksiyalarda qatnashuvchi dastlabki moddalar massalarining yig‘indisi reaksiya mahsulotlari massalarining yig‘indisiga tengdir.

Katta miqdorda energiya ajralib chiqishi bilan sodir bo‘ladigan jarayonlar moddalar (masalan, radioaktiv moddalarning emirilishi, atom hamda vodorod bombalarining portlashi) massasining saqlanish qonuniga emas, balki materiyaning saqlanish qonuniga bo‘ysunadi. Agar jarayonning issiqlik effekti (Q bo‘lsa, jarayon davomida massasining o‘zgarishi Eynshteyn tenglamasi bilan ifodalanadi;

Δm * m = Q/C 2

Uning maxrajidagi C2 nihoyatda katta son (9.10 16 m-s-1) bo‘lganligidan odatdagi reaksiyalarda massa o‘zgarishi nihoyatda kichik bo‘ladi va uni tarozi yordami bilan ham payqash qiyin.





Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling