Moddalar massasining saqlanish qonuni
Moddalar massasining saqlanish qonunini 1748-yilda M.V.Lomonosov yaratdi va uni 1756-yilda tajribada isbotladi. Bu qonunni M.V Lomonosovdan bexabar holda A. Lavuaze ham 1774 - yilda ochgan.
• Moddalar massasining saqlanish qonunining ta’rifi: Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning massasi reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalar massasiga teng:
Bu yerda:
- boshlang’ich moddalarning massalari yig’indisi;
- reaksiya mahsulotlari massalari yig’indisi.
Bu qonun atom -molekulyar ta’limot nuqtai nazaridan quyidagicha ta’riflanadi:
• Kimyoviy reaksiyalarda atomlar yo’qolmaydi va yo’qdan paydo bo’lmaydi, kimyoviy reaksiyagacha va reaksiyadan so’ng har bir kimyoviy element atomlarining umumiy soni o’zgarmasdan qoladi:
Masalan; 2H2 + O2 = 2H2O 2NaOH + H2SO4 = Na2SO4 + 2H2O
2∙2 + 32 = 2∙18 2 ∙ 40 + 98 = 142 + 2 ∙18
36 = 36 178 = 178
Massaning saqlanish qonuni tabiatning umumiy qonuni hisoblangan energiyaning saqlanish qonunining xususiy holi bo’lib, bu izolirlangan sistemada energiya o’zgarmas ekanligini tasdiqlaydi.
Energiya - materiya ko’rinishlarining o’zaro ta’sirlashuv va harakat o’lchovidir.
• Massa bilan energiya orasidagi bog’lanish Eynshteyn tenglamasi bilan ifodalanadi: E = mC2 ; m = E/C2 bu yerda: E — energiya, C — yorug’likning vakuumdagi tezligi (3·108 m/c), m — massa. Bu tenglama energiya o’zgarganda massa o’zgarishini va aksincha, massa o’zgarganida energiya ham o’zgarishini ko’rsatadi. Bundan energiya ham massaga ega ekanligi kelib chiqadi. Reaksiya natijasida 100 kj/mol energiya ajralib chiqqan bo’lsin. Bu holda massa o’zgarishi qanchaga tengligini hisoblaymiz:
∆m = ∆E/C2 = 105/(3∙108)2 ≈ 10-12 kg/mol = 10-9 g/mol
O’z-o’zidan tushunarliki, bunday kam o’zgarishdagi massani tajriba yo’li bilan hisoblab bo’lmaydi. Shuning uchun kimyoviy reaksiyalarda moddalar massasining saqlanish qonuni yuqori aniqlikda bajariladi deb hisoblash mumkin bo’ladi.
• Mahsulot (reaksiya) unumi: kimyoviy tenglamalar moddalar massasining saqlanish qonunini aks ettirishi yuqorida aytib o’tilgan edi. Ko’pchilik hollarda kutilayotgan moddaning massasi nazariy hisoblab topilgan moddaning massasidan kam bo’ladi, bunga isrofgarchiliklar, yo’qotishlar va boshqalar sabab bo’ladi. Shuning uchun reaksiyaning unumini hisoblashga to’g’ri keladi.
Mahsulot unumi deganda amalda hosil bo’lgan modda massasining reaksiya tenglamasi bo’yicha nazariy hisoblangan massa nisbatiga aytiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |