42. Molekulasi beshta atomga ega bo’lgan moddalarni toping.
1. perxlorat kislota 2. natriy xlorat 3. alyuminiy xlorid 4. kalsiy perxlorat 5. magniy gipoxlorit 6. xlorit kislota
A) 1,5 B) 2,4 C) 3,6 D) 2,5
43. Qaysi moddaning molekulyar massasi eng katta qiymatga ega?
A) natriy tellurid B) kaliy sulfid C) natriy selenid D) kaliy oksid
44. Oddiy moddalarni tanlang.
1. muz 2. temir 3. bo’r 4. azot 5. ozon 6. fosfin 7. karbin 8. olmos 9. «quruq muz» 10. bertole tuzi
A) 2,4,5,7,8 B) 1,2,4,5,8 C) 2,4,5,8,10 D) 1,3,5,7,9
45. Allotropik shakl o’zgarishni namoyon qiladigan elementlar qatorini ko’rsating.
A) kislorod, azot, brom, simob B) fosfor, qalay, selen, tellur
C) oltingugurt, ftor, yod, rux D) oltingugurt, uglerod, vismut, kaliy
46. Tarkibida allotropik shakl o’zgarishli elementlar bo’lgan moddalarni toping.
1) CO2 2) HCl 3) Al2S3 4) NaF 5) PH3 6) NH3 7) K2Se 8) SnCl2
A) 2,4,5,7 B) 1,3,4,6,8 C) 3,5,6,7,8 D) 1,3,5,7,8
47. Quyidagi o’zgarishlarning qaysilari kimyoviy jarayonlarga taalluqli?
1. kislorodning ozonga aylanishi 2. suyultirilgan havodan kislorod olish
3. simob(II)-oksiddan kislorod olish 4. kislorodni kaliy permanganatdan olish
A) 2,3,4 B) 1,4 C) 1,3 D) 1,3,4
48. Quyidagilarning qaysilari oddiy moddalar qatoriga kiradi?
1. sellyuloza 2. olmos 3. karbin 4. marmar 5. malaxit 6. ozon 7. fosfin
A) 2,3,6 B) 1,4,5,7 C) 2,3 D) 2,6,7
49. Quyidagi qaysi moddalar uchun atom va molekula tushunchalari bir xil?
1. kislorod 2. temir 3. argon 4. suv 5. osh tuzi 6. azot 7. ozon 8. kremniy
A) 1,2,3,4,8 B) 1,5,6,7,8 C) 1,2,3,6,8 D) 1,2,6,7,8
50. Qaysi moddaning qizdirilishidan hosil bo’ladigan moddaning boshqa agregat holatga o’tishi fizik bo’lmasdan, u qaytar kimyoviy jarayon bo’ladi?
A) yod B) ammoniy xlorid C) naftalin D) oq fosfor
Do'stlaringiz bilan baham: |