Kimyoning asosiy tushunchalariga oid testlar


Download 0.64 Mb.
bet1/35
Sana22.10.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1715731
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlariga oid testlar


Abiturient
________________________________________________________________


kimyoning asosiy tushunchalari va qonunlari


Kimyoning asosiy tushunchalariga oid testlar
1. Quyidagilarning qaysi birida elementning valentligi to’g’ri ta’riflangan?
A) ayni element atomi bilan birika oladigan vodorod atomlari soni bilan aniqlanadi
B) kimyoviy element atomlarining muayyan sondagi boshqa kimyoviy element atomlarini o’ziga biriktirib olish xususiyati
C) element joylashgan guruh raqami bilan aniqlanadi
D) atomning toq elektronlari soni va birikmalaridagi elektron juftlari soni
2. Allotropiya deb nimaga aytiladi?
A) ayni bir elementning bir necha xil oddiy modda hosil qilish hodisasi
B) sifat va miqdoriy tarkibi bir xil bo’lgan moddalarning tuzilishi jihatdan farq qilish hodisasi
C) sifat va miqdoriy tarkibi bir xil bo’lgan moddalarning tuzilishi va kimyoviy xossalari bilan farq qilish hodisasi
D) ayni bir elementning turli xil izotoplar holida bo’lish hodisasi
3. Qaysi elementlarda allotropiya hodisasi kuzatilmaydi?
1) brom 2) kislorod 3) uglerod 4) qalay 5) ftor 6) fosfor
A) 3,5 B) 2,3,4 C) 1,5 D) 3,4,6
4. Quyidagi jarayonlarning qaysilari kimyoviy jarayon?
1) metanning yonishi 2) alyuminiy simning cho’zilishi 3) muzning erib suyuq holatga o’tishi 4) temirning zanglashi 5) suvning bug’lanishi
A) 1,4 B) 3,4 C) 2,5 D) 3,5
5. Allotropiya hodisasining mohiyati nimada?
1. atom yadrosidagi neytronlar soni turlicha bo’lishi
2. molekuladagi atomlar soni turlicha bo’lishi
3. oddiy moddalarning turlicha kristall tuzilishda bo’lishi
4. moddaning turli agregat holatda bo’lishi
A) 1,3 B) 2,3 C) 2,4 D) 1,4
6. Quyidagi ta’riflar orasidan qaysilari kimyoviy element tushunchasini to’g’ri talqin etadi?
1) atomlarning muayyan ko’rinishi
2) yadro zaryadi bir xil bo’lgan atomlarning muayyan turi
3) massalari bir xil bo’lgan atomlar turkumi
4) protonlari soni bir xil bo’lgan atomlarning muayyan turi
A) 1,3 B) 2,3 C) 3,4 D) 2,4

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling