254. Tuzilishi qanday bo’lgan moddalar tarkibning doimiylik qonuniga bo’ysunadi?
1) molekulyar 2) atomli 3) nomolekulyar 4) kristall 5) ion kristall panjarali
A) 1 B) 2,3 C) 3,4 D) 3,5
255.Tarkibning doimiylik qonuniga bo’ysunmaydigan moddalarni ko’rsating.
1) suv 2) metan 3) titan(II)-oksid 4) uran(II)-oksid 5) vodorod xlorid
A) 1va 2 B) 2 va 3 C) 3 va 4 D) 4 va 5 E) 2 va 5
256. Tarkibning doimiylik qonuniga bo’ysunadigan moddalarni ko’rsating.
1) suv 2) metan 3) titan(II)-oksid 4) uran(II)-oksid 5) vodorod xlorid
A) 1,2 va 5 B) 2,3 va 4 C) 3,4 va 5 D) 2,4 va 5 E) 2,3 va 5
257. Quyidagi holatlarning qaysilari to’g’ri.
1) fizik hodisalar kimyoviy hodisalardan farq, fizik hodisalarda molekulalar saqlanib qolmaydi;
2) molekulalar atomdan tarkib topadi, atomlar ham molekulalar singari to’xtovsiz harakatda bo’ladi;
3) kimyoviy hodisalarda molekulalar tarkibi o’zgaradi;
4) kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo’lgan moddalarning massasiga teng bo’lmaydi;
5) molekulalar orasida o’zaro tortilish va itarilish kuchlari mavjud;
6) bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va xossalari bilan farq qilmaydi
A) 1,4,5,6 B) 3,4,5,6 C) 4,5,6 D) 1,3,4,5 E) 2,3,5
258. Quyidagi holatlarning qaysilari noto’g’ri.
1) fizik hodisalar kimyoviy hodisalardan farq, fizik hodisalarda molekulalar saqlanib qolmaydi;
2) molekulalar atomdan tarkib topadi, atomlar ham molekulalar singari to’xtovsiz harakatda bo’ladi;
3) kimyoviy hodisalarda molekulalar tarkibi o’zgaradi;
4) kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo’lgan moddalarning massasiga teng bo’lmaydi;
5) molekulalar orasida o’zaro tortilish va itarilish kuchlari mavjud;
6) bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va xossalari bilan farq qilmaydi
A) 1,4,5,6 B) 3,4,5,6 C) 1,4,6 D) 1,3,4,5 E) 2,3,5
259. Avogadro qonuni qanday ta’riflanadi?
A) kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo’lgan moddalar massasiga hamma vaqt teng bo’ladi
B) har qanday murakkab moddaning tarkibi, qaysi usul bilan olinishidan qat’iy nazar, bir xil bo’ladi
C) reaksiya uchun olingan va hosil bo’lgan gazlarning hajmlari o’zaro kichik va butun sonlar nisbatida bo’ladi
D) har qanday gazning bir moli normal sharoitda 22,4 l hajmni egallaydi
E) bir xil sharoitda turli gazlarning teng hajmlaridagi molekulalar soni bir xil bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |