51. Kimyoviy elementga tegishli bo’lgan xossalarni aniqlang.
1. atom massa 2. zichlik 3. elektron qavat 4. rang 5. yadro zaryadi 6. qaynash va suyuqlanish harorati 7. izotoplar
A) 1,3,5,7 B) 1,3,4,7 C) 2,5,6,7 D) 4,5,6,7
52. Oddiy moddaga tegishli bo’lgan xossalarni aniqlang.
1. yadro zaryadi 2. zichlik 3. elektron qavat 4. atom massa 5. izotoplar 6. rang 7. qaynash va suyuqlanish haroratlari
A) 1,2,3 B) 2,5,7 C) 2,6,7 D) 1,4,6
53. Quyidagi jumlalarning qaysilarida oddiy modda haqida fikr yuritilayotganligini ko’rsating.
1. inson organizmida kalsiy va uglerod bor 2. tirik organizmlar kislorod bilan nafas oladi 3. vodorod davriy jadvalda 1-davr 1 guruhda joylashgan 4. uglerod qattiq modda 5. uglerodda ikkita elektron qavat mavjud
A) 2,5 B) 2,4 C) 1,2 D) 2,3
54. Qanday moddalar uchun molekula va atom tushunchalari teng qiymatlidir?
1. vodorod 2. kislorod 3. azot 4. nodir gazlar
A) 1 B) 4 C) 2 D) 3
55. O’zgarishlar orasidan kimyoviy jarayonlarga taalluqli bo’lganlarini toping.
1. kislorodning ozonga aylanishi 2. kislorodni suyultirilgan havodan olish 3. simob(II)-oksiddan kislorod olish 4. suvni qaynatish
A) 1,3 B) 2,4 C) 2,3 D) 1,3,4
56. Faqat metall elementlardan tashkil topgan qatorni aniqlang.
A) azot, oltingugurt, bor, fosfor B) rubidiy, stronsiy, kobalt, titan
C) azot, berilliy, kalsiy kremniy D) vodorod, kaliy, uglerod, magniy
57. Faqat o’zgaruvchan valentlik namoyon qiluvchi elementlar qatorini aniqlang.
A) azot, xlor, xrom, marganets, natriy B) fransiy, natriy, kalsiy, kumush, temir
C) xlor, uglerod, oltingugurt, azot, fosfor, temir D) kalsiy, mis, temir, kislorod, vodorod, ftor E) mis, bariy, azot, xlor, brom, xrom
58. Murakkab moddalar qatorini ko’rsating.
1. Ammiak, metan, gematit 2. Suv, fosfin, sovun 3. Ozon, xlor, qaldiroq gaz, vodorod peroksid 4. Bronza, oq fosfor, marganets 5. Malaxit, ohaktosh, kaliy
A) 2,4 B) 3,4 C) 1,2 D) 2,5 E) 2,3
Do'stlaringiz bilan baham: |